O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Xatirchi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamaoat salomatligi texnikumi Guruh



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə2/4
tarix27.12.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#162971
1   2   3   4
TEPKI KASALLIGI (PAROTIT)

TEPKIGA QARSHI IMMUNITET
Parotit boshdan kechirilgandan so’ng, odamda ko’pincha barqaror umrbod immunitet shakllanadi, ammo qayta kasallanish hollari ham uchrab turadi.
KASALLIKNING KECHISHI

Inkubatsiya davri (tepki yuqganidan boshlab kasallik alomatlari rivojlanishiga qadar bo’lgan vaqt oralig’i) 11-23 kun; ko’pincha — 13-19 kun. Ba’zi kishilarda 1-2 kun oldin prodromal hodisalar kuzatiladi (zaiflik, bezovtalik, mushak og’rig’i, bosh og’rig’i, varaja qilish, ishtaha va uyquning buzilishi). Kasallikning rivojlanishi bilan alomatlar yanada kuchayadi, so’lak bezlari shikastlanishi belgilari qayq qilinadi: og’iz quruqligi; chaynash, gaplashish vaqtida quloq atrofidagi kuchayadigan og’riq.
PAROTIT TASNIFI
A. Manifestant shakllari

  • Asoratlanmagan: faqat so’lak bezlarining shikastlanishi (bir yoki bir nechta);

  • Asoratlangan: so’lak bezlari va boshqa a’zolarning shikastlanishi (meningit, meningoensefalit, pankreatit, orxit, mastit, miokardit, artrit, nefrit).

Kechish og’irligiga qarab:
Yengil (shu jumladan, xira va atipik shakllari): subfebril isitma, intoksikatsiya belgilarisiz yoki zaif belgilari bilan, asoratlarsiz kechadi.
O’rtacha: febril isitma (38-39,9 °C), tana haroratining yuqoriligi uzoq muddat saqlanib turadu va umumiy intoksikatsiyaning belgilari (varaja qilish, bosh og’rig’i, artralgiya va mialgiya bilan) sezilarli bo’ladi, so’lak bezlarining sezilarli kattalashishi — ko’pincha ikki tomonlama parotit, asoratlar mavjudligi qayd qilinadi.
Og’ir: tana haroratining juda baland ko’tarilishi (40 °C va undan yuqori), uning uzoq muddat saqlanib turishi (2 haftagacha yoki undan ko’p), umumiy intoksikatsiyaning keskin ifodalangan belgilari (asteniya, og’ir zaiflik, taxikardiya, qon bosimining pasayishi, uyqu buzilishi, anoreksiya va boshqalar) bilan.
B. Infektsiyaning inapparat shakli
C. Epidemik parotitning rezidual hodisalari
Moyak atrofiyasi;
Bepushtlik;
Qandli diabet;
Karlik, markaziy asab tizimi disfunktsiyasi.

Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə