O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə9/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

UYG‘UN


(1905 1990)

Hozirgi zamon o‘zbåk bolalar adabiyotining taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan qalam sohiblaridan biri Uyg‘unning kichkintoylarga bag‘ishlab yaratgan „Qorbobo“, „Hadya“,


„Bahor va mån“, „Ikki ona“ va boshqa shå’riy to‘plamlari bolalar adabiyotida yåtakchi o‘rinda turadi. Shoir bolalarga atab yozgan barcha katta-kichik shå’rlarida o‘qimishli, ona- Vatan va måhnatni jon-dildan såvgan chin do‘st, rostgo‘y, sofdil bolalarning his-tuyg‘ularini ifodalaydi, yoshlarni Vata- nimizning go‘zal tabiati, boyliklari va kishilarimizning ajoyib fazilatlari bilan tanishtiradi.
Shoir bolalarga bag‘ishlab yozgan barcha shå’rlarida mav- zuni o‘ziga xos jihatdan aks ettirishga harakat qiladi. Shu ji- hatdan uning ona-Vatan mavzusiga bag‘ishlangan „Ikki ona“ shå’ri xaraktårlidir. Shå’r qahramonining ikkita onasi bor: biri unga oq sut bårgan; ikkinchisi esa o‘z bag‘rida avaylab parva- rish qilgan. Ikkala onasi ham aziz, muqaddas va mo‘tabar. Bi- ri — uning tug‘gan måhribon onasi, ikkinchisi — jonajon va- tani. Lirik qahramon ana shu bir-biridan mo‘tabar ikki onasi bilan g‘ururlanadi, faxrlanadi. O‘zini boqqan, tarbiyalagan bu ikki ona oldida bir umr qarzdor. Zarur bo‘lib qolsa, ular uchun qurbon bo‘lishga ham tayyor:
Biri — tug‘gan onamdir, Ikkinchisi — hur Vatan, Ikkisiga barobar
Qurbon bo‘lsin jon-u tan.
Uyg‘un bolalar adabiyotida vatanparvarlik to‘g‘risida ko‘p- lab shå’rlar yozgan shoir sifatida e’zozlanadi. „Måning akam“,
„Chågarachi“, „Saodat soqchilari“ kabi asarlari bunga misol

114
bo‘la oladi. Shoir bu shå’rlarda chågara soqchilarining o‘z postlarida sårgak turib, uni qo‘riqlayotganini va jangchilarning Vatan oldidagi qahramonliklarini tasvirlash orqali bolalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi.


Bolalarning ona-Vatan oldidagi muqaddas burchi, fidoyi- ligi, e’tiqodi va sadoqati shoirning „Qasos“ (1944) asarida ya- nada chuqur ifodasini topgan. Asarda muqaddas Vatan, dush- manga nisbatan nafrat, g‘alabaga bo‘lgan komil ishonch g‘o- yasi ifodalanadi.
Shoirning „Qizaloqning o‘limi“, „O‘g‘irlangan husn“, „In- son“ kabi bir qator shå’rlari mudhish urush dahshatlari va yosh go‘daklar taqdiri haqida yozilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar tomonidan qan- chadan-qancha shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi, kishilar jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo‘ldi, nåcha-nåcha bågunoh go‘daklar ota-onasidan tirik yåtim qoldi, qanchalari fashist gazandalarining qo‘lida halok bo‘ldi.
„Qizaloqning o‘limi“da ana shunday mudhish va fojiali ko‘rinishlardan biri quyidagicha tasvirlanadi:
Qarang, bu manzara naqadar mudhish, Tilka-tilka bo‘lingan yurak burdasi:
Jonsiz onasining qonli ko‘ksida Yotar chaqaloqning kichik murdasi. Paxtaday yuzlari¾ jajji qo‘llari¾
Uyg‘un tabiat va fasllar kuychisi sifatida ham e’zozlanadi. Sårquyosh O‘zbåkistonning bir-biridan ajoyib fasllarining o‘ziga xos fazilatlari, xosiyati, jozibasi shoirning „Bahor haqida“,
„Kuz kåldi“, „Qor“, „Yoz“, „Qorbobo“ kabi qator asarla- rida zo‘r hayajon bilan kuylanadi. Uyg‘un fasllarning båtakror sirlarini bolalarga turli usullar bilan ularning yoshi, saviyasiga mos holda sodda, ixcham va jozibali misralarda ifodalab båradi. Ularni hayotdagi turli-tuman muammolar bilan tanishtiradi, fasllar shoirnnig niyatini amalga oshirishda bir vosita sanaladi. Shoir fasllar va ularga xos bo‘lgan o‘yinlardan o‘z qahramo- ni — bolalarning ruhiyatini ochish va ularning xaraktårini ko‘r- satishda unumli foydalanadi. Mana, uning „Fasllar“ shå’ri:
Yilimizning salmoqdor ishi To‘rt faslga tåkis bo‘linar: Qish tayyorlar, bahor ekadi, Kuz yig‘adi, yoz tarbiyalar.

115
Shoir har faslning xislati va fazilati inson måhnati bilan go‘zal ekanligini „Bahor“ shå’rida yaxshigina tasvirlab båradi:


Bog‘bon chiqar bog‘iga, Cho‘pon kåtar tog‘iga. Bolarilar g‘uvillab, Qo‘nar gul yaprog‘iga¾
Suvlar shildirab oqar, Qo‘shig‘i dilga yoqar. Bizga shodlik kåltirding, Salom sånga, gul bahor.
Turli-tuman qushlarning uchib kålishi, dala va qirlarning gul va maysaga burkanishi, rang-barang jonivorlarning paydo bo‘lishi kabi bolalar uchun noma’lumdåk ko‘ringan hodisa- larni ularga tushuntirish fikrini, g‘oyasini ko‘p hollarda ba- hor bilan borliq hodisalar orqali tasvirlaydi. Bu borada „Gul o‘tqazdim bog‘imga“, „Qushlar kåldi“, „Boychåchak“, „Bul- bulga“, „Laylak“ kabi shå’rlari xaraktårlidir.
Shoir qushlarga atalgan shå’rlarida bolalarni qushlar ola- miga olib kiradi. Qushlar bahor elchisi ekanligi, qushlar bilan olam yanada go‘zallashib yashnashi, ularning sayrashi bola- larga zavq-shavq bag‘ishlashi jozibali misralarda tarannum etiladi.
Uyg‘un qish fasli haqida ham anchagina badiiy pishiq shå’rlar yozgan. Bolalar hamma fasllarni, jumladan, qishni ham juda såvadilar. Chunki bu davrda bolalar o‘ynaydigan o‘yinlarning turlari ko‘payadi. Ayniqsa, bolalarning eng så- vimli archa bayramlari ham qishda bo‘ladi. Har bir bola uchun archa bayramida ishtirok etish bir olam quvonch bag‘ishlaydi. Shuning uchun shoirlarimiz bolalarga atab yozgan asarlarida archa, qorbobo, yaxmalak, chana uchish, qor o‘yinini zavq bilan tasvirlaydilar.
Uyg‘unning „Qish“, „Qorbobo“, „Archa“, „Xoliq qo‘r- qoq“, „Yangi yil qo‘shig‘i“ kabi shå’rlarida ham qish fasli o‘zining butun go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi.
Uyg‘un adabiyotimizda tabiat manzarasi tasvirining mohir ustasi sifatida tanilgan. Bu uning bolalar uchun yozgan ko‘p- lab shå’rlarida yaqqol ko‘rinadi. Shoir „Bahor“ shå’rida:
Osmon tiniq ko‘k shohi, Oq bulut kåzar gohi,

116
Gullarga ko‘miladi Qandak o‘rikning shohi¾


Suvlar shildirab oqar, Qo‘shig‘i dilga yoqar. Bizga shodlik kåltirding, Salom sånga, gul bahor!
dåb Vatanimiz husniga husn qo‘shayotgan bahor go‘zalligini tarannum etadi va bolalar qalbida shodlik hislarini qo‘zg‘atadi, måhnatga bo‘lgan g‘ayratini yanada oshiradi.
Uyg‘unning maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ba- g‘ishlab yozgan shå’rlaridan biri „Laylak“dir. Shoir:
Laylak kåldi yoz bo‘ldi, Qanoti qog‘oz bo‘ldi, —
dåb uni yoz elchisi ekanini bolalarga soddagina tushuntiradi va laylak kålishi bilan bolalardagi tabassum, shodlik hislarini ta’- sirli ifodalaydi. Shoir bolalarga laylakning butun qiyofasini qu- yidagicha chizishga intiladi:
Laylakning bo‘yi novcha, Tumshug‘i bor tarnovcha. Lapanglaydi uchganda, Uyasidan ko‘chganda.
Uzun ekan oyog‘i, Xuddi cholning tayog‘i, Qanoti ola ekan, Sayrashga balo ekan.
Kichik maktab yoshidagi bolalar ko‘pgina narsa, hodisa- larni tushunavårmaydilar, låkin ularni bilishga, tushunishga qiziqadilar. Uyg‘unning „Laylak“, „Guldor kapalak“, „Boy- chåchak“, „Qushlar kåldi“ kabi shå’rlari shu jihatdan xarak- tårlidir. Shoirning bu kabi shå’rlari kichkintoylarni parran- dalar, o‘simliklar hayoti bilan tanishtiradi.
„Guldor kapalak“ shå’rida Ahmad dasta-dasta gullar tå- rib, do‘stlarimni xursand qilay, dåb bog‘ga kiradi. Ammo u o‘ziga notanish hodisaga duch kålganidan hayratga tushadi:
Uzaman dåb qo‘l cho‘zuvdi, Gul to‘satdan uchib kåtdi. Avvaliga shoshib qoldi, Ahmad birdan cho‘chib kåtdi.

117
Shoir Ahmad uzmoqchi bo‘lgan gulning „uchib“ kåtga- nida bolada tug‘ilgan hayajon va ichki holatidagi o‘zgarishni juda ustalik bilan ifodalab, kitobxonda yoqimli ruhiy kåchinma uyg‘otadi. Kåyinchalik shoir bu voqåaning sababini bolaga tushuntirib båradi:


Kåyin bilsa, gul dågani — Gul emas, bo‘lak ekan.
Cho‘p boshiga qo‘nib turgan Guldor kapalak ekan.
Shoir „Boychåchak“, „Qushlar kåldi“ shå’rlarida tabiat- ning ajoyib go‘zallagini tasvirlab, bolalarga Vatan va uning tabiatiga muhabbat tuyg‘usini singdiradi:
— Yo‘q, boychåchak, såndan aslo kulmaymiz, Xotirjam bo‘l, såni sira yulmaymiz.
Havas bilan yuzlaringga qaraymiz, Bizlar såni qo‘riqlashga yaraymiz. Shafqat bilan boshlaringni silaymiz, Sånga yana uzoq umr tilaymiz.
Uyg‘un bolalarning tabiat go‘zalligiga bo‘lgan muhabbatini ularning parrandalarga bo‘lgan måhridan ajratib qaramaydi:
Qushlarim, hoy qushlarim, Qanoti kumushlarim, Måhmon bo‘lib qolingiz, Bog‘imda dam olingiz.
Shoir o‘zining ko‘pgina shå’rlarida har faslning o‘ziga xos gashtini shoirona tarannum etadi. Yozning to‘kin pishiqchi- ligini („Yoz“), ko‘rkam, chamanday oromgohlarda quvnab dam olayotgan baxtiyor yoshlarni („Oromgohda“), quyosh nurida, suv qo‘ynida yayrab-yayrab suzib yurgan sho‘x bola- larni („Suv quchog‘ida“) qalamga olib, ularning såvinchli kayfiyatlari orqali yozning naqadar nash’ali ekanligini yozadi. Bundan tashqari, shoir yozning gashtini unumli måhnatda dåb hisoblaydi. Bu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, Uyg‘unning
„Handalak“, „Ishkomda uzum pishdi“, „Tårimchi qiz qo‘- shig‘i“ shå’rlari o‘zbåk bolalar adabiyotida alohida ahami- yatga ega.
Shoir „Handalak“ shå’rida handalakning shakli va rangini
„Usti yo‘l-yo‘l, sariq-ko‘k, båqasamga o‘xshaydi“ dåb bola

118
ko‘z oldida tasvirlash bilan birga uning tilni yorar shirinligini ham mohirona ifodalaydi.


Ayni choqda, shirin-shakar handalakni, „sharbatlarga to‘lib-toshgan“ uzumlarni yåtishtirgan dehqonboboning måh- natiga bolalarda muhabbat uyg‘otadi va bunday måhnatning rohatini to‘lqinlanib kuylaydi:
Olib kålib so‘ygandi Sharbati oqib kåtdi. Yegan chog‘da måvasi Juda ham yoqib kåtdi.
Shunda toza såvindim, Yozda qilgan ishimga, Uni qand, asal qilgan Yaxshi parvarishimga¾
Uyg‘un ijodida folklor mavzusi yaqqol såzilib turadi. Uning Navoiy, Gulxaniy, Hamza asarlaridan ta’sirlangan va xalq og‘zaki ijodidan ruhlangan holda yaratgan „Yolg‘onchining jazosi“ ertak-dostoni yosh kitobxonlar muhabbatini allaqa- chon qozongandir.
Garchand bu asarning sujåt chizig‘i „Shår va Durroj“ga o‘xshab kåtsa-da, dostonda butunlay boshqa voqåa, boshqa obrazlar talqin etiladi. Uning asosiy obrazlaridan biri — Xol- voy yolg‘onchi, xasis boy timsolida gavdalanadi. U boylik kåtidan quvgan kimsa. Shuning uchun ham „ishonmasdan cho‘ponga, o‘zi boqardi qo‘yni“.
Xolvoy qo‘y boqib yurib, bir kuni saharda juda zårikadi, nima qilarini bilmay, odamlarni sinab ko‘rmoqchi bo‘ladi:
— Dod kålinglar, kålinglar! Yuguringlar, yålinglar!
Qo‘yimga tågdi bo‘ri, Quridi qo‘yning sho‘ri! —
dåya ovozining boricha baqiradi, dodlaydi. Odamlar shirin uy- qularini buzib, „qo‘lga tayoq olishib, chopib, charchab, to- lishib“, yordamga yåtib kåladilar. Låkin boy quvonchini såz- gan olomon undan qattiq ranjiydi. Xolvoy xalq qahr-g‘azabiga duchor bo‘ladi, o‘ziga ishonchni yo‘qotadi. Boshqa kuni qo‘ylariga chindan ham bo‘ri tåkkanda u har qancha baqirib- chaqirmasin, unga håch kim yordamga kålmaydi.

119
Bo‘rilar, hatto boyning o‘zini ham yåb qo‘yishiga oz qo- ladi. Aldangan xalq ertasi kuni bu voqåani ko‘rib, Xolvoyga achinmaydi, aksincha:


Zararlaring ko‘p bo‘pti, Ajab bo‘pti, xo‘p bo‘pti! Yolg‘onchiga shu sazo Shunga loyiqdir jazo!
dåb ta’na toshini yog‘diradi.
Xullas, Uyg‘unning bolalarga atab yozgan asarlari ular xaraktåri, orzu-umidlari, qiziqishlarini o‘zida mujassam etishi bilan qadrli.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Uyg‘un asarlarida onaga, ona-Vatanga muhabbat?

    2. Uyg‘un ijodida måhnat?

    3. Uyg‘un — tabiat kuychisi?

    4. Uyg‘un ijodida folklor?

120


Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə