O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Qozog‘iston Respublikasi 
lizing operatsiyalarini fuqarolik-huquqiy 
tartibga solish 1999 - yilning iyul oyida qabul qilingan Fuqarolik Kodeksining 
«Mulkni yollash» 29 - bobi va 2000 - yilning iyulida qabul qilingan «Moliyaviy 
lizing to‘g‘risida»gi Qonunga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolik Kodeksi va 
yuqoridagi Qonunga 2004 - yilning 18 - martida o‘zgartirishlar kiritilgan. 


62 
Qonunga asosan moliyaviy lizingning ta’riflanishi quyidagicha: «lizing 
oluvchi sotuvchidan xarid qilingan va lizing shartnomasida ko‘rsatilgan lizing 
predmetini belgilangan haq to‘lash evaziga va belgilangan shartlarda 
tadbirkorlik maqsadlrida foydalanish uchun uch yildan kam bo‘lmagan 
muddatga lizing oluvchiga beruvchi investitsion faoliyat turi hisoblanadi». 
Bunda lizing shartnomasi bo‘yicha lizing predmetini berish quyidagi shartlardan 
hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi lozim: 

lizing predmetini lizing oluvchiga mulk qilib berish va (yoki) lizing 
oluvchiga qat’iy belgilangan narxda lizing predmetini xarid qilish huquqini 
berish lizing shartnomasida belgilab qo‘yiladi; 

lizing muddati lizing predmetining foydali xizmat ko‘rsatish 
muddatining 75 %idan ortishi lozim; 

butun lizing muddati bo‘yicha joriy (diskontlangan) lizing to‘lovlari 
qiymati berilayotgan lizing predmetining 90 %idan ortadi. 
Qozog‘iston Respublikasida buxgalteriya hisobini yuritish 1995 - yilning 
26 - dekabrida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar 
to‘g‘risida»gi Qonun, shuningdek, korxonalar mulkchilik shakli va faoliyat 
turidan kelib chiqqan holda qo‘llanuvchi buxgalteriya hisobi milliy standartlari 
tomonidan tartibga solib boriladi. 
Lizing bitimlarini tartibga solishning bojxonaga doir masalalari 
quyidagilarga taalluqli: 

xalqaro lizing, bunda lizing oluvchi rezident lizing predmetini chet ellik 
lizing beruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi yoki Qozog‘iston rezidenti bo‘lgan 
lizing oluvchi (sublizing beruvchi) lizing predmetini chet ellik lizing 
beruvchidan sublizingga berish uchun oladi, yoki Qozog‘iston rezidenti bo‘lgan 
lizing beruvchi lizing predmetini chet ellik lizing oluvchiga beradi; 

Qozog‘iston rezidenti bo‘lgan lizing beruvchi lizing predmetini 
kelgusida lizingga berish uchun chet ellik ta’minotchidan sotib oladi. 
Qozog‘istonga xalqaro lizing shartnomalari bo‘yicha kiritiluvchi 
tovarlarga nisbatan vaqtinchalik kiritish va erkin muomalaga chiqarish bojxona 
rejimlari qo‘llanishi mumkin. 
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishni faqat ko‘zda tutilgan barcha 
bojxona to‘lovlari va soliqlar to‘langandan so‘ng amalga oshirish mumkin. 
Lizingga nisbatan bunday rejim xalqaro lizing shartnomasi bo‘yicha mulkka 
egalik huquqi lizing beruvchidan lizing oluvchiga o‘tgan hollarda yoki lizing 
kompaniyasi lizing predmetini kelgusida lizingga berish uchun chet ellik 
ta’minotchidan sotib olgan hollarda qo‘llanadi. 


63 
Vaqtinchalik kiritish rejimi xalqaro lizing shartnomalari bo‘yicha 
kiritiluvchi, lekin mulkka egalik huquqining lizing beruvchidan lizing oluvchiga 
o‘tishi ko‘zda tutilmagan hollarda qo‘llanadi. Ko‘rsatilgan rejim bojxona 
to‘lovlari va soliqlarni to‘lashdan to‘liq (2001 - yilning 21 - avgustida 
tasdiqlangan Hukumatning 1092-sonli Qarorida tasdiqlangan ro‘yxatga 
kiritilgan tovarlar bo‘yicha) yoki qisman (ushbu ro‘yxatga kiritilmagan tovarlar 
bo‘yicha) ozod qilishni ko‘zda tutadi. 
Vaqtinchalik kiritish muddati uch yildan ortishi mumkin emas. Yuqorida 
qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan «Transport vositalari va tovarlarni 
vaqtinchalik kiritish bojxona rejimi qo‘llanuvchi lizing predmetlari ro‘yxati»ga 
kiritilgan tovarlar bo‘yicha vaqtinchalik kiritish muddati lizing shartnomalari 
muddatiga muvofiq belgilanadi. 
Vaqtinchalik kiritish rejimi erkin muomala rejimiga o‘zgartirilgan 
hollarda (masalan, lizing shartnomasiga mulkka egalik huquqining boshqalarga 
berilishi ko‘zda tutiluvchi o‘zgartirishlar kiritishda) bojxona to‘lovlari va 
soliqlar to‘liq yoki ilgari to‘langan summani hisobga olgan holda to‘lanishi 
lozim. Bunda keyinchalik moliyaviy lizingga berish uchun import qilishda 
QQSdan ozod qilinuvchi asosiy vositalar ro‘yxatiga kiritiluvchi lizing 
predmetlari bo‘yicha QQS to‘lanmaydi. 
Hozirgi paytda 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə