O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamaoat salomatligi texnikumi Guruh



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#162971
  1   2   3   4
TEPKI KASALLIGI (PAROTIT)




O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi


Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamaoat salomatligi texnikumi

Guruh: _________
Fan nomi: ____________________________________
Mavzu: ____________________________________
____________________________________

Bajardi: _______________________


Qabul qildi: _____________________

Xatirchi 2023 yil.

TEPKI KASALLIGI (PAROTIT) — ALOMATLARI, TASNIFI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH
Epidemik parotit (lot. parotitis epidemica, tepki kasalligi) — paramiksovirus tomonidan chaqiriladigan bez a’zolarni (so’lak bezlari, oshqozon osti bezi, moyaklar) va markaziy asab tizimining yiringsiz zararlanishi bilan tavsiflanadigan o’tkir infektsion kasallikdir.
«Epidemik parotit» nomi eskirgan deb hisoblanadi. Hozirda kasallik ko’pincha «parotit» deb ataladi. Lotin tilida quloq yonidagi so’lak bezlari glandula parotidea deb ataladi, uning yallig’lanishi esa parotit hisoblanadi; kasallikning nomi shundan kelib chiqqan. 3 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarda tepki kasalligi eng ko’pi aniqlanadi.




TEPKI QANDAY YUQADI?
Tepki kasalligi (glandalarning shishishi) kasallik alomatlari boshlanmasidan 9 kun oldin va boshlanganidan keyin 5-9 keyingi vaqt davomida infektsiyalangan bemordan havo-tomchi yo’li orqali yuqadi.
KASALLIK QO’ZG’ATUVCHISI
Parotit qo’zgatuvshisi paramiksoviruslar (Paramyxoviridae) oilasi, Rubulavirus avlodiga mansub RNK-saqlovchi virus hisoblanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi 1934-yilda E. Gudpacher va K. Jonson tomonidan ajratib olingan va o’rganilgan.
Virionlar polimorf, yumaloq virionlar 120-300 nm diametrga ega. Bitta ipli va fragmentatsiyalanmagan «minus»-RNK 8 ta oqsilni kodlaydi, jumladan superkapsid qobiqning H-, N- va F-oqsillarini.
Virus gemagglyutinatsiyalovchi, neyraminidaz va gemolitik faollikka ega. Virus tovuqlar, o’rdaklar, dengiz cho’chqalari, itlar va boshqalarning eritrotsitlarini agglyutinatsiyalaydi. Laboratoriya sharoitida virus 7-8 kunlik tovuq embrionlarida va hujayrali madaniyatda yetishtiriladi. Virusga tovuq embrionlarining fibroblastlari, maymun, dengiz cho’chqasi, suriya xomyagining birlamchi-tripsinlangan buyrak hujayralari madaniyati sezgirdir. Laboratoriya hayvonlari tepki virusiga kam sezgir. Faqat maymunlarda insonnikiga o’xshash tepkini kuzatsa bo’ladi. Virus barqaror emas, u issiqlik, ultrabinafsha nurlanish ta’sirida, yog’ erituvchilari, 2% formalin eritmasi, 1% lizol eritmasi bilan aloqada bo’lganda inaktivatsiyalanadi. Virusning zaiflashtirilgan shtammi (L-3) jonli emlash sifatida ishlatiladi.
Virusning antigen tuzilishi barqarordir. Unda neytrallashuvchi va komplement-bog’lovchi antitanalar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan antigenlar, shuningdek, intradermal sinovini o’rnatish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan allergen mavjud.

Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə