O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi andijon qishloq xo’jalik instituti «qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit»



Yüklə 4,06 Mb.
səhifə36/154
tarix10.04.2023
ölçüsü4,06 Mb.
#104853
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
statistika

Asosiy tayanch iboralar: o’rtacha miqdor, analitik o’rtacha, o’rtacha arifmetik, o’rtacha geometrik, o’rtacha garmonik, o’rtacha kvadratik, xossa, payt (moment) usuli, tuzilmaviy o’rtacha, moda, mediana, kvartili, detsili, protsentili.

7-MAVZU. VARIATSIYA KO’RSATKIChLARI
1. Variatsiya to’g’risida tushuncha va variyatsiya ko’rsatkichlari

Statistikaning muhim vazifalaridan biri faqatgina umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni (o’rtachalarni) hisoblash bilan cheklanmasdan, balki to’plam birliklarining o’rtachadan tafovutini, farqini, chetlanishini ham o’rganishdir. Bu ishni statistika variatsiya ko’rsatkichlari yordamida bajaradi.


Variatsiya” so’zi lotincha “variatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’zgarish, farq, tebranishni bildiradi. Ammo har qanday farq ham variatsiya bo’lavermaydi.
Statistikada variatsiya deganda, o’zaro qarama-qarshi omillar ta’sirida bo’lgan, bir turli birlikdan tashkil topgan miqdoriy o’zgarishlarga tushuniladi. O’rganilayotgan belgining tasodifiy va surunkali (sistematik) variatsiyalari bo’lishi mumkin.
Tasodifiy variatsiyani boshqarib bo’lmaydi. Surunkali variatsiyaga qisman bo’lsada, ta’sir o’tkazish mumkin. Surunkali variatsiyani tahlil qilish asosida o’rganilayotgan belgida o’zgarishni unga ta’sir qiluvchi omillarga qanchalik bog’liqligini baholash mumkin. Masalan, ajratilgan to’plam birliklari variatsiyasining kuchi va xarakterini o’rganishda, ular miqdoriy, ayrim vaqtlarda sifat tomondan qanchalik turdosh ekanligini va shu vaqtning o’zida aniqlangan o’rtacha ular uchun xarakterli ekanligini statistik baholash mumkin.
Shunday qilib, o’rtalashtirilgan birliklar (xi) o’rtachadan har xil farqda (uzoqlikda, yaqinlikda) bo’ladi va ular variatsiyaning turli ko’rsatkichlari orqali baholanadi.
Variatsion kenglik (R) deganda belgining eng katta va kichik hadlari orasidagi farq (tafovut) tushuniladi va u quyidagicha aniqlanadi:

R=XmaxXmin,


bu erda: R- variatsion kenglik; Xmax - belgining eng katta darajasi;


Xmin – belgining eng kichik darajasi.
Variatsion kenglik ayrim kamchiliklarga esa:
birinchidan,
birinchidan, ikki chetki hadga asoslangan, ular tasodifiy bo’lishi mumkin; ikkinchidan - hadlar o’rtacha bilan taqqoslanmaydi. Shu sabablar orqali, bu ko’rsatkichdan qatorning hadlari bir-biridan unchalik katta miqdorda farq qilmaydigan sharoitlarda foydalanish mumkin.
O’rtacha chiziqli chetlanish ( ) variantalar bilan o’rtacha farqining variantalar soniga nisbatidir.
Oddiy qatorlar uchun u quyidagi formula bilan hisoblanadi:



Tortilgan qatorlar uchun u quyidagi formula bilan hisoblanadi:





Biz yuqorida, o’rtacha arifmetikning xossalarini ko’rib chiqqanimizda ekanligiga ishonch hosil qilgan edik. Lekin bu erda shu qoidaga rioya qilinmasdan, mutlaq qiymatlarning yig’indisi olinadi. Natijada umumiy olingan yig’indi iqtisodiy, real ma’noga ega bo’lmaydi, shu sababli bu ko’rsatkich amaliyotda deyarli qo’llanilmaydi va uning o’rniga dispersiya ishlatiladi.



Yüklə 4,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə