O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə7/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

G‘AFUR G‘ULOM


(1903 1966)


Otashnafas kuychi G‘afur G‘ulom hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim o‘rin egallaydi.


1918- yilda G‘afur G‘ulom 8 oylik muallimlar tayyorlash kursiga kirib o‘qidi va 1919- yildan boshlab tarbiyachilik, o‘qi- tuvchilik ishlari bilan shug‘ullana boshladi. Yoshlarni bilim va madaniyat quchog‘iga tortishda astoydil xizmat qildi. U Òosh- kentdagi „Urfon“ nomli maktab qoshidagi boquvchisiz bola- lar uyida tarbiyachi va mudir bo‘lib ishladi.
1923- yildan adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan G‘afur G‘ulom o‘z ijodini bolalarga atab she’r yozishdan boshladi. U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi. Shoirning „Mukofot“ (1940), „She’r- lar“ (1946), „Òongotar qo‘shig‘i“ (1949), „Bari seniki“ (1953),
„Bir g‘uncha ochilguncha“ (1955), „Siz mening yoshligim- siz“ (1958) she’riy to‘plamlari, o‘rta va katta yoshdagi bola- lar uchun „Shum bola“, „Òirilgan murda“ (1934), „Yodgor“ (1935) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o‘rin tutadi.
G‘afur G‘ulom „Yasha, deyman, o‘g‘lim!“ she’rida fan va texnikani egallashni havas qilgan, qalbi qahramonlik ruhi bilan to‘lib-toshgan, cheksiz osmonga uchib, yulduzdan yul- duzga o‘tishni orzu qilgan zamonamizning ilg‘or yosh qahra- moni tuyg‘ularini o‘g‘li misolida tarannum etadi. Shoir bola- lardagi qahramonlikka bo‘lgan zo‘r havasni sezgirlik bilan il- g‘ab olib, uni mohirlik bilan ifodalab bergan. Ota bilan bola- ning suhbati shaklida yozilgan bu she’rda o‘g‘ilning qo‘rq- maslik va irodalilik xislatlari jonli tafsilot va obrazlar orqali ochiladi. She’rda bolalarning ichki kechinmalari, xarakteri,
96
hamma narsani bilishga bo‘lgan qiziquvchanlik holatlari kulgili usulda, ta’sirli ifodalangan.
„Òursunali nega varrakdan voz kechdi?“ she’rida G‘afur G‘ulom texnikaning kuch-qudratini kichik yoshdagi bolalar saviyasiga mos vositalar — varrak va aeroplan orqali ko‘rsatadi. Shoir buni varrakning kuchsizligi bilan aeroplanning kuchlili- gini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va jonlantirish usuli or- qali mohirona ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lgan. Shoir aeroplanda tinmay baland va uzoqlarga uchgan qahramon obrazini chizar ekan, bolalarda zamonimizning shunday qahramoniga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otadi. Shu bilan birga, muallim she’rida Vatanimiz qudrati va go‘zalligini shoirona tasvirlaydi, bolalarni hayotda tug‘ilayotgan yangiliklar bilan tanishtiradi, bularning hammasi ijodiy mehnat orqali yaratilganligini kuylab, ularni zamonimiz qahramonlari izidan borishga, fan cho‘qqilarini egallashga undaydi.
Aeroplanning uchar otga o‘xshab ketishi bolaning xayoliga muvofiq keladi. Shoir aeroplan talqinida bolani uni minib olishga, „Fanning eng cho‘qqisi“ga uchirib olib borishga cha- qiradi. Bunday havas ishtiyoqi yosh yurakni to‘lqinlantiradi va bola samolyot minishga qat’iy ahd qiladi.
Shoir „Bari seniki“ she’rida yuksak vatanparvarlik g‘o- yasini ilgari suradi. Ayni chog‘da, o‘z xalqining baxtini, go‘zal Vatanning istiqbolini kuylagan shoir hayotga bo‘lgan muhabbatini Vatanga bo‘lgan muhabbati tuyg‘usi bilan yon- ma-yon ko‘radi, bolalarga ikkovini bir butun holda tushun- tiradi. Buni shoir bola tilidan quyidagicha ifodalaydi:
Muncha ham chiroylisan, aziz Vatanim, Bodomday ming ko‘z bilan sevar badanim. Sensan avval-oxir, sensan sevganim,
Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim Bir butun holicha bari seniki.
„Ahmad yomon bola emas-ku, ammo¾“ she’rida Ahmad obrazi orqali „Sog‘lom tanda — sog‘ aql“ maqolidagi maz- munni o‘ziga xos tarzda yoritadi. Shoirning mahorati shun- daki, shartlilik asosida Ahmadning tana a’zolarini jonlantiradi va Ahmad o‘z tozaligiga befarq qaragach, bu a’zolar majlis qilib, har biri so‘zga chiqadi va egasidan norozi ekanliklarini aytib, uni tanqid qilishadi. G‘afur G‘ulom doktorning foydali



  1. Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish 97

maslahatlariga amal qilgan Ahmadning keyinchalik ozoda, sog‘lom va intizomli bo‘lib qolishi bilan birga, a’lochi o‘quv- chiga aylanganligini ishonarli tasvirlaydi:
Qo‘llari ham sevinchidan chapakda, Butun a’zo bir-biriga ko‘makda.
Endi Ahmad sog‘lom, toza, a’lochi, Me’da kuchli, tishlari misli inji.
Shoir „Nortojining kurak tishi“ she’rida ham bolalarni Nortoji obrazi orqali tozalikka rioya qilishga undaydi. Kichik kitobxon diqqatini dastlab olti yoshli Nortojining „¾ chollar kabi kemshik“ ekanligiga qaratadi:
Oldingi to‘rtta kurak tishining
Sog‘i yo‘q — hammasi chirik, darz ketgan. Ba’zisi juda past, ba’zisi baland,
Ba’zisi lab yular — misli tikan.
„Nortojining kurak tishi“da shoir obrazli tasvirlar orqali Nortoji xarakteriga xos bo‘lgan erinchoqlik va yalqovlikni, to- zalikka rioya qilmasligini o‘ziga xos yo‘sinda fosh etadi. Xu- susan, Nortoji tishining kovagidan joy olgan narsalarni tas- virlar ekan, uning kulgili holatini „Karnayday og‘zini ochishi bilan sassiq hid hammaga bilinib ketdi“, „Oldingi kurak tishida bir hafta burungi ovqat qoldig‘i“ kabi misralar orqali yanada bo‘rttirib gavdalantiradi. She’rda tozalikka rioya qilmaslikning zararli oqibati bolalarga g‘oyat hayotiy va xarakterli misralarda yetkaziladi.
G‘afur G‘ulom Nortojining o‘z nuqsonlarini to‘g‘ri ang- lab, tozalikka rioya qiluvchi bolaga aylanganligini ifodalab, ibratli xulosa chiqaradi:
Bilasizmi, o‘rtoqlar, bu dori nima? Bir quti poroshok, kichkina cho‘tka¾ Endi Nortojining tishlari durday, Og‘riqni, sasishni bilmaydi, toza.
Har kimki, tishini tozalab tursa, Joni orom olar, o‘zi pokiza!
Demak, shoir she’rlaridan kelib chiqadigan muhim xulosa shunchaki bayon yoki pand-nasihat tarzida emas, balki jonli tasvir, obrazli ifoda orqali beriladi. Bu kabi xulosalar kichkin- toylar ma’naviyatiga tezroq yetib boradi.

98
Shuni ta’kidlash zarurki, G‘afur G‘ulom „Shum bola“,


„Òirilgan murda“, „Yodgor“ asarlari bilan bolalar adabiyoti nasriy janrining yuksalishiga ham o‘zining munosib ulushini qo‘shdi.
G‘afur G‘ulomning „Tirilgan murda“ asarida jamiyatga dog‘ bo‘lib tushadigan dangasalik bilan måhnat o‘rtasidagi ku- rash asosida måhnatning tarbiyalovchi qudrati tasvir etiladi. Muallif ijodiy maqsadini Mamajonning boshidan kåchirganlari va uning o‘zi tomonidan yozilgan kundalik sahifalari vositasida kulgili tarzda hikoya qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, olti fasldan iborat bo‘lib, ularda mulla Mamajonning 1925- yildan to 1933- yilgacha o‘tgan davrda boshidan kåchirganlari yozilgan. Asarda G‘afur G‘ulom o‘z qahramoniga „so‘z“ bå- rib, uning o‘ziga xos xaraktårini yaratadi.
Ishyoqmaslik va yalqovlikda afsonaviy dangasalarni ham
„bir cho‘qishda qochiradigan“ mulla Mamajonning bugungi kunda måhnatkashlarning ijobiy ta’sirida asta-såkin yalqovlikni tashlab, ilg‘or måhnatkashga aylanganligini hayotiy, tiðik sha- roitda, hajviy va kulgili ifodalarga boy lavhalarda ko‘rsatadi. Mamajon timsoli asta-såkin o‘sib, izchil xaraktår darajasiga ko‘tarilgan.
Adibning „Òirilgan murda“ asari ikki qismdan iborat. Ik- kinchi qismda uning jamoa xo‘jaligiga kirishi va qayta tarbiyala- nishi, farovon hayotga erishishi tasvirlanadi.
Yozuvchi Mamajonning yalqovligi va erinchoqligini chu- qurroq ochish uchun, avval uni „Ming bir kecha“ ertakla- ridagi Abutanbalning yalqovligi bilan taqqoslaydi: „Xo‘sh de- sangiz, Bag‘dod degan shaharda Abutanbal degan bir yalqov yigit o‘z onasi qoshida yashar ekan. Abutanbal hech qanday ish qilmas ekan. Onasi topib kelgan ovqatni chaynab, og‘ziga solsa ham yutgani erinar ekan. Doim yonboshlab yotar ekan-u, o‘rnidan turishga hafsalasi kelmas ekan. Mabodo qo‘ltig‘idan ko‘tarib, tikka turg‘izib qo‘ygan chog‘ingizda ham oyoqlari bir-biroviga chalishib yiqilar ekan¾“
Mamajonning sarguzashtlari uning o‘z tilidan so‘zlatilishi bolalarga asar g‘oyaviy mazmunini yaxshi tushunishga va ularning qiziquvchanligini oshirishga xizmat qilgan.
Mamajon shu qadar yalqovki, u otasi ekib ketgan yarim tanobcha yerdagi jo‘xorini qayirib olishga va buni pishirib tirikchilik o‘tkazishga ham erinadi. Bu haqda uning o‘zi

99
shunday deydi: „Qaddimni ko‘tarishdan ko‘ra chollarning koyishlarini eshitish osonroq ko‘rinar edi“.


Hatto yurishga ham hafsalasi kelmagan yalqov Mamajon birdaniga ilg‘or mehnatkash bo‘lib qolmaydi. Davr voqeligi, mehnatning shon-sharafi va qahramonlik ishiga aylanib, yal- qovlikning tag-tomiri bilan yemirib tashlanishi Mamajon ongida illatlarni yo‘qotib, uning o‘zgarib borishida haqqoniy, aniq va hayotbaxsh kuch — jamoaning ta’siri ijobiy rol o‘ynaydi. Ma- majonni mehnatga jalb qilishda yaxshi odamlarning ko‘rsatgan ijobiy namunalari Sattorqul obrazida mujassamlashtiriladi:
„Sattorqul akam qo‘yarda-qo‘ymay shudgorga olib chiqdi.
— Bas endi, yotaverma. Sal mehnatga ham qayish. Ran- ging joyiga kelib qopti. Òo‘lishibsan. Yur men bilan, — dedi. Erinib uning ketidan keta boshladim. U qo‘sh haydadi. Men otboshi yetakladim. Shudgor odamlar bilan to‘la edi: birisi haydayotir, birisi mola bosayotir, boshqalari ketmon chopa- yotir“. Bunday jo‘shqin hayot, daladagi qaynoq mehnat Ma- majonda asta-sekin ishga havas tuyg‘usini uyg‘ota boshlaydi.
Mamajon yalqovlikdan, qoloqlikdan qutilib, ilg‘or, ongli måhnatkashga aylanadi. Uning qayta tarbiyalanishida jamoa va erkin måhnat katta rol o‘ynaganligi haqqoniy ravishda tasvirlab bårilgan. Yozuvchi bu obraz orqali måhnatsåvarlik g‘oyalarini ilgari suradi.
Asarning tuzilishi o‘ziga xos, qiziqarli, tili ravshan va sod- dadir. Mamajon tushida ko‘rgan ayol: „G‘unchaday tugilib kelgan qið-qizil lab, havoda uchib yurgan qaldirg‘ochning muttasil qanotiday payvasta qora qosh, sochlarining uchi qo‘ng‘iroq boylaganday jingalak, yuzlari atirgulga o‘xshagan tiniq pushti rang“ tarzida chizilgan. Shaxs tasvirida yoki
„gaplarim zuvalasi pishmagan xamirday uvalanib ketmoqda edi“ kabi iboralar asarga ziynat bag‘ishlagan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida she’riyatning juda ko‘p durdonalarini yaratgan G‘afur G‘ulom bolalarga ham ajoyib asarlar taqdim etdi. Bu asarlarida vatanparvarlik va baynal- milallik g‘oyalari, qahramonlik va jasurlik, g‘alabaga ishonch ohanglari yangraydi. Shoir „Navqiron naslimiz sinov oldida“ she’rida yoshlarning kelajagini ifodalab, ularni erk va baxt bergan vatanga munosib kishilar bo‘lishga chaqiradi:
Bizning o‘lkamizda yo‘qolur ofat, O‘limni yengishga sizlar kandidat¾

100
Ertaning, ey adib va shoirlari, Kishilik ruhining injenerlari¾


Siz osmon ilmini suvday ichasiz, Yulduzdan yulduzga zumda ko‘chasiz¾ A’lochi o‘g‘lonlar, a’lochi qizlar, Vatan istagi ham xuddi ana shu.
Shoirning bu davrda yozgan noyob va go‘zal asarlaridan biri „Sen yetim emassan“ she’ridir. Unda odamlarning ik- kinchi jahon urushi yillarida yetim qolgan bolalarga bo‘lgan vatanparvarlik, qardoshlik, insonparvarlik his-tuyg‘ulari yuk- sak mahorat bilan tarannum etiladi:
Sen yetim emassan, Òinchlan, jigarim, Quyoshday mehribon, Vataning — onang, Zaminday vazmin-u, Mehnatkash mushfiq,
Istagan narsangni tayyorlaguvchi Xalq bor — otang bor.
Cho‘chima, jigarim, O‘z uyingdasan.
Bu parchada Vatanning muazzamligini, uning mehridaryo kishilari quyma obrazlarda, lo‘nda, ta’sirli ifodalanganligi har bir misrada ko‘rinib turibdi. Shoir bolalarga yetimlik nima ekanligini tushuntirarkan, o‘zining achchiq yetimlik qismatini eslash orqali asarning ta’sir kuchini yanada oshirishga erishgan:
¾Men yetim o‘sganman, Oh, u yetimlik¾
Voy, bechora jonim, Desam arziydi, Boshimni silashga, Bir mehribon qo‘l, Bir og‘iz shirin so‘z Nondek arzanda, Men odam edim-ku, Inson farzandi¾
Bu satrlarda shoir mahorati, avvalo, yåtimlik tushuncha- siga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Shoir nazdida haqiqiy yåtimlik faqat ota-onadan judo bo‘lishgina emas, balki Vatan dågan, xalq dågan tushunchalarda ham mavjud bo‘-

101
lishdadir, dågan falsafada namoyon bo‘ladi. Shoir urushning dahshatli, fojiali voqåalarini go‘dak xayolida gavdalantirib, ma- na shu vahshiylikning sababchisi bo‘lgan Gitlårni la’natlaydi:


Sut ko‘r qilgur, haromi, Gitlår oqpadar Farzandning qadrini qayårdan bilsin?
Shoir she’rida g‘alabaning muqarrarligini zo‘r hayajon va ko‘tarinki ruhda, obrazli misralarda ifoda etadi:
Òong yaqin, Òong yaqin,
Oppoq tong yaqin¾ Ulug‘ oilaning Go‘dak farzandi, Bilib qo‘y endi:
Sen tezda ulg‘ayib, Olam kezasan¾ Haqorat yemirilur, Zulm yanchilur, Jahonda bo‘lurmiz, Ozod, muzaffar, Sen yetim emassan, Mening jigarim!
G‘afur G‘ulomning bu she’ri yoshlarda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik va baynalmilallik hamda bosqinchilarga nafrat tuyg‘ularini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan barka- mol asardir. Urushdan keyin G‘afur G‘ulom bolalar uchun
„She’rlar“ (1946), „Òongotar qo‘shig‘i“ (1949), „Bari seniki“ (1953), „Bir g‘uncha ochilguncha“ (1955), „Siz mening yosh- ligimsiz“ (1958) she’rlar to‘plami va „Mening o‘g‘rigina bo- lam“ (1965) voqeiy hikoyasini yaratdi.
G‘afur G‘ulomning bu davr ijodida bolalarning o‘ziga xos orzu-umidlari, yuksak ma’naviy olamlari, odob va axloqlari, o‘qish va intilishlari asosiy mavzuga aylandi. Jumladan, shoir
„Oltin medal“ she’rida o‘rta maktabni bitirayotgan o‘g‘il va qizlarga ishonch va umid ko‘zi bilan qaraydi. Ularni kela- jagimizning ishongan kishilari — „zamonlar tongining chi- roqlari“ deb tasvirlaydi:
Sizsiz kelajak yo‘q, siz axir xalqning Ming yilni ko‘rajak qarog‘larisiz.
Sizsiz yorimaydi osmonda Zuhra, Zamonlar tongining charog‘larisiz.

102
Shoir o‘lkamizning kelgusida yanada gullab-yashnashini, jahonda tengi yo‘q diyorga aylanishini orzu qiladi va yoshlar- ni ana shunday Vatanga munosib farzand bo‘lishga, ilm-fan- ni egallashga undaydi. U yoshlarning ilm-fanda kamol topi- shiga zo‘r ishonch bilan qaraydi.


G‘afur G‘ulom bolalar va yoshlarni kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr-muhabbatli qilib tarbiyalash mavzusida ko‘p- lab she’rlar yaratdi. Shulardan biri „Ona“ she’ridir. Shoir bu she’rida bag‘ri ufqlardan ham keng onaning lirik obrazini ya- ratib, bolaning unga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifoda etadi.
Shoir bolani chaqaloqligidanoq mehr-muhabbat bilan as- rab, avaylab tarbiyalab kelgan onani ta’riflab, bu mo‘tabar zotni e’zozlaydi:
O‘zing axir nimasan, Qoyamisan, tog‘misan?.. Jahonmisan, bog‘misan? Rangmisan, quyoshmisan? Hammasidan ulug‘san!..
Hoynahoy bir kitobsan, Minglab qomusdan baland. Hoynahoy oftobsan,
Mån esa sånga farzand.
Shoir she’rda onaga murojaat etib, uni qoya, yuksak tog‘, chaman bog‘ hamda quyoshga qiyoslaydi va onani ulardan yuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, dunyoda onadan ulug‘ zot yo‘q! U borliqqa jon baxsh etuvchi, olamni nurga burkovchi oftob misol qadrli, hatto undan ham azizdir. She’r bolalarda ona- larga chuqur muhabbat hissini uyg‘otishda katta xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, akademik shoir G‘afur G‘ulom o‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirishga barakali hissa qo‘shdi. U yoshlar uchun yozgan asarlarida bolalarning quvnoq ha- yotini yurakdan berilib kuyladi. Uning asarlari bolalarni yax-
shi inson bo‘lib kamol topishga, a’lo o‘qishga da’vat etadi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi?

    2. G‘afur G‘ulomning urush davri ijodi?

    3. G‘afur G‘ulomning hikoya va qissalari?

103


Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə