lizing kompaniyalarining motivi bo‘lib xizmat qiladi:
•
lizing bozorida vaziyatning yomonlashuvidan himoya qilish;
•
lizing obyektlari tarkibi, lizing bitimlari turlari, servis xizmatlari tarkibi
va vazifalari diversifikatsiyasi;
•
o‘sish va yashovchanlik: lizing bozorining kengayishi, investitsiya
tuzilmasining yaxshilanishi, yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish.
Lizing kompaniyalari birlashuvining bir qator
afzallliklarini ko‘rsatib
o‘tish mumkin:
a.
menedjerlarning professional mahoratlaridan keng foydalanish
hisobiga boshqaruvni yaxshilash;
b.
investitsiyalar bazasini kengaytirish;
c.
“Nou-xau”larni sotib olish;
d.
raqobatchilikni yo‘nqotshi;
e.
ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish;
f.
umumiy funksiyalarni markazlashtirish;
g.
ishtirokchilarning xo‘jalik faoliyatidagi mustaqilligini saqlash.
Shu bilan bir paytda lizing munosabatlarida kompaniyalarning
birlashuvida firmaning tijorat sirlarini oshkor qilish va munosabatlarning
murakkablashuvi kabi bir qator kamchiliklar ham mavjud.
Qisqa xulosalar Lizing operatsiyalarini amalga oshirishga korxona va tashkilotlarning
marketing bo‘limlari tarkibidagi mustaqil bo‘linmalar, shuningdek, lizing
kompaniyalari amalga oshirishga qodir bo‘lib, bu lizing jarayonini yuqori
professionallik bilan boshqarish imkon yaratadi. Lizing faoliyatini boshqarish
shakllari muayyan shartlariga asosan zamon va makonda bo‘lishi hamda
muayyan lizing turiga nisbatan turli kombinasiyalarni tashkil etishi mumkin.
Lizing kompaniyasining eng maqsadga muvofiq tashkiliy-huquqiy shakli
uni tuzishda hisobga olinuvchi omillar majmuasi yordamida aniqlanadi. Lizing
kompaniyasi tarkibida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, lizing bitimlarini
investitsiyalash loyihasi va tahlili, shartnoma-huquqiy ishlar va ekspertiza
o‘tkazuvchi, texnik nazoratni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi tuzilmalar
92
ko‘zda tutiladi. Lizing birlashmalari shartnoma asosida ko‘ngilli ravishda
tuziladi.