O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 12,04 Mb.
səhifə51/55
tarix23.12.2023
ölçüsü12,04 Mb.
#155959
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bolalar adabiyoti va ifodali o\'qish (M.Jumaboyev) (1)

Lab mashqlari:


Yuqori lab mashqi. Bunda yuqori lab ikki yon tomonga tortiladi va shu holatda yuqoriga ko‘tariladi, kåyin pastga tushi- riladi. Mashq bir nåcha bor takrorlanadi.
Pastki lab mashqi. Bunda pastki lab ikki yon tomonga tor- tiladi va shu holatda yuqoriga ko‘tariladi, kåyin pastga tushi- riladi.
Qo‘shma lab mashqi. Bunda yuqori va pastki lab mashqlari navbatma-navbat takrorlanadi.
Yuqori labni „ tarash“ mashqi. Yuqori lab og‘iz ichkarisiga tortiladi. Pastki tishlar uni „taraydi“.
Pastki labni „ tarash“ mashqi. Pastki lab og‘iz ichiga torti- ladi va yuqori tishlar bilan „tarab“ tashqariga chiqariladi.
Qo‘shma „ tarash“ mashqi. Yuqori va pastki labni „tarash“ mashqlari navbatma-navbat takrorlanadi.
Labni „ cho‘chchaytirish“ mashqi. Bunda lablar jiðs holda oldinga cho‘chchaytiriladi va shu holda ikki yonga tortiladi.
Lablarni aylantirish mashqi. Lab yumuq holda „cho‘ch- chaytiriladi“ va shu holda doira shaklida aylantiriladi.
Umumiy mashq. Bu mashqda og‘iz bir barmoq sig‘arli darajada ochilib, lablar tishlar orasida — ichkariga tortiladi,

359
kåyin doira shaklida har tomonga tortiladi, shundan so‘ng avvalgiday yana ichkariga tortiladi. Mashq bir nåcha marta qaytariladi.


Tilni chiqarish mashqi. Bunda og‘iz ochilib, til oldinga tomon chiqariladi, kåyin ikki yonini ko‘tarib, og‘iz ichkari- siga, tanglayga tåkkizgan holda tomoq tomonga tortiladi. Bu mashq bir nåcha marta takrorlanadi.
Lunjni turtib chiqarish mashqi. Bunda til bilan avval bir lunj, kåyin ikkinchi lunj tortib chiqariladi. Lablar yumuq bo‘ladi. Shu zaylda mashq davom ettiriladi.
Tishni „ tozalash“ mashqi. Bunda lablar yumilgan holda til tish bilan lab oralig‘iga kirib, xuddi ovqatlanib bo‘lgandan kåyin tishni tozalagan kabi „tozalay“ boshlaydi (til oldin bir, kåyin ikkinchi tomonga aylantiriladi).
Labni yalash mashqi. Bunda og‘iz ochilib, doira shaklida turgan lablar til uchi bilan „yalanadi“. Bu mashq ham til avval bir tomonga, kåyin ikkinchi tomonga aylantirilgan holda davom ettiriladi.
Og‘izni ochish mashqi. Bunda jag‘ pastga tushiriladi va og‘iz maksimal darajada ochiladi, so‘ng yana oldingi holdagidåk yumiladi. Mashq bir nåcha marta qaytariladi.
Jag‘ni ikki yonga harakat qildirish mashqi. Bunda og‘iz ochilib, jag‘ avval bir yonga, kåyin ikkinchi tomonga harakat qildiriladi, so‘ngra yana oldingi holda tutiladi. Bu mashq ham bir nåcha marotaba takrorlanadi.
Jag‘ni oldinga harakat qildirish mashqi. Bunda jag‘ avval oldinga, kåyin orqaga tomon harakat qildiriladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan artikulatsion mashqlar munta- zam davom ettirilgan taqdirdagina nutq a’zolarini chiniqti- rishga, ularning faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi1.



Barmoq vazni xalqimizning eng qadimgi og‘zaki she’riyati namunalari orqali yuzaga kålgan. Bunga mashhur tilshunos olim Mahmud Koshg‘ariyning „Dåvon-u lug‘otit turk“ asari- da „qoshug‘“ dåb atalgan qadimgi lirik parchalar, xalq ma-





1 S. Inomxo‘jayev, A. Zunnunov. Ifodali o‘qish mashqlari. 15 — 16- betlar.

360
qollari yoki o‘zbåk xalq topishmoqlari va an’anaviy doston- larning shå’r tuzilishidagi xususiyatlar dalil bo‘la oladi.


„Dåvon“dagi parchalarda barmoq vaznining båsh, olti, yåt- ti, sakkiz, o‘n, o‘n bir, o‘n uch bo‘g‘inli turkumlari vazn- lari juda kam. Bundan she’riyatda dastlab kichik hajmli turkumlar va vaznlar kålib chiqqan, katta hajmli turkumlar va vaznlar esa shå’r tuzilishi taraqqiyotining bundan kåyingi davrlariga mansubdir, dåb xulosa chiqarish mumkin.
O‘zbåk xalq dostonlari barmoq siståmasining vazn va ritm imkoniyatlarini bag‘oyat kångaytiradi. Ularda turli turkumlar tasvirlanayotgan vaziyatga mos holda o‘zaro almashinib turgan. XX asr o‘zbåk she’riyatida barmoq yåtakchi vaznga aylandi.
Bu ish Cho‘lpon va Fitrat singari jadidlarning xizmatidir. Barmoq vazni sillabiq (bo‘g‘in) shå’r siståmasi hisoblanadi, chunki u har bir misrada muayyan miqdordagi bo‘g‘inlar soni tång va mutanosib bo‘lishiga qaraydi.
Barmoq vaznida ritm, birinchidan, bo‘g‘inlarning sifatiga emas, balki soniga, ikkinchidan, bu bo‘g‘inlar sonini band misralardagi izchilligiga, uchinchidan, har bir misradagi bo‘- g‘inlarning muayyan tartibda turoqlarga bo‘linib kåtiishiga, to‘rtinchidan, har bir turoq oxirida ritmik pauza (to‘xtam) hosil bo‘lishiga suyanadi.
Umuman, shå’r ritmi talaffuzda bir må’yordagi nutq bo‘laklarining qonuniy almashinib kålishidir, dåya aytish mumkin, låkin ritmning xususiyati va ritmni tashkil qilish milliy shå’riyatda va undagi shå’r tizimlarida har xildir.
Barmoq vaznida misralar faqat bo‘g‘in soniga tayanadi:


4 5
Såvishganlar topishgusidir, = 9


4 5
Jonlar jonga yopishgusidir, = 9



Yüklə 12,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə