O’zbekiston respublikasi sog’likni saqlash vazirligi


Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha umumiy ko`rsatma va tavsiyalar



Yüklə 202 Kb.
səhifə12/16
tarix19.06.2023
ölçüsü202 Kb.
#117921
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
2 5388972032673191177

4.3. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlarni tashkil etish bo`yicha umumiy ko`rsatma va tavsiyalar:
Modul (Mutaxassislikka kirish) bo‘yicha mustaqil ish auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘tkaziladi.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda qo‘yidagi shakllardan foydalaniladi:

  • auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari trenajer, mulyaj va simulyasion zallarida/markazlarida tasdiqlangan amaliy ko‘nikmalarni pedagog nazoratida son va sifat jihatdan bajarish va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish daftarlarida aks ettirish;

  • ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;

  • berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;

  • modulning (fanning) bo‘limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo‘yicha ishlash va ma’ruzalar qilish;

  • vaziyatli va farmatsevtik muammollarga yo‘naltirilgan vaziyatli masalalar yechish;

  • Keys (real farmatsevtik vaziyatlar va farmatsevtik vaziyatli masalalar asosida kase-study) yechish;

  • modellar yasash, krossvordlar tuzish, organayzerlar tuzish va h.k.

  • Talabaning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlarni yig’ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan ma’lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish va aniq dori vositasining sifatini nazorat qilishda qo’llay olishdan iborat bo’lib, uning turlari va shakllari turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo’llanmalarda keng yoritilgan.

  • Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbaalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.



Yüklə 202 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə