O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Avstriya davlatida 
lizing sohasi 25 yildan beri rivojlanib kelmoqda. 
Ularda bolalar bog‘chasi va xattoki maktablar ham lizingga beriladi.
Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish joizki, dunyoning ko‘pgina 
mamlakatlarida turli darajada bo‘lsa ham amortizatsiya ajratmalari tizimi bilan 
bog‘liq bo‘lgan soliq imtiyozlari mavjud. Ular muayyan sohani rivojlanishini 
rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik ishlanmalarni yoki 
umumiy investitsiyani jonlantirish uchun foydalaniladi.
 
5.4. Mustqil davlatlar va hamkorlik mamlakatlarda lizingni huquqiy 
asoslari 
Rossiya
davlati o‘tgan asrning 90 - yillaridan boshlab, lizingning 
rivojlanishidan manfaatdorlikni namoyon qilmoqda. 90 - yillargacha Rossiyada 
lizing kichik miqyosdagina, shunda ham faqat xalqaro savdoda qo‘llangan. 
Sobiq Ittifoqda xalqaro lizing bitimlarini amalga oshirish harakatlari o‘tgan 
asrning 40 - yillarida, ikkinchi jahon urushi davrida ko‘zga tashlangan edi. 
1
Газибеков Д.Г. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти – Т.: Фан ва технология, 2004, 14 
б. 


60 
AQSH Lend-liz dasturini qabul qilgan, unga ko‘ra Rossiya lizing shartlarida 
harbiy texnika oluvchi asosiy tomon bo‘lgan. 80 - yillarning boshida esa V/O 
“Sovfraxt”, “Sovtransavto” kabi tashkilotlar xalqaro lizing bilan shug‘ullana 
boshlagan, 90 - yillarga kelib esa ular qatoriga “Avtoeksport”, “Traktoreksport” 
tashkilotlari ham qo‘shilgan.
Rossiyada birinchi lizing kompaniyalari 1990 - yilda paydo bo‘ldi. 
Birinchi bo‘lib ro‘yxatga olingan lizing kompaniyalari qatoriga mamlakatda 
ishlab chiqariluvchi qishloq xo‘jalik texnikalari lizingi bilan shug‘ullanuvchi 
“Rosagrosnab” va samolyotlar lizingi bilan shug‘ullanuvchi “Aerolizing”ni 
kiritishimiz mumkin. Banklar tomonidan ham ko‘plab lizing kompaniyalari 
tuzilgan: “Baltliz” (Promstroybank), “Lizing biznes” (Mosbiznesbank), 
“Rossiya” (Agroprombank bilan Promstroybankom) va boshqalar. Birinchi 
kompaniyalar ortidan qo‘shma korxonalar ham tuzila boshladi: “Kolumb” 
(“Agrolizing” firmasi), Rossiya-Germaniya “Mejsberyuraskolizing” korxonasi 
(Mejekonomsberbank”). Moskva shahri hukumati tomonidan qurilish texnikasi 
lizingiga ixtisoslashgan “Likostroy” kompaniyasi ta’sis etildi. Lizing 
operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha “Lukoyl” neft kompaniyasi o‘ziga xos 
yo‘l tutdi. 1995 - yilda u xolding kompaniyasining barcha shu’ba bo‘limlari 
uchun asbob-uskunalar yetkazib berishni o‘z zimmasiga olgan “LK-lizing” 
kompaniyasini ta’sis etdi.
1
Rossiyada lizing operatsiyalarini rivojlanishida muhim qadamlardan biri 
soliq va bojxona imtiyozlarini qonunchilikda belgilanishi bo‘ldi. Rossiya 
Federatsiyasi hukumatining qator qarorlari lizing sektorini rivojlantirishga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatdi. Bulardan:
2

1995 - yilda qabul qilingan 1133-raqamli “Ishlab chiqarish va mahsulot 
realizatsiyasidagi xarajatlar tarkibi va foyda solig‘i hisoblanayotganda hisobga 
olinadigan moliyaviy natijalarni shakllantirishni tartibga solish to‘g‘risidagi 
nizomga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bo‘lib, lizing oluvchilarga 
lizing to‘lovlarining mahsulot tannarxiga to‘liq o‘tkazishga ruxsat bergan; 

1996 - yilda qabul qilingan 752-raqamli “Rossiya Federatsiyasida lizing 
faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaror bo‘lib, unda 
lizingga berilgan asbob-uskunalarga jadallashtirilgan amortizatsiyasini qo‘llash 
imkoniyatini yaratib bergan; 
1
 
www.leasbusi.ru/
 Анализ деятельности Российских лизинговых компаний. 
2
Fозибеков Д.F. ва бош. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти. Ўқув қўлланма– Т.: Фан 
ва технология, 2004.


61 

Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan 633-raqamli “Investitsion 
faoliyatda lizingni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Hukumat 
1996-2000 - yillarga mo‘ljallangan lizingni rivojlantirishning federal dasturini 
tayyorlash majburiyatini o‘z zimmasiga olish bilan birga, xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatini uch yilgacha moliyaviy lizing shartnomalaridan oladigan 
daromadiga solinadagan soliqdan, bank va kredit tashkilotlarini uch va undan 
ortiqroq muddatga mo‘ljallangan, hamda moliyaviy lizing operatsiyalarini 
o‘tkazishga yo‘naltirilgan kreditlarni berishdan oladigan daromadni foyda 
solig‘idan, lizing beruvchi obyektini sotib olayotganda qo‘shilgan qiymat 
solig‘idan ozod etish kabi qator o‘zgartirishlar kiritilishini belgiladi. Qarorda 
xalqaro moliyaviy lizing operatsiyasi obyektini bojxona boji va soliqlardan 
qisman ozod qilinishi ko‘zda tutilgan; 

1998 - yilda qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi qonun Rossiya 
Federatsiyasida lizingni rivojlanishida ma’lum bir to‘siqlarni yuzaga keltirdi, 
ya’ni qonunda ichki qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lib va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar bilan mos kelmagan;

2000 - yilda davlat Dumasida Rossiyada lizing rivojlanishining asosiy 
yo‘nalishlari to‘g‘risida parlament tinglovlari o‘tkazildi va unda ishchi guruhni 
tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ishchi guruhning asosiy vazifasi 
sifatida "Lizing to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning 
tashkil etish va yagona qonun loyhasini ishlab chiqish bilan birga, moliyaviy 
ijara (lizing)ni tartibga soluvchi soliq, bojxona va valyuta qonunchiliga 
qilinadigan qo‘shimcha va o‘zgarishlarni umumlashtirish yuzasidan tavsiyalar 
tayyorlash belgilandi; 

2002 - yilda “Lizing to‘g‘risida”gi federal qonunga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinib, u “Moliyaviy ijara 
(lizing) to‘g‘risida”gi qonun deb nomlandi va lizingni rivojlantirishga qaratilgan 
yangi huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga qamrab oldi. Qonunning yangi tahriri 
lizing sohasini moliyalashtirishga qiziqqan investorlar lizing loyihalarini amalga 
oshirishda qonun qoidalar tez-tez o‘zgarmasligiga ishonch xosil qilishlari uchun 
juda muhim bo‘ldi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə