O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə3/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Darsni

ALISHÅR NAVOIY


(1441 1501)

O‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alo- hida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevish- ga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqtirdi.


Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg‘a surdi. U aql, ilm insonning eng go‘zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisobladi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yosh- likdan boshlab astoydil o‘qish-o‘rganish kerak: „Yoshligingda yig‘gil bilimni, qarigach, sarf qilg‘il ani“, degan shoirning o‘zi ham juda yoshligidan ta’lim oladi, o‘qishga beriladi. U yosh- ligidanoq ko‘p she’rlarni yod bilgan. Jumladan, Farididdin Attorning „Mantiq ut-tayr“ („Qush nutqi“) asarini bolalik chog‘laridayoq qayta-qayta o‘qib, yod olgan.
Alisher Navoiy keyinchalik maktab va maorif masalalariga katta ahamiyat berdi. U mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qildi. Alisher Navoiy Astrobodda surgun- da yurganida podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining
„Ixlosiya“ madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo‘lgan mablag‘ ajratadi.
Navoiy dars beruvchini quyoshga o‘xshatadi va bu qu- yosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni hali ilmdan

71
bexabar bo‘lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ko‘proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi.


Buyuk so‘z san’atkori va mutafakkiri o‘zining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina ki- foyalanib qolmasdan, balki „Hayrat ul-abror“, „Farhod va Shirin“, „Layli va Majnun“ kabi dostonlarining ayrim bobla- rini shu masalaga bag‘ishlaydi. „Hayrat ul-abror“ (Yaxshi ki- shilarning hayratlanishi) falsafiy-ta’limiy dostondir. Navoiy bu asarida o‘zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga ta’- lim va o‘git berish masalalariga katta e’tibor beradi.
Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xu- susan, shoir saxiylik, odob va kamtarinlik, ota-onaga hur- mat, rostgo‘ylik va to‘g‘rilik, ilmning foydasi va kambag‘al o‘quvchilarning bu yo‘lda chekkan azoblari haqida batafsil to‘xtalib o‘tadi.
„Hayrat ul-abror“ asarining bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalasiga bag‘ishlangan. Navoiy bu dos- tonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulug‘lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qi- lish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qora- laydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni o‘s- tirish, o‘qitish va balog‘atga yetkazish hamda bu borada ota- onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yosh- larni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilish- ga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli bo‘lishga cha- qiradi, ota-onani oy va quyosh deb ta’riflaydi:
Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a¾ Òun-kunungga aylagali nurposh, Birisin oy angla, birisin quyosh¾
Dostonning sakkizinchi maqolotida Navoiy yolg‘izlikka nisbatan ko‘pchilik — jamoatni ulug‘lab, kishilarning bir- birlari bilan ahil, do‘st bo‘lishlarini istaydi:

72
¾ Yo‘q hunari yolg‘uz esa, o‘z ishi, Qayda kishi sonida yolg‘uz kishi?


Fard1 kishi davrda topmas navo, Yolg‘uz ovuchdin2 kim etmish sado?..
„Hayrat ul-abror“ning o‘ninchi maqoloti rostgo‘ylik, ha- lollik va to‘g‘rilikka bag‘ishlangan. Navoiy unda kishilarni rostgo‘y va to‘g‘ri bo‘lishga chaqiradi, yolg‘onchilik va egri- likning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolg‘on so‘zlashning yomon oqibatini „Sher bilan Durroj“ masalida ovchining tuzog‘iga tushgan Durroj timsolida hikoya qiladi.
Dostonning o‘n birinchi maqolotida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi. Kishilarni ilm olishga, olimlarni izzat-hurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, shoir o‘sha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yo‘lida chekkan mashaqqatlaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amalda foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:
Ilm, Navoiy, senga maqsud bil, Endiki ilm o‘ldi amal aylagil.
Navoiy yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qora- lashi, oliyjanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o‘qish, o‘rganish va yuksak odobli, a’lo xulqli bo‘lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir.
Navoiyning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o‘z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.

„Farhod va Shirin“ dostonida shoir chin sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g‘oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning ko‘pgina boblari bo- lalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag‘ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog‘laridanoq ilm-hu- narga, mehnatga bo‘lgan muhabbatini zo‘r mahorat va chu- qur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbi- yasiga va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligini ko‘rsatadi.
1 Fard — yakka, yolg‘iz. 2 Ovuch — hovuch, qo‘l kafti.

73
Farhod yoshlik chog‘idanoq juda aqlli, zehnli bola bo‘lib o‘sadi. U maktabda zo‘r havas va qunt bilan o‘qiydi. Òabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada o‘rganib oladi. Yosh Farhodning ilmga bo‘lgan havas va muhabbatini sezgan ota-onasi unga bilim berishni munosib ko‘rdi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turfa fanlardan saboq o‘qitardi. Natijada eng murakkab va pinhoniy ilmlar unga o‘z sir-asrorini to‘liq namoyon etadi. U qunt va chidam bilan o‘qib, bilimdon va zukko inson bo‘lib yetishadi. Shoir Farhod hayotini bunday jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor berishga chaqiradi, ularni yoshligidan boshlab o‘qitish zarurligini, bunda ota-onaning vazifasi nihoyatda katta ekanligini, bolalarga ilm o‘rgatish muhimligini ta’kidlaydi.


Farhod qaysi fanni o‘qimasin, uni darrov tushunib oluv- chi qobiliyat egasi sifatida tasvirlanadi:
Agar bir qatla ko‘rdi bir saboqni, Yana ochmoq yo‘q erdi ul varaqni. Ne so‘znikim, o‘qib ko‘ngliga yozib, Dema ko‘ngliki, jahon lavhiga qozib.
U davrda bolalar chuqur, yodaki o‘qitilar edi. Bolalar o‘z- lari yodlagan narsalarining ma’nosiga tushunmas ham edilar. Shunday bir vaqtda Navoiy bolalarni ilm-fanga qunt qilish, o‘qilgan narsaning ma’no-mazmunini tushunishga undar edi:
O‘qib o‘tmak, uqib o‘tmak shiori, Qolib yonida, safha-safha bori¾
Farhodning qunt qilib, ma’nosini tushunib o‘qishi natija- sida ko‘p ilmlarni egallaganligi ta’kidlanadi:
Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm.
Shu tariqa Navoiy bolalarni ilmni puxta egallashga chaqi- rib, buyuk pedagog hamda murabbiy sifatida ularni tarbiyalash va o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, dostonda Farhod jismoniy tomondan chiniqqan yigit sifatida tasvirlanadi. U suvda suzish, chavan- dozlik va qilichbozlik sirlarini mehr bilan o‘rganadi. Alisher Navoiy yoshligidan boshlab ilmga berilgan, jismoniy jihatdan chiniqqan Farhodni tasvirlarkan:
74
Dåmon ham ko‘ngli pok-u ham ko‘zi pok, Tili pok-u so‘zi pok-u o‘zi pok, —
dåb har tomonlama mukammal, ma’naviy, jismoniy go‘zal, yåtuk yigit timsolini båradi. Shuningdek, Navoiy Farhodni mehnat va hunarga katta havasli, sartaroshlik, rassomlik va naqqoshlik hunarlarini ham mukammal egallab olgan yigit sifatida ulug‘laydi.
Ilm va hunarni egallagan, jismoniy jihatdan chiniqqan, mehnatsevar Farhod kamtarin, mazlumlarga g‘amxo‘r, sofdil, mard va oliyjanob, jasur inson bo‘lib yetishadi.
Farhod boshchiligida va uning bevosita fidokorona mehnati natijasida katta kanal („Hayot daryosi“) va hovuz („Najot dengizi“) qaziladi. Navoiy Farhodni suvsiz yerlarga suv chi- qargan qahramon, mehnat sohasida mo‘jizalar ko‘rsatgan ba- hodir yigit sifatida ta’riflaydi. U ilm va hunarni omma manfaati uchun xizmat ettirish lozim deb hisoblaydi. Farhod Shirinni qidirib Armanistonga borganda, arman yurtida tog‘da kanal qazish uchun qiynalib ishlayotgan kishilarni ko‘radi va:
Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tufroqqamu ketkumdir oxir! —
deya o‘z bilimi, hunar va g‘ayratini ishga soladi, kanal qazuv- chilar mashaqqatini yengillashtiradi va xalq o‘rtasida katta shuhrat qozonadi.
Bu qahramonning muhim xislatlari undagi qahramonlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik va do‘stlik tuyg‘ularidir. Farhod el-yurtining obodonligi uchun kurashadi hamda insonlarga ofat keltiruvchi dushmanlarga qarshi jang qilib, ularni mardona yengadi.
Bundan tashqari, Navoiy Farhod, Shirin va Shopur ob- razlari orqali xalqlar do‘stligi g‘oyasini ilgari suradi. Farhod- ning arman qizi Shirinni sevishi va eronlik Shopur bilan do‘stlashuvi xalqlar do‘stligi g‘oyasining yorqin namunasidir. Navoiy Farhodning jasoratini badiiy tasvir etar ekan, uning mamlakat obodonligi va tinchligi, xalqlar farovonligi va ilm bobida qilgan xizmatlarini chuqur mazmunli misralarda
uyg‘unlashtiradi:
Ki to olam, binosi bo‘ldi bunyod, Bu yanglig‘ qilmadi ish odamizod.

75
Alisher Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostonida ilgari surilgan yuksak insoniy xislatlar, insonparvarlik g‘oyalari yosh kitobxonlar ma’naviyatiga ham chuqur ta’sir etadi, ularni xalq, vatan uchun kerakli inson bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.


Buyuk shoir bolalarning o‘qishi va tarbiyasiga doir fikr- larini „Layli va Majnun“ dostonida ham ilgari surgan. Yangi maktablar bino qilish g‘oyalarini targ‘ib qilgan Navoiy mak- tablarda o‘g‘il bolalar bilan bir qatorda qizlarning ham o‘qish- larini orzu qiladi.
Alisher Navoiy o‘zining Farhod, Qays, Iskandar va boshqa ijobiy obrazlarida tarbiyalanish, ta’lim olish borasida bosib o‘tgan yo‘lini, kamolotga yetish bosqichlarini tasvirlab, bola- ning voyaga yetishida tarbiyaning katta kuch-qudratga ega ekanligini alohida uqtiradi.
Shoirning 1500- yilda yaratgan „Mahbub ul-qulub“ (Ko‘n- gillarning sevgani) asari ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta’limiy qarashlari bayon etilgani bilan xaraktårlidir. Navoiy unda ijobiy fazilatlarning namoyon bo‘lishida avvalo ulardagi halollik va soddalik, samimiylik asosiy omil ekanligini ta’kidlaydi va bu måhnatga muhabbatning natijasi sifatida talqin etiladi.
„Mahbub ul-qulub“ uch qismdan iborat. Kitobning 1- qismi „Halollik ahvoli va af’oli va ahvolining kayfiyatida“, ya’ni kishilarning fe’l-atvori va gap-so‘zlarining ahamiyati ha- qida bo‘lib, bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkan madaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san’at va adabiyotning aha- miyatini targ‘ib qiladi, malakali, iqtidorli o‘qituvchilarni, olim- larni, shoirlarni, san’atkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qi- lishga va qadrlashga chaqiradi. O‘qish ham, o‘qitish ham og‘ir va mas’uliyatli ish, u qunt, havas va mehnat talab qiladi, deb uqtiradi Navoiy. Bu o‘rinda u murabbiylarning halol xizmat- larini alohida ta’kidlaydi:
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qutmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Kitobning 2- qismi, asosan, axloqiy masalalarga bag‘ish- langan. Bu bobda yaxshi fazilat va yomon xislatlar tahlil qilinadi. Òo‘g‘rirog‘i, insonda bo‘lishi kerak bo‘lgan odob- axloq haqida gap boradi. Masalan, qanoatni olaylik. Navoiy qanoatli odamlarni sevadi, ularga havasi keladi. Kimki qano-

76
atli bo‘lsa, unday odamni el sevishini, e’zozlashini ta’kidlaydi. Mutafakkir qanoatni bir buloqqa — chashmaga o‘xshatadi. Negaki buloq suvini qancha olgan bilan qurimaydi, u bir xazinadirki, undagi boylik sochilgan bilan kamaymaydi. U bir ekinzorki, urug‘i izzat va shavkat hosilini beradi. U bir daraxtki, unda qaram bo‘lmaslik va hurmat mevasi bordir. Bu bobda sabr, tavoze haqida ham ko‘p ibratli gaplar aytiladi.


„Òurli foydali maslahatlar va maqollar“ deb nomlagan 3- qismida turli tashbehlar berilgan. Bu qismda ko‘proq o‘qish, ilm olish, kasb-kor egasi bo‘lish va boshqa masalalar o‘rtaga tashlanadi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida xalq og‘zaki ijodidan, ay- niqsa, maqollardan samarali foydalanish bilan birga, o‘zi ham ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan, maqollarga yaqin bo‘lgan bir qancha hikmatlar yaratadi. Masalan:
Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q. Òilga e’tiborsiz — elga e’tiborsiz.
Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur, Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Bilmaganni so‘rab o‘rgangan — olim, Orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim.
Shunday qilib, otashnafas shoir qariyb olti asr davomida o‘z she’riyatining båpayon maydonida yangi-yangi avlodlarni kutib olarkan, måhr-u shafqatdan, adolatdan, do‘stlikdan sa- boq bårib kåldi. Har qaysi asrda ma’rifat va adolat uchun ku- rashning oldingi saflarida turib, ikkiyuzlamalik va jaholatni, loqaydlik va takabburlikni, ig‘vogarlik va yolg‘onchilikni fosh qildi, oliyjanob inson shaklini jo‘shqin misralarda tasvirladi.
Navoiy zamondoshlariga juda kårak, håch kim aytol- magan, ammo xalqqa g‘oyat zarur katta fikrlarni aytgan qud- ratli san’atkor edi. U kåyingi asrlar, avlodlar uchun ham aziz va mo‘tabar bo‘lib qoldi. Navoiyning buyukligi shunda ediki, u o‘z davrini kång ko‘lamda, to‘la ifodalab bårdi. Qahramon- lari obrazida ahamiyatini aslo yo‘qotmaydigan chinakam in- soniy, umumbashariy xislatlarni aks ettirdi.
Shuni ta’kidlash lozimki, håch qaysi davr bizning mus- taqillik davrimiz kabi ulug‘ shoirning qadriga yåtmagan va xalq ommasiga shunchalik yaqinlashtirmagan edi.

77
Ha, bugun Hazrat Navoiy har bir uyga kirib kåldi. Uning nuroniy siymosi bilan birga bizning zåhnimizga va qalbimizga bitmas-tuganmas ruhiy boylik va hayajon abadiy hamroh bo‘- lib qoldi. Odatda, badiiy adabiyot orqali xalq o‘zini taniydi, tarixiy ahvolini, jamiyatda tutgan o‘rnini tushunib oladi. O‘z- båk xalqi ham Navoiy asarlarida o‘zini tanidi va qadimdan båri o‘z kuchi, iste’dodiga komil ishonch bilan qarab kålganini angladi.




Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Navoiyning olamga kålishi, o‘qishi, asarlarni yod olishi?

  2. Navoiy asarlarida ota-onaga muhabbat?

  3. Navoiy asarlarida o‘qish, kasb-kor o‘rganishga intilish?

  4. Navoiy asarlarida odob-axloq?

78



Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə