O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Lizing operatsiyalarida tavakkalchiliklar



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
6.2. Lizing operatsiyalarida tavakkalchiliklar 
Bozor qonunlaridan samarali foydalanish, bozor tizimida takomillashish, 
uning afzalliklaridan foydalanish uchun hozirgi paytda rasional faoliyatning 
o‘zigina yetarli emas, an’anaviy shakllarni yaxshilash va tahlil qilishning yangi 
1
 
www.irc.org/centralasia
 Международная Финансовая корпорация Проект по развитию лизинга в 
Центральной Азии 


73 
uslubiyatini ishlab chiqish, marketing rejasiga tavakkalchilik ulushini 
kamaytirish imkonini beruvchi zaxiralarni kiritish zarur. 
Tavakkalchilik deganda odatda kompaniya o‘z resurslarining bir qismini 
yo‘qotishi, daromadlarni to‘liq olmasligi yoki xo‘jalik faoliyati davomida 
qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lishi nazarda tutiladi. Lizing sohasi 
jarayonlar dinamikasi va kapitallar aylanishi tezligining yuqoriligi, bozor 
kon’yunkturasi va tashqi muhitdagi o‘zgarishlarga sezuvchanligining yuqoriligi 
bilan ajralib turadi, bu esa mazkur biznes sohasida tavakkalchilik darajasining 
yuqoriligiga asosiy sabablardan biri bo‘ladi. Lizing kompaniyalari o‘z faoliyati 
davomida duch keluvchi tavakkalchiliklar odatda hamma uchun bir xil bo‘ladi. 
U yoki bu tavakkalchilikka uchramaslik ehtimoli ham deyarli bir xil. Biroq 
tavakkalchilik holatlaridan chiqib ketish yo‘llari turli kompaniyalar uchun 
turlicha bo‘ladi. Lizing kompaniyalari o‘z faoliyati davomida duch keluvchi 
tavakkalchiliklarni ikki guruhga – ichki va tashqi tavakkalchiliklarga bo‘lish 
mumkin. 
Tashqi tavakkalchiliklar
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

siyosiy tavakkalchiliklar, ular siyosiy vaziyatning o‘zgarishi, davlatning 
iqtisodiy 
siyosati 
o‘zgarishi natijasida yuzaga keluvchi moliyaviy 
yo‘qotishlarni aks ettiradi; 

huquqiy tavakkalchiliklar, qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar natijasida 
yuzaga keluvchi yo‘qotishlarni aks ettiradi; 

makroiqtisodiy tavakkalchiliklar, iqtisodiyotda kutilayotgan ko‘tarilish 
va inqirozlar, bank sohasining rivojlanish darajasi, yalpi milliy mahsulot 
o‘sishining pasayishi va siyosat bilan bog‘liq xo‘jalik jarayonlarida yuzaga 
keladi; 

soliq tavakkalchiliklari, soliq sohasini tartibga soluvchi qonunchilik 
hujjatlaridagi noaniqlik va ziddiyatlar. 
Yuqorida sanab o‘tilgan tavakkalchiliklarni boshqarish usullari – lizing 
oluvchi joylashgan mamlakatdagi siyosiy ahvol va soliq qonunchiligining 
o‘ziga xos xususiyatlari tahlili, kutilayotgan tavakkalchiliklarga mutanosib 
ravishda tavakkalchilik mukofotlarini oshirish, investitsiyalarni kafolatlash 
bo‘yicha xalqaro kelishuvlardan iborat. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə