80
Bozor subyektlarining o‘zaro erkin munosabat tamoyillarini yuritish,
sog‘lom bozor raqobatchiligini ta’minlash, yangi texnologiya va usullarni joriy
qilish, loyihalar hajmi va muddatining o‘sishi, tashqi muhitning yuqori
dinamikasi va boshqa omillar lizing kompaniyalari faoliyatidagi noaniqlik va
tavakkalchiliklarni oshiradi. Tavakkalchilik deganda odatda kompaniya o‘z
resurslarining bir qismini yo‘qotishi, daromadlarni to‘liq olmasligi yoki xo‘jalik
faoliyati davomida qo‘shimcha xarajatlarning paydo bo‘lishi nazarda tutiladi.
Bank kafolati, garov, lizingga beriluvchi mulkning qiymati va boshqalar
kafolatni ta’minlashning asosiy turlari hisoblanadi. Har bir investor
investitsiyalashda kiritilgan mablag‘larni qaytarib olishni kafolatlash, mijozning
to‘lov layoqatini yo‘qotishi natijasida yuzaga keladigan zararlardan
sug‘urtalanishdan manfaatdor bo‘ladi.
Qayta sug‘urtalash mexanizmidan xorijdan asbob-uskunalarni keltirishda
foydalaniladi, bunda asbob-uskunalar qiymati bir necha million dollarni tashkil
etishi sababli xorijiy hamkor bitimda yirik xorijiy sug‘urta kompaniyasining
ishtirok etishini talab qilishi mumkin.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Banklarning lizingni moliyalashtirishi qay tarzda amalga oshiriladi?
2.
Banklar uchun lizingning afzalliklarini aytib bering.
3.
Tavakkalchilik atamasini tushuntirib bering.
4.
Lizing tavakkalchiliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
5.
Investorning moliyaviy ahvoli qanday baholanadi?
6.
Investitsiyalashda
tavakkalchliklarni
kamaytirishning
qanday
usullarini bilasiz?
7.
Investitsiyalashda kafolatni ta’minlashning asosiy turlarini sanab
bering.
8.
Bank kafolati nimani anglatadi?
9.
Qayta sug‘urtalash mexanizmi qay hollarda qo‘llanadi?
10.
Tavakkalchiliklarning qaysi turlarini sug‘urtalash mumkin?
Dostları ilə paylaş: