O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə8/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

MUSO TOSHMUHAMMAD O‘G‘LI


OYBÅK
(1905 1968)

O‘zining roman va qissalari, ilmiy-nazariy, siyosiy, badi- iy-publitsistik asarlari, tarjimalari, ajoyib she’rlari, dostonlari, hikoyalari bilan o‘zbek adabiyoti xazinasini boyitgan atoqli so‘z san’atkorlaridan biri Oybek bolalar adabiyotiga ham mu- nosib hissa qo‘shgan ulkan adibdir. U yaratgan she’r va hiko- yalar, qissa va dostonlar bolalar ma’naviyatiga samarali ta’sir etib, yosh avlod estetik didining shakllanishida katta rol o‘y- namoqda. „Yosh yo‘lchi“ (1925), „Gunafsha“ (1926), „Bo- lalikni eslab“ (1926), „Shaharcha bolalariga“ (1934), „Shoir- ning bolaligi“ (1937), „Eski va yangi bolalik“ (1937),


„Odobli Òursun“, „Ahmadjon bog‘bon“ (1971) kabi she’riy kitoblari, „Zafar va Zahro“ (1953), „Haqgo‘ylar“ (1976),
„Bobom“ (1957) kabi dostonlari, „Alisherning yoshligi“ (1975) qissasi, „Globus“ (1981) hikoyalar to‘plami, „Bolalik“ kabi asarlari, ayniqsa, xarakterlidir.
Oybekning bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan she’riy asarlarida qaynoq hayot, ilm, hunar va mehnatga bo‘lgan mu- habbat, vatanparvarlik, jamoatchilik, ijtimoiy burchni ang- lash kabi xususiyatlar aks etgan. Bu fazilatlar o‘sha davrda Oybek asarlarining yetakchi mavzusiga aylanadi.
Shoir g‘oyaviy-badiiy kuchli she’rlar bilan birga, bolalar va o‘smirlar hayotini tasvirlovchi hikoyalar ham yozdi. 1981- yilda adibning „Globus“ nomli to‘plami bosilib chiqdi. Bunda Oybekning shu vaqtgacha e’lon qilinmagan „Gulnor opa“ (1930), „Fanorchi ota“ (1930), „Singan umid“ (1930), „Òil- latopar“ (1930) hikoyalari ham chop etilgan.
Oybåk kichik yoshdagi maktab bolalari uchun Pokiston bo- lalari hayotidan „Qonli barmoqlar“ (1962- yil) hikoyasini yoz-

104
di. Hikoyada Pokistonda tinchlik uchun kurashuvchilardan qanday qasos olinayotganligi, ularning bolalari ko‘chalarga chi- qarib tashlanayotganligi, tilanchilikka va malaylikka mahkum etilayotganligi hikoya qilinadi. Yozuvchi buni asar qahramoni to‘qqiz yoshli Alining sarguzashtlari orqali tasvirlaydi.


Oybåk hikoyada Alilarning yashash sharoitini va qanday kun kåchirishini quyidagicha tasvirlaydi: „Gorishov Lohur- ning baridagi bir daha. Lohur — qo‘shiqlar, gullar diyori. Go- rishov esa dahshat! Ali bu xaroba-vayronalar ichida yuguradi. Ko‘cha, yo‘lka dåydigan narsa yo‘q, tutash xaroba kulbalar. Shunday xaroba kulbalarning biridan Ali bilan onasi, otasi qamalgandan so‘ng haydalib, ko‘chaga tashlangan edi“.
Pokiston shaharlarining ko‘cha-ko‘ylarida to‘da-to‘da tilan- chi bolalar yurishadi. Gadoylar, odatda, „baxshish“ dåyilsa, o‘zlarini tomdan tashlab yuborishga tayyor ekanligi hikoyada bo‘rtib turadi.
Ali bir parcha non qidirib, båsh-olti kundan buyon ras- talarni kåzib yurganda gulobchi do‘kondor uni chaqirib, „jahl aralash dådi: „Mana bu yashiklarni bo‘shat!“ va buning evaziga haq to‘lashga va’da qiladi. Ali „Rostdanmi?“ dåb so‘radi va do‘kondorning „Ha“ dågan tovushini eshitgach, bola uzun xo‘rsindi, jilmaydi. Kir, kalta ko‘ylagining yånglarini shimarib, ishga tushdi“.
Ali yashiklardagi siniq gulob shishalarini tashiydi: „Siniq chåti uchgan shishalar va bårahm quyoshning issig‘i xunob qilar, kichik barmoqlari tilingan, qo‘llari qon. Ammo och, tåntirab yurishdan charchagan bola bu xizmatdan vaqti xush“ edi. „Isqirt, juldur, cho‘pday oriq bolalar bolaning qonagan qo‘llariga tikildilar“. Bolalar Aliga ko‘mak bårmoqchi bo‘l- ganlarida u „Rahmat“ dåb javob bårdi. Ali och-nahor, bar- moqlarini shisha siniqlari kåsib achitishiga, bir parcha non topishning nihoyatda azob-uqubatlari va mashaqqatlariga qaramay, do‘kondor gulobchining og‘ir ishini bajardi. Do‘- kondor „bir qutini ochib, yupqa „chapati“ — nonni uloqtirdi. Ali ilib oldi, quvonib dådi: „Darrov borib, ayamga båraman, u kasal!“ „Aya, mån kåldim, non topib kåldim. Turing, non yång, non¾“
Kampir onaning yuzini ochdi: „O‘tdi olamdan!“
Dard bilan, yo‘qchilik bilan, ochlik bilan, g‘am qursha- gan bu g‘arib ayolning yuzida baxtsiz hayotning eng so‘nggi
105
nafasida o‘lim bilan kurash dahshati ko‘rinar edi“. Bu ha- yotiy parcha faqat pokistonlik Alining hayoti uchun xos ho- disa bo‘libgina qolmay, balki kambag‘al måhnatkash bolala- rining hayoti uchun ham tiðik hol edi.
Kitobxon Alining sarguzashtlari bilan tanishar ekan, unda oddiy insoniy huquqlardan ham mahrum etilgan bolaning ayanchli taqdiri orqali yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘ulari shakllanadi. Muhimi shundaki, hayotda doimo yovuzlik bilan ezgulik orasida tinimsiz kurash borishini, bu kurash insonlar- ni ulug‘ ishlarga otlantirishi mumkinligini his qiladilar.
Oybek buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillari haqida hikoya qiluvchi „Alisherning yoshligi“ qissasini (1967) yozdi.
Ulug‘ Navoiy Oybekning sevimli siymolaridan biri edi. Bu haqda adib maqolalaridan birida shunday hikoya qiladi:
„Navoiy she’riyati va Navoiy obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko‘nglimni tortar edi. O‘z asarlarimda Navoiy obrazini yaratishga zo‘r mayl va istagim bor edi. Yoshligimdan beri Navoiyning o‘lmas, adabiy she’rlarini sevib o‘qir edim, uning jozibali g‘azallari borgan sari ko‘nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni mast va maftun etdi¾ U me- ning ko‘nglimda, yodimda edi, butun borlig‘imni band etgan- di. Yursam-tursam hamisha Navoiyni o‘ylar edim. Uning ma’- nodor, aqlli ko‘zlari, hamisha xushfe’l, rahmdil, oliyjanob qiyofasi, asl, pok, ulug‘ qalbini his etardim, ko‘z o‘ngimda ko‘rardim¾“
Oybek 1928- yildan boshlab Alisher Navoiy ijodini chu- qur o‘rganishga kirishdi. U dastlab Navoiy ijodiga doir ko‘p- gina ilmiy maqolalarni o‘qib o‘rgandi. Keyinroq „Navoiy“,
„Guli va Navoiy“ dostonlarini nashr ettirdi. Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan „Navoiy“ romanida ulug‘ shoir va muta- fakkir hayotining kamolot davri tasvirlanadi. Buyuk shoirning bolaligi haqidagi qissaning yozilish tarixini adibning rafiqasi Zarifa Saidnosirova shunday izohlaydi:
„Alisherning yoshligini qalamga olish niyati adib qalbida qirqinchi yillarning boshlarida tug‘ilgan bo‘lib, „Navoiy“ ro- manini yozish davrida bu ishtiyoq yanada kuchaygan edi. Òi- li, uslubi jihatdan mazkur romanga yaqin bu qissa 1967- yil- da tugallangan bo‘lsa-da, o‘ziga nisbatan g‘oyatda talabchan

106
adib uni qaytadan ishlash maqsadi bo‘lgani uchun e’lon qi- lishga oshiqmadi“.


„Alisherning yoshligi“ qissasida Hirotdagi tarixiy voqealar (taxminan 1447—1452- yillar), shahzodalarning Shohruh va- fotidan keyingi o‘zaro taxt uchun kurashlari va shu davrda o‘tgan Alisherning bolalik (to‘rt yoshdan boshlab) yillari ha- qida hikoya qilinadi. Qissada Alisher obrazining takomili o‘sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari va ziddiyatlari bilan uzviy aloqada tasvirlanadi. Hukmron doira orasida mavqeyi ancha baland bo‘lgan G‘iyosiddin va Gulbegim bekaning oiladagi samimiyliklari, o‘zlarini siðo ham oqilona tutishlari farzandi Alisherning ham jismoniy, ham aqliy tomondan kamolotida muhim bo‘lganligi haqqoniy tasvirlanadi.
Oybek qissadagi qahramonlar bilan o‘quvchilarni tanish- tirishda va Alisher fazilatlarining takomillashishini tasvirlashda G‘iyosiddin Kichkina uyidagi mehmondorchilik lavhasidan us- talik bilan foydalangan. Qissa charaqlagan keng chorxari meh- monxonada mehmonlar, qavm-qarindosh, yaqin do‘stlar yi- g‘ilib, ajoyib suxanvarlik va samimiy suhbat tasviri bilan bosh- lanadi. Oybek Alisherning otasi G‘iyosiddin Kichkinani kam- tar, yumshoq fe’lli, ko‘zlari aqlli, kalta soqoli o‘ziga yarash- gan, jussasi kichkina, hammaning hurmatini o‘ziga tortgan kishi sifatida tasvirlaydi. Ko‘pchilik uni G‘iyosiddin Kichkina, yaqin do‘stlari esa, ko‘pincha, Kichik bahodir ham der edi- lar. Adib Malika Gavharshod saroyiga kelgan mehmonlar ora- sida Alisherning onasi Gulbegim beka ham borligini bayon etib, uni quyidagicha tasvirlaydi:
„Xushbichim, kelishgan qomatli, yuzlari oppoq Gulbe- gimning ingichka qoshlari va jilvali mehr chaqnagan qora ko‘zlari go‘zallikning eng zo‘r omili edi. Katta zavq va did bi- lan kiyingan, yigirma besh yoshlardagi bu juvon yig‘inlarda ko‘zga darrov tashlanar, chehrasi issiq, yoqimli ayol edi“. Shunday qilib, Oybek asarning boshidayoq o‘quvchilar diqqa- tini Alisher ota-onasining ajoyib, yoqimli fazilatlari bilan ta- nishtirishga tortadi.
Oybek o‘sha davrdagi ijtimoiy, siyosiy muhit va taxt uchun bo‘lgan dahshatli janglar manzarasini, o‘zining turkiy she’rlari bilan mashhur bo‘lgan Qobuliy Alisherning tog‘asi ekanligini ham o‘zaro suhbat lavhasi asosida ta’sirli bayon etadi:

107
„Hazrat Ulug‘bek ilm dunyosida mangulik kashf etgan musharraf olimdurlar. Ko‘ngillari barcha ilmlarning tajassumi bo‘lmish bu zot tariximiz kitobida abadiy yorqin yulduzdir- lar“, deb ta’rifini keltiradi.


Mehmondorchilik davrasida yosh Alisherga sulton Ulug‘- bekning tengsiz olimligi va donishmandligi, saltanatning tadbirkor namoyandasi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Alisher uning bu fazilatlariga chuqur muhabbat bilan qaraydi.
Oybek o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy va adabiy hayot hamda tarixiy shaxslar xarakterini bolalar va o‘smirlar yoshi va saviyasiga mos holda qiziqarli qilib tasvirlaydi. Adib Alisher ongining shakllanishi va takomilida ota-onasi, Husayn Boyqa- ro bilan o‘qigan chog‘lari, tog‘asi va boshqalar, ayniqsa, Ulug‘- bekning kashfiyotlari haqidagi hikoyalar ijodiy maktab bo‘l- ganligini mahorat bilan tasvirlagan. Mehmonlar oldiga kirib borgan yosh Alisherning kattalarga bo‘lgan samimiy hurma- tini, she’rni chuqur did bilan tushuna bilishini, fahm-faro- satliligini Oybek haqqoniy tasvirlaydi.
Yosh Alisher xarakteridagi o‘ziga xos xislatlar uning bo- lalik chog‘idanoq namoyon bo‘lgan edi. Alisher siymosiga xos bo‘lgan aqllilik, kattalarga bo‘lgan samimiy hurmat, she’riyat- ni nozik his etish, g‘azallarni g‘oyat maromiga yetkazib ifodali o‘qish, ayniqsa, „ot choptirishdan fikr yuritish yaxshiroqdir chamamda“, deya fikr yuritishi kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
Alisherning keyinchalik buyuk davlat arbobi, ulkan shoir darajasiga yetishishida bu kabi fazilatlarning o‘zigina yetarli asos bo‘lib xizmat etmadi, albatta.
Oybek Alisher xususiyatining shakllanish jarayonini har bir lavha, chiziq, suhbat, yordamchi timsol va qahramonlar munosabati orqali ham badiiy asoslay olgan.
Alisherning o‘qishga — maktabga bo‘lgan havasini adib uning tilidan: „Ov qilmoq, merganlik — ermak narsa, lekin eng zo‘r zaruriyat maktabdir. Òurmushning ko‘p sirlarini mak- tab o‘rgatadi“, deb uning ilmga bo‘lgan qiziqishini tasvirlaydi. Shu bilan birga, uning ota-onasi, qavm-qarindoshi va bosh- qalarning suhbati, shoirlarning g‘azallari Alisherga katta ta’sir etganini qayd etadi.
Alisher o‘zi yashagan davrning ziddiyatlarini hali o‘zi u qadar anglab yetmaydi. Shuning uchun ham Shohruhning

108
Abdullatif bilan, Abdullatifning Xonzodabegim va Gavhar- shodbegim bilan Ulug‘bek to‘g‘risidagi munozaralari mag‘zini chaqa olmaydi. Ulug‘bek to‘g‘risida porloq taassurotga ega bo‘l- gan ziyrak Alisher Abdullatifning o‘z otasiga qarshi gaplaridan dastlab hayron qoladi va ikkilanadi. Biroq u shundayligicha qolavermaydi.


Alisherga xos fazilatlardan yana biri kattalarning fikr-mu- lohazalarini sinchkovlik bilan tinglash, kim haq, kim nohaq- ligini bilishga intilishda namoyon bo‘lishidadir. Xuddi shu tariqa yosh Alisher xarakteri asta-sekin shakllana boradi. Qissada Alisherning san’atga bo‘lgan munosabati ham o‘ziga xos lavha- larda ishonarli aks etadi. Xususan, nay parchasi asosida ifoda- langan tasvirlar bugungi yosh kitobxon uchun ham ibratlidir. Ayniqsa, boboning „Zavq-u shavqning siri ko‘p¾ ko‘p sina- dim, ulg‘aysa bilgich, donishmand bo‘lur. Halitdan tili tangani teshadi, ko‘zlaridan ko‘kragining o‘tini ko‘rurman. G‘azallarni zavq bilan tinglaydur, cholg‘ularga havasi baland“ kabi fikrlari shu jihatdan ibratlidir.
Alisher xarakterida davrga munosabatning ifoda etilishida qishloqdan keltirilgan yetti mahbusni dorga osish voqeasining ta’siri katta bo‘ladi.
Chorsu maydonidagi odamlarning ko‘pchiligi dorga osila- yotgan kishilarning holiga achinib, ko‘z yoshini to‘xtata olmay yig‘layotganidan Alisherning ham xo‘rligi keladi. Bu holni yo- zuvchi „¾Ko‘rasizmi! Alarning holiga ahli shahar yig‘lashur!.. Alisherning ko‘z yoshlari tag‘in quyila boshlagan edi“, deb tasvirlaydi.
Alisher dor, darra kabi jazo turlarini faqat eshitgan. Bu vaziyatni ko‘rgandan keyin shafqatsizlik va zulmkorlik haqi- dagi tushunchasi kengaya boradi. Asarda mazkur voqea orqali qiz va yigit muhabbatining poymol etilishi, ularning sevgi, erk uchun kurashi xalqning qo‘zg‘olonga borib bog‘lanishi — davr- ning o‘ziga xos tavsifidir. Shu kabi voqealar Alisher hayotida o‘chmas iz qoldirib, xarakterining chuqurlashishiga sabab bo‘- ladi. Oybek Alisherning ilm va adabiyotga bo‘lgan intilishini Qur’onning ma’nosini tushunishga urinishini, fors-arab tilla- rini o‘rganishini, turkiy (ona tili) bayt va g‘azallarni mahorat bilan o‘qishi va ko‘plab g‘azallarni yod olishini, maqollar, ma- sallar, ertaklarni sevib mutolaa qilishga harakat qilganligini

109
tasvirlash orqali bayon etadi. Alisher shahzodalar o‘rtasidagi dahshatli janglar, qonli urushlar borgan sari zo‘rayib borayot- ganini, o‘z zamonining notinch voqealarini, ota va bola o‘rta- sidagi dushmanliklarni endi chuqurroq tushunib, fikr doirasi kundan kunga kengayib boradi.


Shohruh Mirzoning vafotidan so‘ng shahzodalar o‘rtasi- dagi o‘zaro janglar kuchayib ketgach, G‘iyosiddin Kichkina bir necha yaqin qarindoshlari bilan Iroqqa yo‘l oladi. Yo‘l azobini tortib, Hirotga yetib borgan G‘iyosiddin Kichkina shahzodalarning o‘zaro bo‘lib o‘tgan janglari bilan tanishadi. U yerdagi ahvolni yozuvchi bir chol tilidan hikoya qiladi:
„Hali qarabsiz — taxtda Alouddavla, hali Abdullatif¾ Ham- masi och bo‘ridek chor tarafdan yopishishadi. Òoj-taxt g‘al- vasi xalqning tinkasini quritdi. Abulqosim yurakli, o‘tkir odam, ehtimol zamonning loyqasi endi cho‘ksa, G‘iyosiddinbek“.
Cholning har bir gapi, shahzodalarga bergan bahosi yosh Alisher qalbini larzaga keltiradi. Shahzodalarning pastkashlik- lari, rahm-shafqatsizliklari uning nafratini oshiradi. Mash’um tuzumga, davrning nobopligiga, shahzodalarning haddan zi- yoda quturishlariga qarshi tug‘yon bilan ulg‘aya boshlaydi.
Oybek bundan besh yuz yil ilgari yashagan turkiy va for- siy xalq tilini, uning milliy ruhini, boyligini, so‘z yoki ibo- ralar ma’nosini nozik his etadi. Naychi chol obrazini eslaylik. U aslida bechora faqirlar tabaqasidan, hunari nay yasash va chalish. Bobo hayotning asl ma’nosini naysiz tasavvur etmay- di. Yosh kitobxon bu cholning gap-so‘zlaridan, suhbatlaridan uning kasb-hunari naychilik ekanini bilib oladi. Nutqidagi ma’noli, tagdor, aniq iboralarda esa cholning yoshi juda ulug‘- ligini darrov his qiladi. „¾ Nay o‘zimizning qadimdan qolgan cholg‘u, mungli, ma’yus qalblarning firoqi, alamlarini kuy- laydur, to‘y-bazmlarda uning go‘zal sadosi ko‘ngullarga zavq to‘ldiradur, ajoyib sehrkor cholg‘udir nay. Alisherbekning ishqi tushibdimi — o‘rgaturmiz. O‘g‘lonim xohlasa, balki mashhur musiqa ahlidan bo‘lur¾ Dildagi ohang nafas ila nayga o‘tur¾ Barmoqlar kuyni pardalarga solib turadur“.
Oybek bu kabi keksa nuroniylar obrazlari vositasida in- sonparvarlik, ezgulik, odamiylik, saxiylik, yoshlarga muhabbat kabi g‘oyalarni targ‘ib etib, o‘zining badiiy mahorat egasi ekanligini yana bir bor namoyish etdi.

110
Alisherning haqiqiy inson bo‘lib ulg‘ayishida G‘iyosiddin Kichkina, Gulbegim beka, xizmatkor bobo, tog‘asi Mirsaid- ning ma’naviy ta’siri juda katta bo‘lgan.


Oybek qissada Alisherning Òurkiston sahrolarini, buyuk tog‘larini, bu yerda istiqomat qilgan xalqlarning urf-odatla- rini, „go‘zal, shirin va rangin“ tillarini qattiq sevishi va ar- doqlashini ishonchli qilib tasvirlay olgan.
Oybekning shaxs ta’sirini yaratishdagi mahorati mazkur asarida ham aniq ko‘rindi. U, ko‘pincha, aniq obraz va qahra- monlarning tashqi qiyofasini chizish orqali ularning ijobiy yoki salbiy, ma’naviy dunyosini ochib beradi.
Badiiy tildagi va tasvir yaratishdagi adib mahorati qissa- ning xalqchillik ruhini ta’minlagan, shu zaylda Oybek „Ali- sherning yoshligi“ qissasi orqali xalqimizning uzoq o‘tmish- dagi hayoti haqida ham yosh kitobxon ongida haqqoniy ta- assurotlar hosil qila olgan.
Adibning „Bolalik“ qissasi markazida yosh Musaning bo- shidan kechirgan sarguzashtlari yotadi.
Musa obrazining hayotdagi asosi adib Oybekning o‘zidir. Asarda Musavoyning yetti yoshgacha bo‘lgan davrdagi xa- rakteri sho‘xlik, tegajog‘lik, tinib-tinchimaslik va o‘yinqaroq- likdan tashqari, ochiq ko‘ngil, dangalchi, o‘tkir zehnliligi Oy- bekona tasvirga ega.
Musavoy xarakterining shakllanishida oila, hayotda ko‘r- gan-kechirganlari, kishilar bilan suhbatlari ham muhim rol o‘ynaydi. Keksalarning xonlar, beklar, bo‘lislar, boylar haqi- dagi xotiralari, eshitgan xalq ertaklari Musavoyni adolatsiz- likka va nohaqlikka nafrat ruhida tarbiyalaydi, mehnatkash xalqqa mehr-muhabbat bilan qarashga o‘rgatadi.
O‘zi tug‘ilib o‘sgan mahalladagi bozor, rastalardagi baz- zozlar, baqqollar, do‘kondorlarning xatti-harakatlarini diqqat- e’tibor bilan kuzatar ekan, ularning ziqna, xasis, chayqovchi, tekinxo‘r va makkor kishilar ekanligini bilib, qalbi larzaga ke- lar edi.
Oybek Musavoyning o‘qish-izlanishlariga chuqur muhab- bat bilan munosabatda bo‘ladi. Uning o‘qishda tirishqoqligini, zehnining o‘tkirligini, qunt bilan mutolaa qilishini, arabcha so‘z va iboralarning qoidasini buzmay, yoqimli ohangda ta- laffuz eta bilishini mahorat bilan chizadi.

111
„Bolalik“ qissasida Òurg‘un, A’zam, Ahmad, Qodir, Hoji, Sobir kabi Musavoyning tengqurlari va o‘rtoqlarining ob- razlari ham berilgan. Ularning har biri o‘z shaxsiy qiyofalariga ega. Qodir ko‘rinishdan mo‘min-qobilga o‘xshab tuyulsa-da, ammo jahldor. Ahmad oshiqboz, tentakroq, Hoji mardikor- ning o‘g‘li quvgina, Sobir kichkina bo‘lsa ham pishiqqina. Ularning turmush tarzi turlicha. Kattaroq bolalar oshiq, chil- lak o‘ynaydilar, kichik bolalar esa tol novdalaridan ot qilib minadilar. Bu borada Òurg‘un obrazi fe’l-atvoridagi sergaplik, toqatsizlik, shartakilik bilan birmuncha ajralib turadi.


Oybek o‘sha davr tashvishlari bolalar hayoti va taqdirida ham ma’lum darajada aks etganligini mahorat bilan tasvirlaydi. Oybek ijodida „Zafar va Zahro“ dostoni yetakchi o‘rinda turadi. Bu doston Pokistondagi dehqon va ishchi oilalari, ularning bolalarining og‘ir va azob-uqubatlarga to‘la hayoti haqidadir. Bunday og‘ir, mashaqqatli turmush lavhalari badiiy vositalar yordamida liro-epik shaklda yorqin gavdalanadi. Doston qahramonlari katta zamindorlarga qul bo‘lishga majbur etilgan dehqon bolasi Zafar, onasi bilan ko‘chaga uloqtirib
tashlangan ishchi qizi Zahrodir.
Shoir bolalar va ularning oilalari boshiga tushgan baxt- sizlik va kulfatlarni ifodalash orqali bolalarning ongi va qalbida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni turli tasviriy vositalar asosida as- ta-sekin ocha boradi, erkin, baxtli, ozod hayot yo‘lini tasvir- laydi. Kitobxon dostonning boshidayoq Zafar musibati miso- lida pokistonlik bolalarning ayanchli hayoti bilan yaqindan ta- nishadi:
Zafar asta tentiraydi, yonsa-da kun,
Yoshi o‘nda, jingalak soch, ko‘zi tuyg‘un. Egnidadir parcha latta, kir va yamoq, Òovonlarin tuyoqlagan qizg‘in tuproq.
Oriq, kuchsiz qo‘lda cho‘ltoq supurgi bor, Boshida go‘ng savat, tentirar, bitgan mador.
Dostonda qashshoq dehqon oilasining fojiali hayoti, soliq to‘plovchilarning qo‘rs-qo‘polligi-yu zolimligi, boyning rahm- siz hamda quvligi Zafarlar oilasi misolida ko‘rsatiladi. Yo‘q- chilik, nochorlik bois Zafar qishloq boyining quli — yugur- dagiga aylanadi.

112
Zafar shu tariqa, yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘p og‘ir kunlarni boshidan kechiradi. Shoir Zafar obrazi misolida bo- laning qalbida zolim boylarga, hadsiz zulmga qarshi nafrati tobora kuchayib borganini ko‘rsatadi. Zafar qanchalik og‘ir hayot changaliga tushmasin, unda ozodlikka, baxtiyor hayotga erishish umidi sira so‘nmaydi.


Oybek Zafar va Zahrolar o‘rtasidagi samimiy do‘stlik rishtalarini, og‘ir hayotga, zulmga bo‘lgan cheksiz nafratlarini xilma-xil hayotiy bo‘yoqlarda gavdalantiradi.
Xulosa qilib aytganda, Oybek yuqoridagi kabi asarlari bi- lan o‘zbek bolalar adabiyotining shakllanishi va yuksalishiga katta hissa qo‘shdi. U o‘zining bunday asarlari bilan bolalar adabiyotining sevimli kuychisiga aylanib qoldi.
Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Oybåk — bolalar shoiri.

  2. Oybåk qissalari.

  3. Oybåk dostonlari.







  1. — Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish

113





Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə