O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə15/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Darsni
So‘roq belgisi:
Uqdingizmi? Yetadimi? Bormi savol? Yoki o‘zim so‘rayinmi sizdan savol?

153
Vergul:


Gar undalma gapda kelsa qoq o‘rtada, Uning ikki yonboshida men jo‘rttaga,
„Qani endi, undalmaxon, qochib boq-chi“ — Deb bo‘lurman yubormayin unga soqchi,
Gar undalma gap so‘ngida kelsa, u choq, Undan oldin qo‘yilarman, tushun o‘rtoq! Qo‘shtirnoqlar:
Mana rais: „Vaqt tamom, to‘xtangiz!“ Deb qoldi-ku, mayli, endi yo‘q gapimiz. Òire:
Biroq shartim — so‘z qolmasin o‘lda-jo‘lda.
Ko‘rinib turibdiki, shoir tinish belgilarining xususiyatla- rini tasvirlabgina qolmay, unga muvofiq misollarni ham she’riy yo‘l bilan ko‘rsatgan. Shuning uchun bu she’rni ko‘rgazmali she’r deyish va undan darslarda ijodiy foydalanish mumkin.
„Yolg‘onchi“ dostonida bolalarni rostgo‘y bo‘lishga, yax- shi va a’lo o‘qishga chaqiriladi. Doston qahramoni No‘mon maktabda ta’lim-tarbiya qoidasini buzuvchi, o‘qituvchi va ota- onasiga nisbatan hurmatsizlik qiluvchi bola sifatida gavdalanadi. Shoir, No‘mon qoniqarsiz o‘qishiga qaramay, o‘zini tuzatish o‘rniga, o‘qituvchiga zarda qilishi, yolg‘on gapirishi, o‘jarligi, dars tayyorlamasligi va ishyoqmasligini turli hayotiy parcha- larda juda ishonarli tasvirlaydi. Chunonchi, No‘mon o‘qituvchi yozib bergan xatni yirtib tashlab, „2“ baholarini yashirib, o‘zini a’lochi qilib ko‘rsatib, beodobligini fosh etadi.
No‘mon o‘qituvchi va ota-onasi ta’sirida butun kamchi- liklarini anglab yetadi, yaxshi o‘qishga va’da beradi va va’dasi- ning ustidan chiqadi. Doston o‘z kamchiliklarini anglagan va o‘qishga astoydil berilgan No‘monning ijobiy xatti-harakatini ulug‘lash bilan tamomlanadi.
O‘zbåk bolalar shå’riyatida „Qaldirg‘och“ ertagi muhim ahamiyatga ega. Unda mamlakatimizning tinchliksåvar yurt ekani qaldirg‘och sarguzashti orqali hikoya qilinadi.
Shoir chåt mamlakatlardagi urushlarni, uning dahshatli oqibatlarini qaldirg‘och obrazi orqali ochadi. „Qaldirg‘och“ chåt ellardagi ayanchli hayotni juda jonli, obrazli tilda bola- larga hikoya qiladi. Ona diyorimiz tinchlik makoni ekanini esa shoir qaldirg‘och vositasida ta’sirli ifodalaydi:
Qirq kunduz-u qirq kåcha Bulutni kåcha-kåcha

154
Qaldirg‘ochim par qanot, Endi baxtiyor qanot, Bizga kålib yåtibdi


Va sayrab shunday dåbdi:
— Eh¾ Hur Vatan! Jon Vatan!.. Qishda ham jonajonsan,
Ilituvchi nuring bor, Bizga issiq o‘rning bor!
Bu ertak bolalarning urushga qarshi nafratini oshirishda, Vatanimizning tinchlik tayanchi ekanini yanada chuqurroq tushunishda, uni såvishda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Sulton Jo‘raning „Havorang gilam“ ertagidagi qahramon — Rahim. U o‘tmishda og‘ir kulfatlarni boshidan kechiradi. Ra- him zindondan qochib, uyiga kelsa, na xotini, na qizi bor. Uning xaroba uyini shoir:
Uy o‘rnida bir devor! Atrofi o‘t — tikanzor, —
deb tasvirlaydi. G‘azabda yongan Rahim zulmkorlarga qarshi kurashga bel bog‘laydi. Ertakda shoir asar qahramoni Rahim- ning hayoti haqida hikoya qilar ekan, uning e’tiborga loyiq eng muhim belgisini — xalq bilan chambarchasligini ko‘rsatadi. Dostonda yovuzlarga qarshi bir tan, bir jon bo‘lib ku- rashgan xalq ozodlikka chiqadi, zulmkorlarni tag-tugi bilan yo‘q qilib, baxtli hayotga erishadi. Shoir „mozorday jimjit“,
„qushlar uchsa qanoti, inson yursa oyog‘i“ kuyadigan bepo- yon dasht-cho‘llarda endi yangi hayot qaynayotganini tasvir- lab, bularning hammasi Rahimlarning ijodiy mehnati tufayli yuz berganligini bolalarga hikoya qiladi:
Cho‘l o‘rnida bog‘-bo‘ston, Rang-barang bir guliston¾ Qo‘ng‘iroqday shalola,
Oy kabi nurli dala¾ Daryoni qilib qamal, O‘tkazishgan zo‘r kanal¾ Xullas, go‘yo bu — sara Va ajoyib manzara, O‘xshardi boqqan sari Gilamchaki — zangori!..
Ko‘rdi: ko‘m-ko‘k keng dala, Unda ishlar bir gala.

155
Son-sanoqsiz er-xotin Ekardilar zar-oltin¾


Xalq ommasining mehnati tufayli ajoyib shaharlar, cho‘l o‘rnida bo‘stonlar yaratilishini tasvirlash orqali shoir kattalar mehnatiga bolalarning havasini oshiradi.
Sulton Jo‘ra bu ertakning maktab yoshidagi bolalar savi- yasiga mos, tushunarli bo‘lishi uchun ancha kuch sarflagan, bunda u tojik xalq og‘zaki poetik ijodidan samarali foydalangan. Sulton Jo‘ra „Sog‘inchli salom“ she’rida Vatanga muhab- bat, dushmanga nafrat hislarini va g‘alabaning muqarrarligini
tasvirlaydi.
Shoir „guli g‘unchalari“, „oltin yulduzchalari“, „girgit- ton qizchalari“ga sog‘inchli salom yozar ekan, ularga nemis bosqinchilarining yovuzliklari va vahshiyliklari, insoniyat bo- shiga solgan azob-uqubatlari, jabr-zulmi, fashistlar vayron qilgan joylardagi xalqning og‘ir ahvoli, yosh bolalarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilib beradi.
Shoir urush va uning dahshatlarini, xalqning azob-uqu- batlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, boshidan kechirgan bir kam- pir tilidan so‘zlab, voqeaning ta’sirchanligini, bolalar ongiga tez, oson yetib borishini ta’minlaydi. Kampirning qalbi dardga to‘la. G‘am, alam, qasd uning butun vujudini egallab olgan. Uning so‘zlari orqali fashistlar tomonidan otib o‘ldirilgan qizi va nevarasining fojiasigina emas, umuman, dushmanning rahm-shafqatsizligi, yovuzligi ro‘yirost ochib berilgan:
Ko‘zim ochsam ne ko‘ray:
— Voy! „Qo‘rqinchli manzara“, Ko‘kragidan qon oqib,
Yerda yotar Varvara¾ Fashist jallod nayzasin Sanchibdi ko‘kragidan, Bolaning hali yoshi Ketmagan kiðrigidan, Bir tomonda onasi, Bir tomonda bolasi, Qon ichida yotibdi,
E voh, har ikkalasi!..
Urush dahshatlarining kichik bir parchasini yuqoridagiday tasvirlash bilan shoir bolalarning murg‘ak dilida urush olovini yoquvchilarga nisbatan kuchli nafrat tuyg‘ularini qo‘zg‘atadi.

156
Ular qalbida tinchlik, do‘stlik, baxtiyorlik haqidagi ulug‘ maqsad, buyuk orzu hislarini uyg‘otadi. Obod qishloqlarni vayron qilgan, begunoh kishilarning umrini xazon qilgan fa- shistlardan qasos olishga bel bog‘lagan g‘azabkor otaning hay- qirig‘i tubandagi misralarda zo‘r mahorat bilan tasvirlangan:


Ana shu Varvaraday Qancha yosh bolalarni, Bolalik bo‘stonida Ochilgan lolalarni Halok etgan peslardan — Shu jallod fashistlardan Jon uchun jon olaman,
Qon uchun qon olaman. Xullas, fashist yovlarni Òor-mor etib batamom So‘ngra, jigarbandlarim, Yoningizga qaytaman!..
Shoir his-hayajonni oshirishda xalq og‘zaki ijodidan o‘rinli foydalangan:
Hay, janubga uchgan qush, Kel, yonimga birpas tush! Qizlarimga xat beray, Andijonga qarab uch!
Shoirning „Sog‘inchli salom“ shå’ri bolalarni Vatanga, uni jon-dilidan såvuvchi, måhribon otaga muhabbat, dushmanga la’- nat-nafrat ruhida tariyalashda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Pedagog-murabbiy va jangchi-shoir Sulton Jo‘ra o‘zbek bolalar adabiyotining xazinasiga o‘zining ana shunday qimmat-
baho asarlari bilan munosib hissa qo‘shgan.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Sulton Jo‘raning hayoti va ijodi?

  2. O‘qishga oid shå’rlari?

  3. Harbiy vatanparvarlik asarlari?

  4. „Zangori gilam“ dostoni?



157




Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə