O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə12/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154
statistika

Asosiy tayanch iboralar: statistik tadqiqot, statistik kuzatish, statistik hisobot, maxsus kuzatishlar, uzluksiz kuzatish, fursatli kuzatish, bir yo’la kuzatish, yoppsasiga kuzatish, qisman kuzatish, anketali kuzatish, tanlanma kuzatish, monografik kuzatish, asosiy massivli kuzatish, bevosita kuzatish, hujjatli kuzatish, savol-javobli kuzatish, o’z-o’zini qayd qilish usuli, korrespondentsiya usuli, kuzatish rejasi, kuzatish dasturi, kuzatish ob’ekti, kuzatish birligi, kuzatish formulalari, kuzatish yo’riqnomasi, kuzatish organi, kuzatish vaqti, kuzatish joyi, kuzatishning kritik payti, tasodifiy xato, muntazam xato, reprezentativ xato.


3-MAVZU. CTATISTIK JAMLASH VA GURUHLASh
Режа
1.Statistikada jamlash: turlari va mohiyati
2.Guruhlash metodi: mohiyati, ahamiyati va turlari
3.Ikkilamchi guruhlash.
4.Ko’p o’lchamli guruhlash (klaster-tahlil).
O’rganilayotgan hodisa bo’yicha statistik kuzatish o’tkazish natijasida u haqida ko’pdan-ko’p va turli-tuman tarqoq ma’lumotlar to’planadi. Bu ma’lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo’lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to’plangan ma’lumotlarni bir tizimga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu muammo statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo’llash bilan hal etiladi. Jamlashdan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
Statistik jamlash (svodkalash) deganda har kuni radio va televizorda beriladigan informatsiyani tushunmaslik kerak. Yuqorida ta’kidlaganimizdek informatsiya ma’lum bir ishning bajarilishi to’g’risidagi operativ ma’lumotdir.
Statistik jamlash deganda to’plangan ma’lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Statistik jamlash hisoblash texnologiyasiga qarab oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga qarab esa markazlashgan va markazlashmagan jamlashlarga bo’linadi.
Oddiy jamlash deganda olingan ma’lumotlarni umumiy yakunlarini hisoblash tushuniladi, murakkabda esa to’plam birliklari guruh va guruhchalarga ajratilib, ularning har biri va umumiy bo’yicha jamlar chiqariladi.
Markazlashgan jamlashda barcha ma’lumotlar bir erga to’planib, o’sha erda qayta ishlanadi. Masalan, aholi ro’yxati ma’lumotlarini qayta ishlash. Markazlashmagan jamlashda ish pog’onama-pog’ona amalga oshiriladi, masalan, dastlab tumanda, keyin viloyatda va h. k.
Statistik jamlash bir qancha bosqichlarda amalga oshiriladi va quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi:
1.To’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash rejasi va dasturi tuziladi;
2.To’plam birliklari o’rganilayotgan belgi bo’yicha guruhlarga ajratiladi.
3.Har bir guruh va umumiy to’plam bo’yicha jamlar chiqariladi.
4.Natijalar statistik jadvallarga joylashtiriladi va grafiklarda tasvirlanadi.



Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə