7.6. Lizing kompaniyalari birlashmalarini tuzish uslubiy asoslari Lizing kompaniyalarini yaratish va rivojlantirish qoidaga ko‘ra ularning
shartnoma asosida tarmoq assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarga ko‘ngilli
birlashishini taklif qiladi. Bunda mintaqaviy assotsiatsiyalar quyidagi tarzda
tuziladi:
1. birlashmaning shakli va maqsadi, a’zolar tarkibi aniqlanadi, ishchi
guruhi tuziladi, ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi;
2. ishchi guruhi rejasi tuziladi va unda birlashma nizomi loyihasi,
hujjatlarni tayyorlash muddati va aniq bajaruvchilar belgilanadi;
3. bo‘lajak birlashmaning birinchi ta’sischilar yig‘ilishiga taklifnoma
yuboriladi, nizom loyihasi va shartnoma loyihasini ko‘rib chiqish bo‘yicha
tavsiyanomalar beriladi;
4. umumiy yig‘ilishda har bir a’zodan hal qiluvchi ovozga ega bo‘lgan
vakillar saylanadi.
Eng muhim hujjatlar nizom va shartnoma hisoblanadi. Shartnomada
quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: birlashmaning nomi va ta’sischilarning huquqiy
manzillari, shartnoma predmeti, birlashma tuzilmasi va tashkilotining asosiy
tamoyillari, birlashmaning vazifalari, rahbariyatning majburiyatlari, birlashma
ta’sischilari o‘rtasida asosiy vazifalarning taqsimlanishi, boshqaruv va
tashkilotning asosiy tamoyillari, birlashma ta’sischilarining huquq va
majburiyatlari, ta’sischilar majburiyatlarini bajarish jadvali, zaxira jamg‘armasi
to‘g‘risidagi
qoidalar,
ta’sischilar
o‘rtasidagi
hisob-kitoblar
tartibi,
muammolarni hal qilish tartibi va yakuniy xulosalar.
Lizing kompaniyalari birlashuvining asosiy maqsadlari quyidagilardir:
•
ishtirokchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
•
umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish;
•
lizing tarmog‘i ichida tajriba almashish;
•
mamlakatda lizingni rivojlantirishni rag‘batlantirish tadbirlarini ishlab
chiqish;
91
•
lizing operatsiyalarini amalga oshirishga sarflanuvchi xarajatlarni
qisqartirish;
•
reklama vazifalarini bajarish, o‘qitish, mijozlarni o‘rganish va
sug‘urtalash va hokazo.
Quyidagilar