O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»


-MAVZU. O’RTACHA MIQDORLAR VA VARIATSIYА KO‘RSATKIChLARI



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə28/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154
statistika

6-MAVZU. O’RTACHA MIQDORLAR VA VARIATSIYА KO‘RSATKIChLARI
Reja
1. O’rtacha miqdorlar: mohiyati, ahamiyati va tasnifi
2. Analitik o’rtachalar
3. Tuzilmaviy o’rtachalar
4. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichlari
5. Dispersiyaning asosiy xossalari
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan bir qancha ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning kamchiligi shundan iboratki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydilar. Bu vazifani statistikada o’rtacha miqdorlar bajaradi.
O’rtachalar metodi raqamlarni soddalashtirishning texnik usuli degan fikrni R.Fisher, Dj.Yul, Frederik S.Mills va boshqalar ham qo’llab quvvatlaganlar.
O’rtachalarning mohiyatini to’g’ri tushunish, ularning alohida o’rni va vaznini aniqlaydi.
O’rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o’zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy bilishning asosiy qurollaridan biridir.
Statistik o’rtachalar va hayotiy o’rtachalar o’rtasida nima farq bor? - degan savol tug’iladi. Hayotiy o’rtachalar ko’rish va taxminlar asosida aniqlanadi. Masalan, bozorda bir kilogramm anjir 5000 so’m yoki bitta qo’y 200 ming so’mgacha deyishadi. Bir choynak choyni ichgancha bajaradigan ish yoki chopondan o’tadigan yomg’ir yog’di. Taqqoslash asosida chiqariladigan o’rtachalar: ularni topishi yaxshi (oylik nazarda tutiladi); u fermerning eri yaxshi va h.k. Bu xulosalar hayot tajribasidan kelib chiqqan xulosalardir.
Statistik o’rtachalar ko’rish va ko’p yillik tajriba asosida emas, balki ommaviy ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Masalan, o’rtacha ish haqini aniqlash uchun barcha xodimlarning ish haqlari qo’shilib, ularning soniga bo’linadi. Biroq, statistik o’rtachalar bir xil turdagi to’plam birliklari asosida hisoblansagina ob’ektiv va tipik bo’ladi.
O’rtacha miqdorlar yordamida, kuzatish birliklaridagi u yoki bu sabablar orqali bo’lgan farqlarni tekislash jarayoni amalga oshiriladi.
Masalan, do’kondagi sotuvchining unumdorligi uning ish stajiga, yoshiga, sog’lig’iga, xizmat ko’rsatish usuliga, ma’lumotiga, malakasiga va hatto tashqi ko’rinishiga ham bog’liq. O’rtacha unumdorlik shu xususiyatlarni umumlashtiradi.
O’rtacha miqdor – mavhum miqdor, chunki u yo’q birlikning mohiyatini xarakterlaydi. Bu degani to’plam birliklarining birortasi ham o’rtacha bilan teng bo’lmasligi mumkin. O’rtachalar mavhum miqdor ekan deb, ularni ilmiy tekshirmaslik va o’rganmaslikka hech qanday asos yo’q. Chunki, mavhumlik har qanday ilmiy tekshirishning zaruriy pog’onasidir. O’rtacha miqdorlarda ham, har qanday mavhumiylikka o’xshab, alohida va umumiy dialektik birligi amalga oshiriladi.
O’rtachalarni qo’llash umumiy va individual, ommaviy va alohida kategoriyalarning dialektik tushunishdan kelib chiqishi kerak.
Ma’lumki, individual ko’rsatkichlarning umumiydan farqlanishi – rivojlanish jarayonini namoyon bo’lishidir. Ayrim olingan birlik (ob’ekt)larda yangilik, ilg’orlik, bozorboblik elementlari mavjud bo’lishi mumkin. Bunday sharoitda, o’rtachalar umumiy ko’rinishda olingan aniq faktlarni, rivojlanish jarayonini xarakterlaydi. Shuning uchun ham, o’rtachalarda tipik, real, o’xshash darajalar ifodalanadi. Bu darajalarning makonda va zamonda o’zgarishini baholash o’rtacha miqdorlarning muhim vazifalaridan biridir. Masalan, bozor iqtisodiyoti rivojining ayrim bosqichlarida ishchilarning mehnat unumdorligini o’zgarishi qonuniyatlarining korxonalarga xosligi; aholi farovonligi o’zgarishining o’rtacha ish haqi, oilaning o’rtacha daromadi, o’rtacha iste’mol qilingan tovarlar va h.k. ko’rsatkichlaridagi ifodasi.
Shunday qilib, o’rtacha deyilganda turdosh yoki tipdosh belgilar yig’indisini ular soniga nisbati tushuniladi. Tashqi ko’rinishidan o’rtachani hisoblash juda oson ishga o’xshaydi. Haqiqatda esa bu ishni ko’r-ko’rona bajarmasdan, uni bajarish qoidalariga rioya qilinadi. Xo’sh qanday qoidalar mavjud? Avvalo, o’rtacha hisoblanishi kerak bo’lgan belgi muhim bo’lishi shart, aks holda, o’rtacha ahamiyatsiz bo’lib qoladi.
Ikkinchidan, o’rtacha bir turdagi hodisa va jarayonlar bo’yicha hisoblanishi kerak. Bu erda ular mohiyati jihatidan bir-biridan keskin farq qilmasligi kerak, miqdoran esa turlicha bo’lishi mumkin.
Uchinchidan, umumiy to’plam bo’yicha o’rtachani hisoblash bilan birga, to’plamning ayrim bo’laklari uchun ham o’rtachani hisoblash maqsadga muvofiqdir, ya’ni umumiy o’rtacha bilan guruhlar bo’yicha ham o’rtachalar aniqlaniladi.Umumiy va gurhli o’rtachalarni birgalikda qo’llash makonda va zamonda taqqoslash imkoniyat yaratadi, statistik tahlil darajasini jiddiy kengaytiradi. Masalan, kreditni o’rtacha foiz stavkasi bilan, qisqa va uzoq muddatli kreditlar uchun stavkasini hisoblash.
To’rtinchidan, o’rtacha miqdorlar statistik qonuniyatlarni belgilashda asosiy usullardan biri hisoblanadi. Ular katta sonlar qonuniga bo’ysungan holda ommaviy hodisalar, voqealar uchun hisoblanishi kerak. Shunday qilib, o’rganilayotgan to’plam etarli darajada katta bo’lishi kerak.
Beshinchidan, sifat jihatdan o’zgaruvchi belgilar bo’yicha o’rtacha miqdorlar hisoblanishi mumkin emas. Masalan, “o’rtacha millat”, “o’rtacha tarmoq”, “o’rtacha rang” va h.k.
Statistikada o’rtacha miqdorlar ikki turga: analitik(darajali ham deyiladi) va tuzilmaviy o’rtachalarga bo’linadi.



Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə