O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə14/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

SULTON JO‘RA


(1910 1943)

Hozirgi zamon bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa qo‘shgan Sulton Jo‘ra 1910- yilning 15- yanvarida Bu- xoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Qag‘altom qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton dastlab boshlang‘ich maktabda o‘qidi. U 1924- yilda Buxoroga kelib, erlar pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirdi va uni 1930- yilda bitirdi.


Sulton Jo‘ra 1931 — 1938- yillarda Buxoro pedagogika ins- titutining ishchi fakultetida o‘qiydi. 1938 — 1941- yillarda An- dijondagi o‘qituvchilar instituti va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi.
1942- yilda Sulton Jo‘ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan mavdonavor jang olib bordi. 1943- yilning 14- noyabrida Belorussiya tupro- g‘ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Sulton Jo‘raning dastlabki she’rlari 1933- yilda Buxoro yosh shoirlarining „She’rlar“ to‘plamida nashr etildi. Uning 1939- yilda „Fidokor“, 1941- yilda „Moskva“ she’riy to‘plam- lari, 1942- yilda „Iroda“ nomli pyesasi nashr etildi. Iste’dodli shoirning vafotidan so‘ng 1951- yilda rus va o‘zbek tillarida
„Òanlangan asarlar“, tinch qurilish yillari davrida „Havorang gilam“, „Zangori gilam“, „Bruno“, „Parvoz“, „Qaldirg‘och“,
„Òanlangan asarlar“ kitoblari bosilib chiqdi.
Ikkinchi jahon urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun yovuzliklari ochib tashlandi, ularda yovga qarshi la’nat va nafrat tuyg‘ulari davr kishilarining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan hamohang yangradi. „Òo‘pchi Muhammad“, „Pulemyotchi ovozi“, „Chavandoz“, „Uch

150
og‘ayni botirlar“, „Nayzamiz“ (1941), „Qahramon Qo‘chqor“ (1942), „Jahon seni olqishlar“, „Berlin aptekasida“ (1943) she’rlari shular jumlasidandir.


Sulton Jo‘ra kattalar uchun jo‘shqin lirik she’rlar, yirik dostonlar yaratish bilan birga, bolalarga atab ham ajoyib asarlar yozdi.
Shoir-pedagog Sulton Jo‘ra bolalar uchun yozgan asarla- rida baxtli bolalik, Vatanga muhabbat va dushmanga nafrat, mehnat ahllariga e’tiqod tuyg‘ularini ifodaladi. Ayni chog‘da, u yaxshi va a’lo baholarga o‘qish uchun kurashish, rostgo‘y va intizomli bo‘lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi ta’lim-tarbiyaviy ma- salalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g‘oyalar shoirning „Yozgi yomg‘irdan so‘ng“ (1936), „Qizlar“, „A’lo“ va „Yaxshi“ning maqtovi“, „Zangori gilam“ (1939), „Lola“,
„Oy nechta?“, „Òinish belgilarining majlisi“, „Cho‘ntak“,
„Sirkda“ (1940), „Qarzdor“, „Qaldirg‘och“, „Yolg‘onchi“,
„Dengiz tagida“ (1941), „Sog‘inib“ (1942), „Sog‘inchli sa- lom“, „Salom xat“ (1943) kabi asarlarida o‘z ifodasini topdi. U o‘z asarlarida bolalar va maktab hayotini, ularning o‘qishi, ko‘cha va oilada o‘zini tutishini haqqoniy aks ettirdi.
Shoir yosh kitobxonning diqqatini o‘ziga tortuvchi asarlar ijodkori sifatida tanildi.
Bolalar ilmiy-ommaviy mavzularda yozilgan san’at asar- larini ham sevib o‘qiydilar. Sulton Jo‘raning bunday mavzu- dagi asarlaridan biri „Oy nechta?“dir. Bunda shoir kichkin- toylarning orzu-umidlarini ona va bolalarning suhbati orqali ifoda etadi. Ona dedi:

  • Yotinglar endi,

Faqat bitta osmonning oyi! Katta bo‘lgach, aylanaylarim, Oyning o‘zin minib ko‘rarsiz.

  • O‘shanda-chi, oyijon, bizga, Katta toti1 olib berarsiz.

Måhnatkash xalq azal-azaldan jamoa bo‘lib, birlashib, bir-birlari bilan hamjihat, hamfikr bo‘lib umr kåchirgan, ja- moaga suyanish, u bilan bamaslahat ish yuritish doimo omadlar kaliti bo‘lib kålgan. Bunday hol barcha katta-kichikka



1 Òoti — ot.

151
baxt, shodlik, omad kåltirgan. Agar aksincha bo‘lsa, kishi omadsizlik, baxtsizlikka mubtalo bo‘lgan.


Bu g‘oya shoir Sulton Jo‘raning „Mamatning kåchirmi- shi“ asarining asosini tashkil etadi. Shoir Mamatning jamoa- dan, do‘stlaridan ajralib, yolg‘izlanib qolishini shirali til bilan tasvirlaydi. Ayniqsa, Mamatning ichki-ruhiy kåchinmalari, ish- yoqmasligi, yalqovligi, to‘ngligi orqasida darslardan qoloq bo‘- lib, iztirob chåkishini ishonarli aks ettirgan. Mana, hamma uxlagan, ammo tanho Mamat uyg‘oq. Shoir uning ana shu daqiqalardagi qalb iztirobini, ruhan qiynalayotganini, notinch ruhiy holatini sodda, ravon tasvirlaydi. Shoir qoloqlik sabab- larini birovdan emas, balki qahramonning o‘zidan qidiradi va buni Mamatning o‘zini gapirtirish orqali ochadi.
Darsdan qoloqligi orqasida ruhan azob chåkib, qiynalib yurgan Mamat o‘jarligi, o‘zboshimchaligini tan olib, do‘stlari yordamida oyoqqa turib, endilikda astoydil o‘qishga ahd qiladi:
— Bo‘ldi¾ Mån bas qildim yalqovlikni, Do‘stlarimday olay bilimni.
Achchiq tajribamning o‘zi saboq, Ol, darsxonam, ishq dilimni!
Bor kuchimni bårayki, bu „yomon“ Yondoshmasin många ertadan.
Nomim Mamat bo‘lmay kåtsin agar Va’da qilgan bo‘lsam jo‘rttaga!
Sulton Jo‘ra qissadan hissa chiqarib, a’lo o‘qish katta aha- miyatga ega ekanligini bolalarga uqtiradi:
A’lo o‘qish o‘zi yuksak shuhrat, Har shuhrating tillarda doston.
Shå’rda barcha tasviriy vositalar g‘oyaviy, badiiy niyatni yorqin amalga oshirishga qaratilgan. Shoir tabiat lavhalari, go‘- zal hayotiy tasvirlar vositasida qahramonning ichki holatini ochadi va ta’sirchanlikka erishadi:
Barcha uxlar¾ Kumush ariqchaning
Eshitilar shildir-shildiri,
Yaproqlar ham „alla“ dåb tåbratar Sirtlariga qo‘ngan oy nurin.
„Mamatning kechirmishi“ asarida yalqovlikni tashlab, a’lo o‘qishga mahkam bel bog‘lagan bolaning ijobiy namunasida o‘z

152
kuchiga ishonish, nuqsonlarga tanqidiy qaray bilish g‘oyat katta kuch degan ta’lim-tarbiyaviy, pedagogik o‘git ilgari suri- ladi. Òa’lim-tarbiya sohasida yozma nutq san’atini egallash eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ba’zi o‘quvchilar gram- matik mashqlar bilan jiddiy shug‘ullanmasligi, badiiy adabi- yotni kam o‘qishi natijasida yozma ishlardan oqsaydilar. Chi- royli yozuv qoidalarini buzib, xunuk xat yozishdan tashqari, turli xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Pedagog-shoir Sulton Jo‘ra ta’- lim-tarbiya ishidagi bunday nuqsonlarni tugatishda o‘quvchi- larga yordam berish maqsadida „Kimning xati chiroyli?“, „Òi- nish belgilarining majlisi“, „Harflar paradi“ she’rlarini yozdi.


„Kimning xati chiroyli?“ she’rida bolaning sog‘lom, ba- quvvat bo‘lib kamol topishida, yozuvining go‘zal bo‘lishida partada to‘g‘ri o‘tirish qoidasiga qat’iy rioya qilish katta aha- miyatga ega ekanligini ham uqtirib o‘tadi:
O‘tirishim to‘g‘ri, soz, Qoidaga juda mos.
Ko‘kragimni men sira, O‘ltirganim yo‘q tirab! Chiroyli yoz, yozsang xat! Chunki bu ham zo‘r san’at¾
Shoir ijodiy faoliyatida „Òinish belgilarining majlisi“ she’- ri katta ahamiyatga ega. She’rda o‘zbek tilining eng muhim qoidalari — tinish belgilarining vazifalari bolalarga mos ravish- da, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositasi orqali ifoda etiladi. Unda har bir tinish belgisi jonlantirilib, qo‘llanishiga mos tarzda gapirtiriladi va o‘ziga xos joyiga qo‘yiladi. Bu holat kitobxonda aniq tasavvur hosil qiladi va shoirning pedagogik, badiiy mahoratini egizak holda namoyish qiladi.
Shoir she’rda o‘xshatishdan ham ustalik bilan foydalanib, undov belgisini mirzaterakka, nuqtani koptokka, so‘roq bel- gisini o‘roqqa, zirak taqqan quloqqa, vergulni kichik to‘qmoq- qa, qo‘shtirnoqni qiziqchilarga, tireni gugurtga o‘xshatib, shoi- rona tasvirlaydi. Gapda esa nuqta „fikrlarning stansiyasiga“, vergul „fikrlarning razyezdi“ (to‘xtab uchrashadigan joy)ga o‘xshatiladi. Bunday o‘xshatishlar tinish belgilari qoidasini oson o‘zlashtirishga yordam beradi.

Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə