Boshqaruvning ikkinchi shaklida lizing faoliyatini amalga oshirish
marketing va sotuv bo‘limlarida mujassamlangan bo‘ladi. Marketing vositasida
lizingni boshqarish sotuvning bu shaklini takomillashtirish hamda uni bozorda
mahsulot sotishning o‘zlashtirilgan usul va vositalari yordamida amalga
oshirishga imkon yaratadi. Kelajakda lizing miqyosining kengaytirilishi yangi
kapital oqimlari va lizingni tashkil etishga yangicha yondashuvlarni talab qiladi.
Bunga mulkni lizingga berish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni
markazlashtiruvchi
lizing
operatsiyalarini
o‘tkazishga
ixtisoslashgan
kompaniyalarni yaratish yo‘li bilan erishiladi. Bu kompaniyalar faoliyatining
samaradorligini reklama, bozorni o‘rganish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish,
qo‘shimcha pul resurslarini tashkil etish yagona – lizing faoliyatini ta’minlaydi.
Bundan kelib chiqadiki,
boshqaruvning uchinchi shakli lizing faoliyati
ishlab chiqaruvchi korxona doirasidan chiqqan hamda lizing kompaniyalari
ifodalovchi ixtisoslashgan tarmoqda markazlashgan paytda o‘ringa ega bo‘ladi.
Lizing jarayonini boshqarishning yuqorida sanab o‘tilgan barcha turlari
lizing turidan qat’iy nazar qo‘llanadi.
Lizingni
boshqarishning
tashkiliy
shakllari
rivojlanishi
ishlab
chiqarishning markazlashuvi va kooperatsiya qonunlari bilan bog‘liq
tendensiyalarga asoslanishi mumkin. Masalan, bank va sug‘urta kompaniyalari
misolida yirik moliya egalarining mulkni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar,
shuningdek,
ta’mirlash
korxonalarining
bevosita
iste’molchilar
bilan
kooperatsiyasi bozorning shakllanish sharoitlarida lizingning rivojlanishida
qiyinchiliklarni aylanib o‘tishga imkon beradi. Texnika vositalariga talabning
yuqoriligi lizing bitimlari sonini oshirishi sababli, bu holda lizing
kompaniyalarining ham yiriklashuvi, ularning ixtisoslashuvi, mustaqil huquqiy
tuzilmalarning paydo bo‘lishi, ya’ni xolding turidagi lizing kompaniyalari
85
varianti yuzaga kelishi mumkin. Bunda xolding turidagi lizing kompaniyalarini
tuzishning funksional tamoyillari lizing operatsiyalarini amalga oshirishdagi
xarajatlarni qisqartirishga imkon yaratadi.
Shu tariqa,