O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə5/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

ABDULLA AVLONIY


(1878 1934)

Hozirgi zamon bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo‘shgan allomalardan biri Abdulla Avloniy bola ta’lim- tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qaragan edi: „Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zåhnimizni ravshanlantirmak lo- zim¾, — dåydi u, — Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallim- larning o‘zlari ilmlariga olim bo‘lib, shogirdlariga ham bårgan darslarini amal ila chaqishtirib o‘rgatmaklari lozimdir. Bu ra- vish ta’lim ila bårilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tåz ta’sir qilib, ular ilmli-odobli bo‘ladilar¾


Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta’sir ko‘rsatadir¾“
Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikrning ijobiy ta’sir kuchiga g‘oyat zo‘r baho båradi. Uningcha, zakovat — insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo‘lsalar, uni har taraflama o‘ylab ko‘ra- dilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: „Fikr tarbiyasi, — dåb yozadi Avloniy, — eng kårakli, ko‘p zamon- lardan båri taqdir qilinib kålgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g‘ayratli bo‘lishiga sabab bo‘ladi“.
Shuning uchun Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o‘s- tirishda muallimning roli katta ahamiyatga egaligini ta’kid- laydi. Uning aytishicha, bolaning fikrini biron narsaga yo‘l- lash va uning o‘sha narsa haqida o‘ylashiga erishish uchun uning diqqatini aniq narsalarga yo‘naltirish, uning oldiga aniq

83
bir masala qo‘yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kårak. Bunda bolaning fikrini muayyan tomonga yo‘naltiruvchi aniq vazifalarni bålgilab bårishda muallim katta rol o‘ynaydi: „Bu tarbiya, — dåb yozadi Avloniy, — muallim- larning yordamiga so‘ng darajada muhtojdirki, fikrning quv- vati, ziynati, kångligi muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir. Dars bilan tarbiya orasida biroz farq bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi birovga bog‘langan jon ila tan kabidir. Masalan, joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o‘tirmak mumkin o‘lmadig‘i kabi, ichiga har xil yangi ashyo- lar to‘ldirib ziynatlangan eski imorat ham o‘ltirishga yarog‘- limas. Basharti, o‘ltirsa, insonlar: „Eski uyga yangi zardå- vor“, „Kir ko‘ylakka jun jiyak“, „Mis qozonga loy tuvoq“, dåb kulgu qilurlar. Bayt:


Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bo‘lur o‘tkir. Fikrning oynasi o‘lursa zang,
Ruh ravshan, zamir bo‘lur bånur“.
Ha, bu ulug‘ pådagog Abdulla Avloniyning dil so‘zlari. Buyuklarning, el-yurtga xizmati singgan ulug‘ kishilarning nomlari mangulikka daxldor bo‘ladi. Asrlar osha unday odam- larning xizmatlari ko‘z-ko‘z qilinaveradi. Prezidentimiz qachon ta’lim-tarbiya haqida gapiradigan bo‘lsa, albatta, Abdulla Av- loniy haqida to‘xtaladi. Uning ibratomuz so‘zi va ishini misol qilib aytadi: „Men Abdulla Avloniyning „Òarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir“ degan fikrini ko‘p mushohada qilaman“, deb bu muallimning bosib o‘tgan hayot yo‘lini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatadi.
Ha, ana shunday maqtovga loyiq inson, o‘zbek mada- niyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878- yilda Òoshkent shahrida to‘- quvchi oilasida dunyoga keldi.
Abdulla Avloniy boshlang‘ich diniy maktabda va madrasada o‘qidi, ilm-fanga ixlos qo‘ydi. O‘zbek va boshqa Sharq xalq- lari adabiyotini berilib o‘rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o‘sha davr vaqtli matbuot sahifa- larida bosilib turdi.

84
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qi- lishni o‘zining birdan bir burchi deb bildi va 1904- yilda o‘zi yashab turgan joyda — Mirobodda maktab ochdi.


Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o‘ziga tor- tishi uchun harakat qiladi. Uning qo‘lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha o‘quv jihozlarini o‘zgartirdi. Bu yerda o‘qiydigan bo- lalarning ko‘pchiligini kambag‘allarning bolalari tashkil et- ganligi sababli muallim boy-badavlat do‘stlarining ko‘magida
„Jamiyati xayriya“ tashkil etadi. Bu bilan bolalarga bepul ki- yim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam berilishini ta’minlaydi.
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o‘quv- chilarning soni ko‘paya boradi.
Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan maktabda bolalar diq- qatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chi- qarishga va aniq fanlardan bahramand bo‘lishlariga harakat qildi. U bolalarga jug‘rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, han- dasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar berdi.
U 1907- yilda „Shuhrat“ deb nomlangan gazeta tashkil et- di va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ‘ib etdi. Jumladan, gazetaning birin- chi sonida: „Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ah- vol-olamdan xabar beruvchi, qorong‘u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, hikmat g‘oyalarini yoyuvchidir“, deb yozgan edi.
Abdulla Avloniy „Adabiyot yoxud milliy she’rlar“ deb nomlangan to‘rt qismdan iborat bo‘lgan darsligida yoshlarni maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi.
O‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning „Bi- rinchi muallim“ — „Alifbe“, „Ikkinchi muallim“ — „O‘qish“ kitoblari katta rol o‘ynadi.
Bu kitoblarda Avloniy o‘tmish adabiyotimizning eng yax- shi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi.
„Birinchi muallim“da Avloniy dastavval 32 harfni yolg‘iz yoziladigan shakllarini bir sahifa alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida yozili- shini ko‘rsatgan, so‘ng alifni barcha „bosh harflar“ga qo‘shib, bo‘g‘inlar hosil qilgan.

85
„Ikkinchi muallim“da axloq-odobga doir, halollik va pok- likka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik qiyofalardan ustalik bilan foydalangan.


Kitob „Maktab“ she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki mak- tabga borsa, o‘qisa, savodxon bo‘lsa, juda ko‘p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:
Maktab dur-u gavhar sochar, Maktab sizga jannat ochar, Maktab jaholatdan qochar, G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Maktab sizni inson qilur, Maktab hayo ehson qilur, Maktab g‘ami vayron qilur, G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Darslikda ko‘plab ibratomuz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.
Abdulla Avloniy 1904- yildan umrining oxiriga qadar o‘qi- tuvchi bo‘lib ishladi. U ko‘plab she’rlar, „Maktab gulistoni“,
„Òurkiy guliston yoxud axloq“ kabi darsliklar bilan hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotiga poydevor qo‘ygan edi. Uzoq yillar qayta-qayta nashr etilgan „Òurkiy guliston yoxud ax- loq“ Yusuf Xos Hojibning „Qutadg‘u bilig“, Nosir Xusrav- ning „Saodatnoma“, Sa’diyning „Guliston“ va „Bo‘ston“, Jomiyning „Bahoriston“, Navoiyning „Mahbub ul-qulub“, Donishning „Farzandlarga vasiyat“ asarlari kabi o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Unda Abdulla Avloniy o‘zining ijtimoiy va axloqiy qa- rashlarini bayon etgan. Asarning so‘zboshisida muallif bu haq- da shunday yozadi: „Men bu asarimni maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug‘ adabiyot mu- hiblari — axloq havaskorlarining e’tiborlariga taqdim qildim“.
Darslikdagi har bir bo‘lim ta’lim-tarbiyaning muhim bir masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning biri ikkinchisini to‘l- diradi, takomillashtiradi. Har bir bo‘limda kichik hajmli, ib- ratli hikoyalar keltiriladi, she’riy parchalarda yoki hikmatli so‘zlarda „qissadan hissa“ chiqariladi. Yozuvchi bu asarida xalq og‘zaki ijodidan keng foydalangan.
Abdulla Avloniyning „Bahor keldi“, „Bulbul“, „Bola ila gul“, „Yolg‘onchi cho‘pon“, „Òulki ila qarg‘a“ kabi juda

86
ko‘p she’rlari kichik yoshdagi bolalarga bag‘ishlangan. „Mak- tab bolasi“ she’ri boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hayotidan olib yozilgan. Asarda ishyoqmas, dangasa bolaning qalbida o‘qishga muhabbat uyg‘onishi umumiy yo‘sinda bayon etiladi:


Yo‘lga soldi til ila yo‘ldoshin, Maktabga moyil ayladi boshin, Soldi o‘rtog‘ining so‘zina quloq, Bosdi ul ham o‘quv yo‘lina oyog‘. Ikkisi birga bo‘ldilar mullo, Chiqdi xat-u savod ham imlo.
Shu tariqa shoir qissadan hissa chiqarar ekan, „Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga“ g‘oyasini ilgari suradi.
Abdulla Avloniy o‘zbek adabiyotida drama janrining rivoj- lanishiga ham katta hissa qo‘shdi. Uning „Advokatlik osonmi?“,
„Pinak“, „Biz va siz“ pyesalari adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Abdulla Avloniy 1934- yilda vafot etdi. U shoir, ma’rifat- chi, dramaturg, jurnalist, rejissor, tarjimon, aktyor, jamoat- chi, muallif sifatida xalqimiz qalbida mangu saqlanib qoladi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Abdulla Avloniy qachon, qanday oilada tug‘ilgan?

  2. Avloniy yaratgan darsliklar?

  3. Avloniyning bolalar hayotidan olib yaratgan asarlari?

87



Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə