O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamaoat salomatligi texnikumi Guruh



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə4/4
tarix27.12.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#162971
1   2   3   4
TEPKI KASALLIGI (PAROTIT)

TEPKI KASALLIGINI DAVOLASH
Tepki kasalligiga chalingan bemorlar uy sharoitida davolanishi mumkin. Kasalxonaga yotqizilish jiddiy asoratlar bo’lganda va epidemiologik ko’rsatmalarga ko’ra amalga oshiriladi. Bemorlar uyda 9 kunga izolyatsiya qilinadi. Tepki kasalligi aniqlangan bolalar muassasalarida 21 kun karantin e’lon qilinadi. Parotit o’choqlarida dezinfektsiya qilish ishlari amalga oshirilmaydi.
Etiotrop davolash yo’q. Davolashning muhim maqsadi asoratlarning oldini olishdir. Eng kamida 10 kun davomida yotoq tartibida dam olish muhim ahamiyatga ega. 1 hafta davomida yotoq tartibiga amal qilmagan erkaklarda orxit birinchi 3 kunlikda gospitalizatsiya qilinganlarga (26%) nisbatan 3 marta ko’proq (75%) kuzatilgan. Pankreatitni oldini olish uchun ma’lum bir parhezga rioya qilish kerak: ortqicha yeb yuborishdan qochish, oq non, makaron, yog’li taomlar, karam iste’molini kamaytirish. Taomnoma sutli-sabzavotli bo’lishi kerak. Donlardan guruch iste’mol qilgan afzal, qora non, kartoshka iste’mol qilishga ruxsat etiladi.
TEPKI KASALI ASORATLARI
Kasallik asoratlaridan biri bo’lmish orxit kuzatilganda 5-7 kunga prednizolon belgilanishi mumkin, dozasi 40-60 mg dan boshlanib, kuniga 5 mg dan kamaytiriladi, ushbu dozalarda boshqa kortikosteroid belgilanishi ham mumkin. Parotitli meningitning kechishiga orqa miya punktsiyasi bilan biroz miqdorda likvorni chiqarib olish ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’rtacha degidratatsion terapiya biroz ahamiyatga ega. O’tkir pankreatitda suyuq avaylovchi parhez, atropin, papaverin, qoringa sovuq qo’yish, qayt qilishda — aminazin, shuningdek, fermentlarni ingibitsiya qiluvchi preparatlar, xususan vena ichiga glyukoza eritmasida kontrikal (trasilol), birinchi kun 50000 TB, so’ng 3 kun 25000 TB/sutka va 5 kun 15000 TB/sutka belgilanadi. Mahalliy terapiyaga issiq kompresslar kiradi.
TEPKI KASALLIGINI OLDINI OLISH
Tepkiga qarshi emlash — kasallikni oldini olishning xavfsiz usuli hisoblanadi. Aksariyat hollarda vaktsinatsiya aholi darajasida asoratlarni kamaytiradi. Aholining emlash ko’rsatkichi 90% bo’lsa, samaradorlik 85% ga yetadi. Uzoq muddatli profilaktika qilish uchun ikkilangan dozani kiritish talab etiladi. Birinchi dozani kiritish 12-18 oylikda tavsiya etiladi. Ikkinchi doza 2 va 6 yoshlik oralig’ida o’tkaziladi. Kasallanishdan keyin emlash hali immunitetga ega bo’lmaganlar uchun foydali bo’lishi mumkin.
EMLASH XAVFSIZLIGI
Tepkiga qarshi emlash juda xavfsiz va nojo’ya ta’sir odatda yengil bo’ladi. Vaktsinaning kiritilishi in’yektsiya joyida yengil og’riq, shishish va tana haroratning yengil o’sishiga olib kelishi mumkin. Bundan jiddiyroq nojo’ya ta’sirlar juda kam kuzatiladi. Emlash va nevrologik asoratlar o’rtasidagi bog’liqlik mavjudligini isbotlovchi dalillar yetarli emas. Vaktsinani homilador ayollarga yoki jiddiy immunosupressiyaga chalingan bemorlarga kiritish tavsiya etilmaydi. Vaktsina tovuq hujayralari asosida ishlab chiqilganligiga qaramasdan, u tuxumga allergiyasi bo’lgan shaxslarga qo’llanilishi qarshi ko’rsatmaga ega emas.
Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə