O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə4/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

MUHAMMAD SHARIF GULXANIY


Isyonkor kuychi Gulxaniy XVIII asrning oxiri XIX asr- ning boshlarida yashab ijod etgan va bu davr o‘zbek ada- biyotida o‘ziga xos o‘rinda turadigan yozuvchi. Uning asl ism- sharifi Muhammad Sharif bo‘lib, Gulxaniy esa uning adabiy taxallusidir. Òaxminlarga ko‘ra, u XVIII asrning 70- yillari ho- zirgi Xo‘jand viloyatining Darvoza qishlog‘ida dunyoga keladi. Bo‘lajak yozuvchining bolaligi o‘zi olamga kelgan tog‘ qishlog‘ida o‘tadi. Bu yerda ozmi-ko‘pmi o‘qib, savod chiqa- radi, adabiyotga bo‘lgan havasi ortadi. She’riyatga oid ko‘plab asarlar o‘qiydi, xalq og‘zaki ijodini berilib o‘rganadi va asta- sekin she’riy mashqlari boshlanadi. U o‘z ilmini oshirish maq- sadida avval Namangan, so‘ngra Farg‘onaga keladi, qiziqchiligi, hozirjavobligi va hajviy she’rlari bilan kishilar o‘rtasida tanila boshlaydi. Ayniqsa, g‘ariblik turkumidagi ruboiy va to‘rtliklari bilan el og‘ziga tushadi. Shoir keyinchalik Qo‘qonga keladi va qiyinchilik bilan kun kechiradi. U o‘zbekcha she’rlariga Gulxa-
niy, tojikcha she’rlariga Jurvat deb taxallus qo‘yadi.
Gulxaniy bir necha yil Qo‘qon xoni Olimxon saroyida nav- kar bo‘lib xizmat qilgan, janglarda qahramonlik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ochlik, yupunlik uning hamrohi bo‘lib qolaveradi. Gulxaniyning „Ber menga“ radifli she’ri uning navkarlik davrida yozilgan asaridir. G‘azal och qolgan kishining o‘z xo‘- jayinidan non so‘rashi bilan boshlanib, lirik qahramon — nav-
karning qalb alamlari so‘nggi baytlarda izchil ochila boradi.
Bu g‘azalga chuqurroq nazar tashlansa, unda faqat yakka, ochlikdan tinkasi qurigan ayrim shaxs haqida gapirilmay, balki katta ijtimoiy masala — Olimxonning navkarlari orasidagi ichki hayot sharoiti haqida gap boradi. G‘azalda lirik qah- ramonning qiyafasi umumlashma timsol darajasiga ko‘tarilgan,

79
chunki Olimxon navkarlaridan faqat Gulxaniy xon iltifotiga sazovor bo‘lolmadi, degan qarorga kelish yanglishdir. Demak, lirik qahramon — navkar o‘z boshidan kechirganlarini bayon qilish asosida Olimxonning navkarlarga muruvvatsizligi va qo‘- shindagi tartibsizlikni fosh qiladi. O‘z huquqini yoqlash bilan boshqa navkarlarni ham shunday ish ko‘rishga da’vat etadi:


Hazratim, ochlikdan o‘ldim, yegani non ber menga, Kofir o‘lg‘ayman agar desamki, bahmon ber menga. Mosh-u bug‘doy-u guruch berkim, shular menga kerak, Hech aytmasman aqiq-u la’l-u marjon ber menga.
Egnima yopiq berib, qornimni to‘yg‘iz non bilan, Senga bilo kim demasman din-u iymon ber menga. Navkaring ochlikdan o‘lsa, nega hayfing kelmagay, Ey tabibi hoziqim, dori-yu darmon ber menga.
Non-u to‘n ber, benavolik dardidan qutqar meni,
Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek qon ber menga¾ Gulxaniyni er yigitlar to‘pidan kamsitmagil,
Fo‘ta ber, ot ber, to‘n-u chakmon ber menga.
Xalq zolim deb atagan Olimxondan keyin Qo‘qon taxtiga chiqqan Umarxon hukmronligi davrida ham Gulxaniy tur- mushida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi.
Gulxaniy avval adashib, turmushim yaxshi bo‘larmikan, qornim nonga to‘yarmikan, degan o‘y-umidlar bilan Umar- xon saroyidagi maddoh shoirlar guruhiga qo‘shiladi. Xonni maqtab qasida va g‘azallar yozadi. Qasidalarida Umarxonni ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi, xonga unda bo‘lmagan yaxshi xis- latlarni taqadi, uni fuqaroparvar, adolatparvar, zulm va haq- sizlikka xotima beruvchi kishi qilib tasvirlaydi va bu bilan xon- ni ana shunday ijobiy xislatlar egasi bo‘lishga da’vat etadi. Ammo Umarxon saroyidagi fisq-fujurlar, munofiqliklar, xon va uni o‘rab olgan arkoni davlat tayanchlari tomonidan xalq boshiga keltirilgan qora kunlar Gulxaniydek hassos shoirning saroy ahliga bo‘lgan munosobatini o‘zgartirib yubordi: endi u ba’zan ixtiyoriy ravishda va ba’zan payrovlik qilib shohni ta’- riflashdan chekinadigan bo‘ldi, o‘z e’tirozlarini bildira boshladi.
Gulxaniy XIX asrning birinchi yarmida vafot etdi.
„Zarbulmasal“ xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o‘tkir hajviy asardir. Gulxaniy o‘zining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli so‘zlari va qochi- rimlaridan mohirlik bilan foydalandi. U hukmdorlar va ular-

80
ning laganbardorlarini, saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yo‘li bilan o‘tkir hajv ostiga oladi. Chunki u mehnat- kash xalqning og‘ir, mashaqqatli hayotini o‘z ko‘zi bilan ko‘r- di, saroy bazmlari, keti uzilmas mayparastliklar xalqni talash hisobiga bo‘lishini payqadi va bunday salbiy ishlar uning ko‘- zini ochdi. Natijada unda saroy ahliga nisbatan nafrat hissi tobora oshib bordi. Ammo shoir, sharoitga ko‘ra, hukmron doi- ralardan noroziligini va nafratini ochiq-oydin ifodalay olmas edi. Shuning uchun majoziy shakldagi „Zarbulmasal“ asarini yozishga kirishdi. Asarda shoirning maqsadi, hayotga, uni o‘rab olgan muhitga, hokim tabaqalarga bo‘lgan munosobati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etilmay, hayvonlar, qushlar va shunga o‘xshash majoziy obrazlarning tasviri orqali ifodalandi. Shoir shu zaylda o‘zi yashagan zamon uchun aniq voqea-hodisa- larni, ularga o‘zining munosabatini, qarashlarini tasvirladi.


Muallif o‘z masallarida majoziy qiyofalar orqali o‘sha davrdagi hukmron sinf vakillarini fosh qiladi, mamlakatga xarobalik, xalqqa qashshoqlik keltirgan o‘zaro urushlarga qar- shi ommaning noroziligini ifodalaydi.
Gulxaniy o‘z zamonida sodir bo‘lgan talon-tarojlik, xalq- ni qiynash, ortiqcha soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan- ochiq yoza olmas edi. U buni faqat ertak yo‘li bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunardi. Shuning uchun Ya- paloqqush va Boyo‘g‘li bir-biriga quda bo‘lishi voqeasini kel- tiradi. Bu ikki quda to‘y bahonasi bilan mamlakatni xona- vayron qiladi. Yozuvchi Ko‘rqush, Hudhud, Kulankirsulton, Sho‘ranul, Malik Shohim va Kordonlarning bir-birilariga ayt- gan masallari, hikoyalari orqali asarning g‘oyaviy mazmunini ochadi. Yapaloqqush va Boyo‘g‘li yuqori tabaqa vakillari. Ularning xatti-harakatlari ochko‘z va qonxo‘r bo‘ri, aldamchi va shayton tulkilarga o‘xshaydi. Bularning o‘y-fikrlari, yurish- turishlari shumlik, shahar va qishloqlarning vayron bo‘lishi ular uchun bayramdir.
Gulxaniy „Maymun bilan Najjor“ masalida hunar va hu- nar ahlini ulug‘ladi, qo‘lingdan kelmaydigan ishga aslo urinib kulgi bo‘lma, ko‘r-ko‘rona birovga taqlid qilib falokatga yo‘- liqma, degan fikrni maymun qismati orqali ko‘rsatadi.
Najjor juda aqlli va mohir hunarmand sifatida tasvirla- nadi. U ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanishni har narsadan yuqori qo‘yadi. Gulxaniy Najjor va uning mehnati-



  1. Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish 81

ni, duradgorlik mahoratini katta muhabbat bilan tasvirlar ekan, hattoki maymun ham mehnatga muhabbat bilan qaray- di, hunarga va hunar egasiga uning havasi keladi, degan fikr- ni olg‘a suradi.
Mehnatkash xalqning og‘ir hayoti, huquqsizligi va no- chorligi, bir so‘z bilan aytganda, ayanchli qismati „Òuya bilan bo‘taloq“da o‘ziga xos badiiy ta’sirli qilib beriladi.
Gulxaniyning tasvirlashicha, tuya hayotda ezilgan, tut- qun, erk-ixtiyorsiz, og‘ir mehnat bandasi hamda qul qisma- tiga mahkum etilgan mehnatkashlarning majoziy timsolidir. Bo‘taloq esa ona sutiga ham to‘yolmay, og‘ir mashaqqatli hayot kechirgan, och-yalang‘ochlikda, muhtojlikda yashagan erksiz mehnatkash bolalarning timsolidir.
Gulxaniyning „Òoshbaqa va Chayon“ masalida bir-biriga zid va qarama-qarshi ikki timsol berilgan: Toshbaqa — aqlli, farosatli, safarlarda ko‘p yurib, ancha tajriba orttirgan, insof- li, sodiq va qadrdon do‘st timsoli. U o‘z hamrohi Chayonning suvdan o‘ta olmasligini bilgach, unga yordam qo‘lini cho‘zadi. Lekin Toshbaqa Chayonning xiyonatini — „Sen bilmaysanmi, Chayonning muddaosi xoh do‘stning ko‘ksiga, xoh dushman- ning orqasiga bo‘lsin nish urishdir“ degan javobini eshitgach, uni halok qiladi. Gulxaniy bu masali orqali Chayonga o‘xsha- gan odamlar bilan do‘st va hamroh bo‘lmaslikka, kishi o‘zini va taqdirini o‘shanday kishilarga topshirib qo‘ymaslikka chaqi- radi. Chayon butun umri bo‘yi birovlarga yomonlik qilgan, ularga ziyon-zahmat yetkazgan, yaxshilikni bilmaydigan, yax- shilikka yomonlik qaytaradigan, xiyonatkor toifalarning ramziy qiyofasidir.
Gulxaniy shu zaylda hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabi- yotining maydonga kelishida barakali hissa qo‘shgan qalam- kashdir.


Darsni mustahkamlash uchun savollar:

    1. Gulxaniy kim? U qachon, qayårda tug‘ilgan?

    2. Qayårlarda xizmat qilgan?

    3. Gulxaniyning qaysi asarlarida non tilab xonga murojaat qi- linadi?

    4. Gulxaniyning qaysi masallarida kasb-hunar haqida gap kå- tadi?

82



Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə