O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Yevropada lizing bozori. 
Yevropada lizing turlaridan biri bo‘lmish 
moliyaviy lizing 60-yillar boshlarida rivojlanishni boshladi. G‘arbiy Yevropada 
moliyaviy lizingni tez rivojlanishiga bir qancha omillar sabab bo‘ldi. Eng 
asosiysi bu 50 - yillardagi ilmiy-texnika inqilobi bo‘lib, bu korxonalar 
tomonidan asosiy vositalarni yangilashning katta hajmdagi ehtiyojiga olib keldi. 
Moliyaviy lizing mexanizmi esa uskunalarni bank kreditlari orqali sotib olishdan 
ko‘ra korxonalar uchun qulay bo‘lib chiqdi. Xuddi shu davrga kelib moliyaviy 


59 
xizmatlar bozori jadal rivojlaninishi tufayli, yangi shakldagi moliyaviy 
kreditlash va past foizli stavkalar taklifi ko‘paydi. Ushbu xolat lizing faoliyatini 
soliqqa tortishning har tomonlama qulayligi bilan birgalikda lizing kelishuvlarini 
rivojlantirdi. 2002 - yilda jahon iqtisodiyoti pasayishiga qaramay, Yevropa 
lizing kompaniyalari tomonidan lizing orqali 200 mlrd. yevro mablag‘ 
investitsiya qilindi. Bu esa 2001 - yilga nisbatan 3,4 %ga ko‘p edi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 1994 va 2002 - yillar oralig‘ida lizing sektori 
yaxshi rivojlanib, har yiliga 11 %dan o‘sishi kuzatildi. Agarda lizing faoliyatini 
jug‘rofiy jihatdan taqsimlanishini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Yevropadagi 
umumiy moliyalashtirish hajmining 72 %i to‘rtta mamlakat - Fransiya
Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin. 
Yevropada lizing operatsiyalarini ikki yo‘nalishga ajratish qabul qilingan bo‘lib, 
bu — ko‘chmas mulk lizinga va uskunalar lizingidir. 2002 - yilda ko‘chmas 
mulk lizingi 39 mlrd. yevro miqdoridagi hajmda bo‘lib (bu 2001 - yilga nisbatan 
18 %ga ko‘proq), shu davrdagi uskunalar lizingi hajmi o‘zgarmagan holda 160 
mlrd. yevroni tashkil etdi (2001 - yilga nisbatan 0,45 %ga o‘sgan).
1
Germaniyada 
hozirgi kunda ko‘plab lizing kompaniyalari mavjud bo‘lib, 
Lizing uyushmasi tashkil etilgan va unga 57 ta nemis lizing kompaniyalari a’zo 
bo‘lgan. Eng katta kompaniyalardan "Mitfinans Gmbx" va "Gefa-lizing Gmbx" 
yirik kompaniyalar hsoblanadi.

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə