87
sharoitlarda bunday kompaniyalar faoliyati ko‘p funksional xarakterga ega
bo‘lib, tor ixtisoslashuvdan keng ishlab chiqarish dasturiga o‘tib boradi. Mazkur
guruh va uning lizing xizmatlari bozoridagi ta’sirining roli mamlakatlar va
qo‘llanish tarmog‘iga qarab turlicha bo‘ladi. Ularning roli AQSH bozorida,
ayniqsa aviatexnika, yo‘l-qurilish asbob-uskunalari, elektron mahsulotlarning
ayrim turlari ijarasi sohasida sezilarlidir.
O‘zbekistonda mazkur guruh toifasiga “Avializing”, “O‘zkeysagrolizing”,
“O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kabi lizing kompaniyalarini kiritish mumkin.
“Avializing” lizing kompaniyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy
aviakompaniyasining moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlashi asosida tashkil
etilgan bo‘lib, o‘z faoliyatini ularning yordamida yuritadi. Qishloq xo‘jaligida
O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi va amerikaning “Keys kredit xolding”
kompaniyasi muassisligida tuzilgan “O‘zkeysagrolizing” hamda “O‘zqishloq-
xo‘jalikmashxolding”
XK,
“O‘zqishloqxo‘jalik-ta’minotta’mirlash” DK,
“O‘zsanoatmashimpeks” XK va Germaniyaning “Zelko” kompaniyasi
ishtirokida tuzilgan “O‘zqishloq-xo‘jalikmashlizing” kompaniyasi faoliyat
ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda lizing xizmatlarining asosiy iste’molchilari
mahalliy korxonalar va tadbirkorlar hisoblanadi.
Lizing beruvchilarning yana bir guruhi mustaqil lizing kompaniyalari
bo‘lib, ular AQSH lizing bozorida keng tarqalgan. Bu kompaniyalar faoliyat
turlarining ixtisoslashuvi, asbob-uskunalar turi va mijozlar turiga qarab
farqlanadi hamda tor bozor segmentiga qaratilgan bo‘ladi.
Kompaniyalarning mazkur turi servis va moliya kompaniyalariga
bo‘linadi. Servis lizing kompaniyalari turli xil xizmatlar ko‘rsatadi, moliya
lizing kompaniyalari esa bank funksiyalariga o‘xshash funksiyalarni bajaradi,
ya’ni
ularga
yetishmayotgan
moliyaviy
vositalarni
taqdim
etadi.
Mamlakatimizda kompniyalarning bu turi rivoj topmagan.
Yuqorida sanab o‘tilgan lizing kompaniyalaridan tashqari, xorij
mamlakatlari amaliyotida lizing kompaniyalari sifatida brokerlik firmalari,
sug‘urta kompaniyalari, nafaqa jamg‘armalari va investitsiya banklari xizmat
qiladi. Shu bilan bir paytda lizing asosiy faoliyat turi emas, balki
tadbirkorlikning boshqa bir asosiy turi uchun qo‘shimcha sifatida ko‘rib
chiqiluvchi bir qator firmalar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: