88
7.4. Lizing kompaniyalarini tashkil etish
Lizing kompaniyasini tashkil etish bo‘yicha masalalar majmuasini hal
qilish uchun birinchi navbatda uning maqomini belgilab olish zarur. O‘zbekiston
Respublikasi “Lizing to‘g‘risidagi” qonunida lizing kompaniyalari aksiyadorlik
jamiyati yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tuziluvchi hamda ta’sis hujjatlari
va litsenziyalarga asosan lizing beruvchi funksiyalarini bajaruvchi tijorat
tashkilotlari deb belgilangan. Huquqiy va (yoki) jismoniy shaxslar lizing
kompaniyalarining ta’sischilari bo‘lishi mumkin.
Qoidaga ko‘ra, tashkil etilayotgan lizing kompaniyalarining asosiy
maqsadi mulkni sotib olish va ijaraga berish yo‘li bilan investitsiya faoliyatidan
daromad olish hisoblanadi. Bunda lizing kompaniyalarini yaratish quyidagi
omillarga bog‘liq bo‘ladi:
1
•
lizing oluvchilarda investitsiya loyihalarining mavjudligi va ularning
lizing operatsiyalariga tayyorligi;
•
zarur bo‘lgan eng kam mablag‘lar va qo‘shimcha kredit resurslarini jalb
qilish imkoniyatlarining mavjudligi;
•
lizing kompaniyasi
ta’sischisi mablag‘larini
minimallashtirishni
ta’minlovchi bir nechta lizing loyihalarini investitsiyalash sxemalarini ishlab
chiqish darajasi;
•
lizing kompaniyasi uchun foydali bo‘lgan lizing marjasini belgilash;
•
amortizatsiya siyosatining moslashuvchanligi;
•
lizing kompaniyasiga kafillik berish bo‘yicha ishonchli sxemalarning
mavjudligi;
•
lizing to‘g‘risidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan soliq to‘lovlarini
qisqartirish imkoniyatlari, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlari.
Bunda eng maqsadga muvofiq tashkiliy-huquqiy shakl quyidagi shartlarni
hisobga olgan holda aniqlanadi:
1. Ta’sischilar majburiyati darajasi. Majburiyatning ikki turi – to‘liq,
ya’ni butun mulki bilan va qisman, ya’ni mulkning ishga qo‘shilgan qismi bilan
javobgarlik turi mavjud.
2.
Kompaniyaning nizom jamg‘armasini yaratish shakli, ya’ni mulk
subyektlari va shaxsiy boshlang‘ich kapitallarning mavjudligi, investitsiya va
kreditlarga ega bo‘lish imkoniyatlari, faoliyat miqyosi va boshqalar.
3.
Huquqlar miqdori va darajasi.
4.
Lizing faoliyati turlari tarkibi.
5.
Ta’sischilar soni.
1
Газман В.Д. Лизинг: теория, практика и комментарии – М.: Правовая культура, 2000, 323б.
|