O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


i — ish, tish, qish, nish e



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə49/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

iish, tish, qish, nish
eel, es, bår, tår
ama, ba, ra, da
Shundan so‘ng murakkab bo‘lmagan, jaranglovchi tovush ko‘p bo‘lgan so‘zlar tuzishga o‘tiladi. Masalan:
oolov, olma, doira, nodon
o‘o‘tmas, bo‘ri, obro‘
iilm, kishi, qizil, qizcha
Bo‘g‘inlar sonini orttirib borish va so‘zlar yoniga so‘zlar qo‘shish bilan jumlalar ham tuziladi. Masalan:
iIlhomning tishi tushdi.
e E’tibor elak kåltirdi.
aAnvar asalarini yaxshi asraydi.
Bo‘g‘in, so‘z va jumlalarni talaffuz etganda shoshilmas- dan, unlining jarangdorligiga e’tibor bårilgan holda:
Il-hom-ni-i-ing ti-sh-i-i tush-di
tarzida talaffuz qilinadi.

357
Nafas — nutq tåxnikasining muhim qismi.


Nafas ovoz va nutqni tinglovchiga yåtkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Ijrochi-o‘quvchining nafas olishi qanchalik yaxshi bo‘lsa, ovozi ham, nutqi ham shu qadar jarangdor va kuchli bo‘ladi. Chiniqqan, mashq qilingan nafas jumlalarni mantiqan yaxlit, o‘zaro uzviy bog‘liq holda talaffuz etishda muhim rol o‘ynaydi.
Nafas turlari. Odatda, nafas uch turga — ko‘krak, qorin yoki o‘rta va diafragmal nafas turlariga bo‘linadi.
Ko‘krak nafasi. Bu turda nafas o‘pkaning yuqori qismiga ko‘tarilib, so‘ngra chiqariladi. Bunda yålka ham turli må’yorda ko‘tarilib-tushib turadi, o‘pka o‘z vazifasini to‘liq bajarmaydi, uning pastki qismi passiv ishlaydi. Nafasning bu turi so‘z san’ati uchun kåraksizgina bo‘lmay, kishi sog‘lig‘i uchun ham zararlidir.
Qorin nafasi yoki o‘rta nafas. Nafasning bu turida ko‘krak qafasi ishtirok etadi, nafas ko‘krak qafasiga qaraganda chuqur- roq bo‘ladi.
Diafragmal nafas. Bu tur chuqur nafas bo‘lib, o‘pkaning pastki qismiga, diafragma pardalariga qadar olinadigan nafasdir. U qorin nafasi va diafragmal nafasning birligidan iborat. So‘z va ashula san’atida qorin va diafragmal nafas turlarining birik- masidan iborat bo‘lgan diafragmal-aralash nafas turi qo‘lla- niladi.

Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə