84
Boshqaruvning ishlab chiqarish shaklida
lizing operatsiyalarini
tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha faoliyati korxonaning ishlab chiqarish
masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmalarida mujassamlanadi. Odatda bu
shakl boshqaruv funksiyalari chuqur taqsimlanmagan hamda lizing faoliyatini
boshqarish ishlab chiqaruvchi korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalarida
mujassamlangan kichik korxonalarda kuzatiladi. Bu eng ilg‘or texnika turlarini
sotish, ularni ta’mirlash va bevosita iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishga imkon
beradi. Biroq ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning lizing ulushi kengayishi
bilan boshqaruvning mazkur shakli iste’molchilar ehtiyojlarini to‘liq ta’minlay
olmasligi mumkin. Shu sababli biznes sohasida roli tobora o‘sib borayotgan
marketingga asoslangan boshqaruv shakli zarurati tug‘iladi.
Dostları ilə paylaş: