O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə12/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

ILYOS MUSLIM


(1909 1993)

Ma’lumki, bolalar adabiyoti bolalarni go‘daklik chog‘idan boshlab måhnatga måhr qo‘yishga, u bilan zavqlanishga, uning qudratiga ishonch bilan qarashga o‘rgatadi. Ha, bolalarga atab yozilgan asar ularning tushunchasini kångaytirishi, so‘z boy- liklarini orttirishi, tåvarak-atrofni o‘rab olgan muhit bilan ta- nishtirishi lozim.


Jo‘shqin kuychi Ilyos Muslimning shå’rlarida o‘rinli o‘x- shatishlar, jonli obrazlar ko‘zga yarq etib tashlanadi:
Ishkomda yurib o‘zim, Ko‘rdim ajoyib uzum. Charos rangida ekan, Olxo‘riday kattakon.
(„ Kamoljonning orzusi“)
Yoki:
Qor bo‘ron¾ qattiq chilla, Pisand qilmas Abdulla.
Har minut — unga tilla, Qahraton qish unga yoz.
(„Chirchiq esdaliklari“)
Bolalar adabiyoti kichkintoylarning vatanparvarlik his-tuy- g‘ulari shakllanishida katta rol o‘ynaydi. Shu sababli ularning psixologiyasi, intilishi, orzu-umidlarini ifodalovchi biron asar yozish va ma’qullash ancha murakkab ish. Ilyos Muslim ana shunday mas’uliyatli vazifani chuqur his etgani holda, bolalar adabiyoti bo‘yicha umr bo‘yi qunt va sabot bilan ijod qildi.
Ha, kichkintoylarning katta adabiyotini yaratib bårish uchun bål bog‘lagan Ilyos Muslim 1909- yilning 2- avgustida Qir-
138
g‘izistonning Bishkek shahrida cho‘yan quyuvchi — hunar- mand oilasida dunyoga keladi. U 1924- yilda shahardagi Na- rimonov nomli 1- boshlang‘ich o‘zbek maktabiga kiradi. Maktabda o‘zbekcha, qirg‘izcha va ruscha kitoblarni sevib o‘qiydi. Atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlarga sinchkovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va she’rlarini maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bostirib turadi.
1927- yilning kuzida Ilyos Muslim Òoshkentga kelib, o‘z- bek erlar bilim yurtiga o‘qishga kiradi. 1930- yilda uni muvaf- faqiyatli tamomlab, Qashqadaryoga boradi. Yakkabog‘ tumani- dagi Shaman, Qirg‘iz va Sherozi qishloqlarida o‘qituvchilik qiladi.
1931 — 1932- yillarda Ilyos Muslim O‘zbekiston davlat nash- riyotida, badiiy adabiyot, yoshlar va bolalar adabiyoti nashri- yotlarida muharrir, bosh muharrir o‘rinbosari vazifalarida ish- laydi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 1932- yilda „O‘suv“ nomi bilan kitobxonlar hukmiga havola etiladi. Shu yili „Za- harxandalar“ degan ikkinchi to‘plami, 1934- yilda „Miqti kel- di“ dostoni bosilib chiqadi. 1938- yilda esa „She’rlar“ to‘plami maydonga keladi.
Ilyos Muslim 30- yillarda yaratgan barcha asarlarida erk, ozodlik, yangi hayot, ozod mehnat, yangi davr, yoshlarning baxtiyor turmushi, yurtning o‘sishi, dehqon taqdiri va ona- Vatanga mehr kabi o‘sha davr masalalari to‘g‘risida fikr yu- ritadi. Masalan:
Vatan hamdam, Hurmiz har dam. Yoshlik g‘uncha O‘sar har dam. Mehnat toshdi G‘ayrat jo‘shib.
Hayot qaynar Zafar quchib.
Ilyos Muslim o‘zining „Miqti keldi“ (1933) poemasi bi- lan 30- yillar o‘zbek bolalar dostonchiligini boshlab berdi. Dostonda erkin, tinch va osuda hayotni bunyod etish uchun kurash Miqti va boshqa obrazlar misolida ochib beriladi.
Ilyos Muslim 1942 — 1947- yillarda harbiy xizmatda bo‘- ladi. Ikkinchi jahon urushida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashadi. Birinchi Belorussiya frontida harbiy muxbir

139
bo‘lib ishlaydi. „Yovni tutday to‘kamiz“, „Adolat jangi“, „Mar- shrut — Berlin!“, „Òo‘pchilarga“, „Yashna, Vatan!“ va boshqa o‘nlab she’rlari shu davr ijodining mahsulidir.


1947- yilda harbiy xizmatdan bo‘shagan Ilyos Muslim nashriyotga qaytib, ijodiy ishga beriladi. Uning „Òurnalar“,
„Bizning maktab“, „Sening sovg‘ang“, „Òillaqo‘ng‘iz“, „Ish- chan asalarilar“, „Oylar aytishuvi“, „Oyxon va rayhon“, „Ko‘- rik“, „Birinchi sovg‘a“ kabi kitoblari hozirgi o‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa bo‘lib qo‘shiladi. Bu to‘plamlar yosh kitobxonlarning aqliy, axloqiy, estetik tarbi- yasida yetakchi o‘rin egallaydi.
Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda davrimizning bolalar adabiyoti oldiga qo‘ygan vazifalari, kich- kintoylar oldida turgan muhim ishlar tasvir markaziga qo‘yil- ganini ko‘rish mumkin. Masalan, „Maktabim“ asarida dunyo- da maktabdan aziz, mo‘tabar joy yo‘q, go‘yoki „ona kabi mehribon“ bir makon, kishining savodini chiqaradigan, o‘zi- ni o‘ziga tanitadigan, ongi va aqliga aql qo‘shadigan ulkan maskan, degan g‘oya ilgari suriladi. Shuningdek, asarda bola- ning maktabdan behad minnatdorligi, o‘zining oldida turgan bir qator vazifalar, el-yurtga sodiq xizmatkor bo‘lish uchun avvalo maktabda yaxshi va namunali o‘qish kerakligi sodda va ravon misralarda ifodalab berilgan:
A’lo o‘qishdir burchim, Sarf etaman bor kuchim. Ishlayman xalqim uchun, Qadrdonim maktabim!
Ilyos Muslim quyoshli O‘zbekistonimizning go‘zalligini, bolalarning baxtiyorligini kuylar ekan, ularning porloq kela- jagiga nazar tashlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda shoir- ning „Do‘stlik“ she’ri diqqatga sazovordir.
Shoir do‘stlik va tinchlik tushunchasini kichik yoshdagi bola tasavvurida berib, ularni maktabgacha tarbiya yoshidanoq do‘stlik ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan deb biladi. Bu g‘oyani tinchlik uchun kurash tuyg‘usi bilan omixta etib ifo- dalaydi. Shoir tinchlikning mohiyatini tushuntirishda kichik yoshdagi bolalarning saviyasiga mos usullar qidirib topgan. Ya’ni bolalar tinchlikni shirin-shakar qand, shokoladlar, kon- fetlarning mo‘l-ko‘lligida deb tasavvur qiladi, degan xulosa

140
chiqaradi. Òinchlikni shu yo‘sinda tushuntirib, ularning fik- rini tasdiqlaydi:


Juda mo‘l bo‘lar shokoladlar ham, Stolga to‘lar marmeladlar ham, Ko‘payar yana shirin kulcha non, Holva-yu konfet, obakidandon.
Bog‘larda o‘ynab-kulib yurgan va turli noz-ne’matlardan bahramand bo‘lgan bolalar ham, jahon mehnatkashlari ham elning, yurtning tinch va obod bo‘lishini, ota-onalarining tash- vish tortmasligini xohlaydi. Shuning uchun ham shoirning kichik qahramonlari olamga jar solib, tinchlik bo‘lsin, deydilar:
Bog‘larimizda yayraymiz har dam, Bilim olamiz, kuylaymiz bardam. Dunyoda xalqlar kun kechirsa tinch, Ota-onalar tashvish tortmas hech.
Bu murojaatda bolalarning urushga qarshi nafrati, ozodlik bilan do‘stlikning qudratiga zo‘r ishonch o‘z ifodasini topgan. Ilyos Muslim „Sening sovg‘ang“ nomli she’rida o‘z hu- nari bilan hammaning diqqatini tortgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Shoir bu obrazida hammani o‘ziga jalb qilgan jajji qizning fazilatini ko‘rdi va uni gavdalantirdi. Che- var qizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr bilan berilishidir. Buni shoir turli istioralar yordamida
ifodalaydi:
Chaqnab turgan quvnoq ko‘zingni Qo‘lingdagi ishdan olmaysan, Ishni har kun olib yoningga, Zehn qo‘yib kashta tikasan.
Shoir chevar qiz o‘zining butun mehri bilan tikkan kash- tasini onasiga sovg‘a qilishi bolaning ota-onaga bo‘lgan cheksiz muhabbatini, u davr yoshlariga xos xislatlarga ega ekanligini ulug‘laydi.
Shoir „chaqnab, quvnab turgan ko‘zlaring“, „dildan to- shib chiqqan so‘zing“, „jajjigina barmoqlaring“, „sån onang- ning kichik yo‘ldoshi“ kabi misralarda kashtachi qizning yo- qimli xislatlarini ochib, uni o‘quvchilarga namuna qilib ko‘r- satadi. Ilyos Muslim jismoniy mehnatni maktabgacha tarbiya yoshidan boshlashni afzal ko‘radi. O‘zining bu ezgu niyatini

141
u „Oyxon bilan rayhon“ deb nomlangan jajjigina bir she’rida juda lo‘nda qilib ta’riflaydi.


Oyxonning oddiy va soddaligi, tirishqoq va uddaburonligi, hatto katta yoshdagi bolalarni ham qoyil qoldiradi. U har xil ko‘chatlar ekadi. Gap shundaki, yerga ko‘chat ekish boshqa, uni parvarish qilish boshqa. Oyxon ko‘chatlarga mehr bilan qaraydi: tagini chopadi, suv quyadi. „Jambil, sada, oshray- hon“ ko‘m-ko‘k bo‘lib voyaga yetadi. Ayniqsa, „Oyxonning sochi kabi quyuq o‘sadi rayhonlari“. Rayhondan iste’mol qilib ko‘rganlar mehnatkash qizchaga rahmat aytib, minnatdorchi- lik bildiradilar:
Bobolar nasihatin Eslab sevinchga botdi. Halol mehnat rohatin
Oyxon ham shu kun totdi.
Bugungi o‘zbek bolalar adabiyotining atoqli vakili Ilyos Muslimning bunday jozibali she’rlari juda ko‘p. Uning fazo- girlarga bag‘ishlab yaratgan „Raketamiz uchdi oyga“, „Òo‘rt botir“, „Kichik Andriyan“, „Haykal“ va boshqa she’rlarida dovyurak fazogirlar, fazo kemalarini bunyod etgan kishilar, fazoga parvoz etishga qiziqayotgan bolalar qalamga olinadi.
Shoirning qator shå’rlarida davrimiz bolalari qanday bo‘- lishi kårak, dågan masala ko‘tariladi hamda har tomonlama yåtuk, o‘rnak bo‘ladigan bolalarning obrazini chizib, namuna qilib ko‘rsatiladi. Shoir a’lochi, intizomli, måhnatsåvar, ko‘p hunarni egallagan, Vatani va xalqi uchun hayotini ayamay- digan yoshlarni yåtuk odamlar dåb hisoblaydi, bolalarni shunday bo‘lishga chorlaydi.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Ilyos Muslim qayårda tug‘ildi va o‘qidi?

  2. Shoirning dastlabki to‘plamlari?

  3. Shoir ijodida o‘qish, odob, måhnat, vatanparvarlik?



142


Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə