Aholi zichligi. Aholining zich yashashi oqibatida bir-biriga juda yaqin bog`lanish mavjudligi zarrachalari havodan o`tadigan infeksiyalar paydo bo`lishi va tarqalishi xavfini oshiradi. Mavjud sanitariya xizmatlari aholi zichligi to`satdan ortib ketishiga ko`pincha bardosh berolmay qoladi.
Aholining ko`chib yurishi. Aholining eng xavfsiz zonaga o`tishi ko`chirilgan aholi o`rtasida ham, mahalliy aholi o`rtasida ham infeksiya tarqalishiga olib kelishi mumkin.
Mavjud kommunikasiya tarmoqlarining ishdan chiqishi. Ofat vaqtida mavjud kommunikasiya tizimlari ko`pincha shikastlanib qoladi. Suv ta`minoti, kanalizasiya, elektr ta`minoti tizimlari eng nozik tizimlar hisoblanadi.
Jamiyat sog`liqni saqlash dasturlari bajarilishining to`xtab qolishi. Ofat sodir bo`lganidan keyin, odatda, xodimlar va ijtimoiy jamg`armalar ofat oqibatlarini bartaraf etishga kirishadilar. Biroq, belgilangan rejaga muvofiq jamiyatni sog`lomlashtirish Davlat dasturi uzluksiz qo`llab-quvvatlab turilmas ekan, etarli muhofaza qilinmagan aholi o`rtasida yuqumli kasalliklarning tarqalish darajasi tobora ortib ketishi mumkin.
Ofat yuz bergandan so`ng eng ko`p tarqaladigan kasalliklar yuqorida ko`rsatilgan uch omil bilan bog`liq ichak infeksiyalaridir. Infeksiya tashuvchilar tarqatadigan hamda kasallikning oldini olish uchun vaksinasiya qilingan aholi, infeksiyalar tarqatadigan kasalliklarning uzoq davom etadigan oqibatlarini to`rtinchi omil-jamiyat sog`liqni saqlash dasturlari bajarilishining to`xtab qolishi ham keltirib chiqarishi mumkin.
Infeksiyalar tarqatadigan eng tipik manba- bu ichimlik suv, ovqat mahsulotlari, ho`l meva va sabzavotlardir. Infeksiya tashuvchilar- pashsha, chivin, burgalar kasalliklar tarqatishda juda katta rol o`ynaydi. Kemiruvchilar ( kalamush va sichqonlar) ham yuqumli kasalliklar tarqatish manbalari hisoblanadi. Ofat yuz berishi natijasida aholining ko`chirilishi qaysi bir joyda odamlar haddan tashqari ko`payib ketishi, suv, ovqat etishmay qolishi hamda hayot kechirish sharoiti yomonlashib ketishiga olib kelishi mumkin. Ilgarilari bunday vaziyatlar oqibatida kasallanish va o`lim darajasi ortib, odamlar sihat- salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan to`rtta asosiy muammo ko`ndalang bo`lar edi. Ular:
-Yuqumli (emlanganlar soni ancha kam bo`ladigan qizamiq singari) kasalliklar tarqalishi;
- O`tkir ichak infeksiyasi ( ichburug`, botkin kasalligi, salmonellyoz, ich terlama, vabo) tarqalishi;
- O`tkir respirator kasalliklar, gripp tarqalishi;
- mahalliy xususiyatlar bilan bog`liq kasalliklar tarqalishi;
- oziq ovqat tanqisligi, kam ovqatlik.
Bu omillar ayniqsa bolalarga ko`proq ta`sir etadi. Quyidagi tadbirlar bunday vaziyatga tushmaslik hamda kasallanish va o`lim darajasini yuqori bo`lishi oldini olish imkonini beradi:
-
Salomatlik
muammolari
|
Kasalliklar oldini olish choralari
|
Qizamiq
|
6 oydan 15 gacha yoshdagi hamma bolalarni immunizasiya qilish va A vitaminini taqsimlash
|
O`tkir respirator infeksiyalar
|
Issiq yashirinish joyi, yashab turishga etarli loy, issiq kiyim, ko`rpa, oddiy respirator infeksiyalarni davolaydigan dori darmonlar
|
Diareya, vabo, ichburug`
|
Toza suv va normal sanitariya sharoiti hamda shaxsiy gigieyna qoidalariga rioya qilish
|
Kam ovqatlik
|
Oqilona tanlangan ovqatlanish rasioni va oziq-ovqatni taqsimlashning yo`lga qo`yilgan tizimi
|
FVda birinchi tibbiy yordam ko`rsatish dasturlarida jabrlanganlarning salomatligi ularni sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, to`g`ri obqatlanish hamda boshpana berish o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri bog`liqlik bo`lishi kerak. Suv, ovqat etarli bo`lishi hamda boshpana borligi ko`p xastaliklar oldini olishga yordam beradi. Suv insonning hamma asosiy ehtiyojlaridan eng muhim hayotiy omil hisoblanadi. U ichish ovqat pishirishgagina emas, balki gigiyena maqsadlarida ham ishlatiladi. FVda ko`pincha suv etishmaydi. Suv ta`minotining cheklanganligi salomatlikka, xotirjamlikka ta`sir etadi hamda ichak va teri kasalliklari ko`payib ketishiga olib keladi.
Muayyan makon va zamon chegaralarida aholi yuqumli kasallik qo`zg`atuvchilaridan zaharlanib, kasallik epidemiyaga aylanib ketgan hudud falokat joyidagi epidemiya o`chog`I hisoblanadi. Bu chegaralar epidemiya o`chog`ining uchta elementi tavsifi bilan belgilanadi. Bular:
-
Yuqumli kasallika chalinganlar va ularning qo`zg`atuvchilarini tarqatish ehtimoli borligi
-
Yuqish xavfi nuqtai nazaridan baho beriladigan sog`-salomat aholi va gospitalga yotqizish ehtiyoji bor shikastlanganlar.
-
Odamlarga kasal yuqtirish xavfi bor tashqi muhit.
Epidemiya o`chog`ining vaqtinchalik chegaralarini aniqlashda kasal tashuvchilar borligini hisobga olish kerak.
Aholi orasida yuqumli kasalliklar ommaviy paydo bo`lishi sababli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda kasallik tarqalishiga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan rejimli cheklash choralari ko`riladi. Favqulodda vaziyatning ko`lami va kasallik turi qandayligiga qarab, kuzatish (observasiya) yoki karantin ana shunday choralardan bo`lishi mumkin.
Kuzatish vaqtidagi tadbirlar cheklash xususiyatli bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi: favqulodda vaziyat yuzaga kelgan aholi punktidan chiqish, unga kirish va transit tarzida o`tishni cheklash; bunday joydagi aholining falokat o`chog`idan tashqaridagi aholi bilan uchrashishlarini cheklash.
Karantin rejimi bulardan jiddiyroq. Bunday rejim yuqish xususiyati juda yuqori bo`lgan o`ta xavfli kasalliklar ( o`lat, tabiiy chechak, vabo) paydo bo`lganida belgilanadi. Karantin rejimi hududdan asosiy chiqish joylarini qurolli soqchilar qo`yib, aylanasi bo`ylab qurshab, falokat o`chog`ini batamom ajratib qo`yishni ko`zda tutadi
Bu cheklash choralarining amal qilishi eng so`nggi kasal kishi topilgan vaqtdan boshlab, kasallikning inkubasiya davri davom etishi vaqtiga teng muddat o`tganda tamom bo`ladi.
Observasiya yoki karantin zonasida qolgan aholi ularning oldiga qo`yilgan hamma talablarni
Qatiyan bajarishi hamda vahimaga tushmasligi kerak. Bu ayniqsa vaqtinchalik kelib qolgan kishilarga tegishlidir. Rejim zonasidan shoshilinch chiqib ketish zarur bo`lib qolganida ular inkubasiya davri mobaynida izolyatorga qo`yilib, nazorat ostida bo`lganlaridan keyin zonadan tashqariga chiqishlari uchun ruxsat berilishi mumkin.
Yuqumli kasalliklarni bartaraf etish va epidemiya avj olib ketishini tugatish choralari kompleksida muhim rol o`ynaydigan tadbirlardan biri dezinfeksiya bo`ladi. Dezinfeksiya ob`ektlaridagi va tashqi muhitning turli qatlamlaridagi yuqumli kasalliklarning qo`zg`atuvchilarini yo`q qilish uchun o`tkaziladi.
Mexanik usul- bu kir yuvish, qo`llarni, badanni yuvish, polni supurish va yuvish, chang artish. Bunda odatdagi kir bilan birga kasallik qo`zg`atuvchilari ham olib tashlanadi.
Fizik usul- bu suvda qaynatish, bug`latish va uy sharoitida tez-tez qo`llanadigan dazmollashdir. Bu usulda qo`zg`atuvchilar muayyan ekspozisiyada yuqori temperaturada yo`q qilinadi, chunki qo`zg`atuvchilarning yuqori haroratga chidamligi har xil bo`ladi. Masalan, gepatitga chalingan kasallarning idishlari va ich kiyimlarini kamida 45 daqiqa qaynatish kerak.
Kimyoviy usul- turli kimyoviy moddalarning kasallik qo`zg`atuvchilarini qirib tashlash xususiyatiga asoslangan. Xlorli preparatlar- xlorli ohak, xloramin, kalsiy gipoxlorid tuzi, lizol – dezinfeksiya ishlarida eng ko`p qo`llanadigan kimyoviy moddalardandir.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari majmuida turli yuqumli kasalliklar qo`zg`atuvchilarini odamlar yuqtirmaydigan bo`lishlari uchun vaksinasiya o`tkaziladi. Buning uchun murakkab, sermehnat va qimmatbaho usullarda tayyorlanadigan vaksina, zardob va antitoksinlardan foydalaniladi. Emlash sabablari mamlakatimizda tabiiy chechak, poliomielit va boshqa kasalliklar tugatib yuborganligi vaksinasiyaning samaradorligini ko`rsatadi.
Quyidagi bo`limlardan iborat sanitary-epidemiologik razvedka halokat joylaridagi epidemic sharoitga baho berishning asosiy usuli hisoblanadi:
-
Epidemiologic ko`rsatkichlarga binoan kasallanish dinamikasini va strukturasini tahlil qilish;
-
Ofat joylarida qolgan, ko`chirib olib borilgan joylardagi aholi o`rtasidagi epidemic sharoitga aniqlik kiritish;
-
Kasallarni, shikastlangan va sog`lom kishilarning sog`-salomatligini so`rab surishtirish va tekshirib ko`rish;
-
Tashqi muhitni ko`z tashlab, shuningdek laboratoriyada tekshirish;
-
Ishlab chiqarishbinolari, suv taminoti va kanalizasiya tizimlari vayron bo`lishi natijasida ofat o`chog`idagi sanitariya-gigiyena va epidemiologic sharoitning yomonlashuvini, atrof muhit ifloslanishini battar qilayotgan xalq xo`jaligi obektlari (XXO) ni aniqlash va tekshirib chiqish;
-
Tibbiyot va veterinariya xodimlaridan, mahalliy aholidan so`rab bilish;
-
Aholi punktlari, suv taminoti manbalari, communal va oziq-ovqat obektlari va boshqalarini ko`rib chiqish;
-
To`plangan ma`lumotlarni tahlil qilish va ishlash hamda aynan shu yuqumli shakldagi epidemiya turi haqidagi mavjud materiallarga muvofiq sabab-oqibatning o`zaro bog`liqligini aniqlash.
Tabiiy ofat va halokat zonalaridagi epidemiya o`choqlarining tavsifi qandayligiga qarab, yuqumli kasalliklar o`chog`ida aholi orasidagi talafotlar mikroorganizmlar tomchili-havo yo`li bilan organizmga bevosita tutishi, organizmga suv va ovqat mahsulotlaridan yuqishidan ham paydo bo`ladi.
Talofatlar qancha bo`lishi sanitariya-gigiyena choralari, shuningdek epidemiyaga qarshi tadbirlar majmui o`z vaqtida va qanchalik to`liq o`tkazilishiga bog`liq. Odamlarning bir-biri bilan uchrashuvlari ko`p bo`lgandagi aerogen yuqishlarda sanitariya talofatlarining qanchaligi aholining shoshilinch profilaktika hamda muhofaza vositalari bilan necha foiz ta`minlahganiga bog`liq bo`ladi. Bu malumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.
Infeksiya aerogen yo`l bilan o`tgandagi taxminiy sanitariya talafotlari
Aholining muhofaza vositalaridan foydalanish foizi
|
Shoshilinch muhofaza vositalaridan foydalangan aholi foizi
|
0
|
10
|
20
|
30
|
40
|
50
|
60
|
70
|
80
|
90
|
100
|
0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
65,0
|
58,5
|
53,9
|
49,4
|
44,8
|
40,3
|
36,7
|
31,2
|
26,6
|
22,1
|
17,5
|
13,0
|
10
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
60,0
|
54,0
|
49,8
|
45,6
|
41,4
|
37,2
|
33,0
|
28,8
|
24,6
|
20,4
|
16,2
|
12,0
|
20
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
55,0
|
49,5
|
45,6
|
41,8
|
37,6
|
34,1
|
30,2
|
26,4
|
22,5
|
18,7
|
14,8
|
11,0
|
30
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
50,0
|
45,0
|
41,5
|
38,0
|
34,5
|
31,0
|
27,9
|
24,0
|
20,5
|
17,0
|
13,5
|
10,0
|
40
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
45,0
|
40,5
|
37,3
|
34,2
|
31,0
|
27,9
|
24,7
|
21,6
|
18,4
|
15,3
|
12,1
|
9,0
|
50
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
40,0
|
36,0
|
33,2
|
30,2
|
27,6
|
24,8
|
22,0
|
19,2
|
16,4
|
13,6
|
10,8
|
8,0
|
60
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
35,0
|
31,5
|
29,0
|
26,6
|
24,1
|
21,7
|
19,2
|
16,8
|
14,3
|
11,9
|
9,4
|
7,0
|
70
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
30,0
|
27,0
|
24,9
|
22,8
|
20,7
|
18,6
|
16,5
|
14,4
|
12,3
|
10,2
|
8,1
|
6,0
|
80
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
25,0
|
|
22,5
|
20,7
|
19,0
|
17,2
|
15,5
|
13,7
|
12,0
|
10,2
|
8,5
|
6,7
|
5,0
|
90
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
20,0
|
18,0
|
16,6
|
15,2
|
13,8
|
12,4
|
11,0
|
9,6
|
8,2
|
6,8
|
5,4
|
4,0
|
IZOH: Suratda -kasal yuqqanlar foizi; maxrajda-aholi umumiy sonidan kasallanganlar foizi.
|
Operativ hisoblashlarda tabiiy ofat va halokat joylarida aholi o`rtasidagi talafotlarni quyidagi formuladan topilsa bo`ladi:
Stq KxIxBxXxE, bunda:
St-sanitariya talafotlari (kishi hisobida);
K- kasallar yuqqanlar soni (uchrashganlarni ham qo`shib);
I-kontagiozlik indeksi;
B- xos bo`lmagan muhofaza koeffisienti;
X- xos muhofaza koeffisienti (immunitetlik koeffisienti)
E- shoshilinch muhofaza koeffisienti (antibiotiklar bilan muhofazalanganlik)
“K”- miqdori epidemiya o`chog`I infeksiya shakliga bog`liq tarzda aniqlanadi. Kontagioz infeksiyalarda ofat zonasidagi aholi umumiy sonining 50% ga, kamkontagioz infeksiyalarda esa 10-20% ga kasallik yuqadi, deb qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |