O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə27/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80
ПТЭ узб

10-bob


G’ILDIRAK JUFTLIKLARI


152. Har bir g’ildirak juftligi Harakat tarkibining g’ildirak juftliklarini ko’rikdan o’tkazish, ularni tekshirish, ta’mirlash va tuzish yo’riqnomasi belgilangan talablarga javob berishi hamda o’qida g’ildirak juftligi tuzilgan va to’liq tekshirilgan joyi, vaqti xaqida aniq belgilar, shuningdek, tuzilish vaqtida uni qabul qilish xaqida tamg’aga ega bo’lishi kerak.
Belgi va tamg’alar belgi markirovka qoidalarida ko’zda tutilgan joylarga qo’yiladi.
G’ildirak juftliklari belgilangan tartibda harakat tarkibi ostida ko’rikdan o’tishi, oddiy va to’liq tekshirishdan o’tishi, qo’yilayotgan vaqtda esa tegishli jurnal va pasportlarda qayd qilinishi kerak.
153. Yuklanmagan g’ildirak juftliklarida g’ildiraklarning ichki chegaralari orasidagi masofa 1440 mm bo’lishi kerak. 120 km/soat dan 140 km/soat gacha tezlikda harakatlanuvchi poezdlarning lokomotiv va vagonlarda bu masofadan chetga chiqishlar ko’payish tomoniga 3 mm dan oshib ketmasligi, kamayish tomoniga 1 mm dan oshib ketmasligi kerak. 120 km/soat gacha tezlikda ko’payish va kamayish tomonga chetga chiqishlar 3 mm dan oshmasligi kerak.
154. G’ildirak juftligi o’qining biron-bir qismida yoki g’ildirak aylanasi, diski va stupisasida darzi bo’lgan, g’ildirak juftligi grebenida uchli nakat mavjud bo’lgan harakat tarkibining foydalanishga topshirilishi va poezdlarda harakatlanishi taqiqlanadi. Shuningdek, harakat tarkibi bilan yo’lning o’zaro normal munosabatini buzuvchi g’ildirak juftliklarining quyidagi edirilishi va nosozliklarida harakatlanish man etiladi:
a) 120 km/soat dan 140 km/soat gacha bo’lgan harakat tezliklarida:
lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi, yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat 5 mm dan ko’p bo’lsa;
lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada o’lchanadigan, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada o’lchanadigan grebenning kengligi 33 mm dan katta va 28 mm dan kichik bo’lganida;
b) 120 km/soat gacha bo’lgan harakat tezligida:
lokomotivlarda, shuningdek, motorvagon harakat tarkibi va uzoq masofalarga qatnovchi poezdlarning yo’lovchi vagonlarida g’ildirash aylanasi bo’ylab prokat 7 mm dan ko’p bo’lsa, mahalliy va shahar tashqarisiga qatnovchi poezdlarning motorvagon harakat tarkibi va yo’lovchi vagonlarda 8 mm dan ko’p bo’lsa, refrejerator va yuk vagonlarida 9 mm dan ko’p bo’lsa;
lokomotivlarda balandligi 30 mm bo’lgan greben cho’qqisidan 20 mm masofada o’lchanganida, harakat tarkibida esa 28 mm balandlikdagi greben cho’qqisidan 18 mm masofada o’lchanganida greben kengligi 33 mm dan katta va 25 mm dan kichik bo’lganida;
v) maxsus shablon bilan o’lchananadigan 18 mm dan baland bo’lgan grebenning vertikal kesimi;
g) lokomotiv, motorvagon harakat tarkibi va rolik buksa podshipnikli vagonlarda g’ildirash yuzasidagi polzun 1 mm dan oshsa, sirpanish podshipnikli vagon va tenderlarda 2 mm dan ko’p bo’lsa.
Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan yoki rolik buksa podshipnikli tenderdan tashqari, yo’nalish bo’ylab ketayotgan vagonda 1 mm dan katta, lekin 2 mm dan kichik chuqurlikdagi polzun aniqlanganida, bunday vagon (tender)ni poezddan ajratmagan holda (yo’lovchi poezdi - 100 km/soat dan, yuk poezdi - 70 km/soat dan oshmagan tezlik bilan) g’ildirak juftlarini almashtirish uchun vositalari bo’lgan eng yaqin texnik xizmat ko’rsatish punktiga olib borish mumkin.
Motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda polzunning kattaligi 2 dan 6 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 1 dan 2 mm gacha bo’lganida eng yaqin stansiyagacha 15 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Agar polzun, motorvagon harakat tarkibining motor vagonidan tashqari, vagonlarda 6 dan 12 mm gacha, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibining motor vagonida 2 dan 4 mm gacha bo’lsa, 10 km/soat tezlik bilan harakatlanishga ruxsat beriladi. Eng yaqin stansiyada g’ildirak jufti almashtirilishi kerak. Vagon va tenderda polzun 12 mm dan, motorvagon harakat tarkibining motor vagonida va lokomotivlarda 4 mm dan oshsa, g’ildirak juftini osib qo’yib yoki aylantirish imkoniyatisiz sharti bilan 10 km/soat tezlikda harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Bunda lokomotiv poezddan ajartilgan bo’lishi, ishdan chiqqan g’ildirak juftligining tormoz silindlari va tortish elektr dvigateli (elektr dvigatellar guruhi) o’chirilgan bo’lishi kerak.
Yuk vagonlarining yo’lovchi poezdlarga ulanishida g’ildirak jufti me’yorlari yo’lovchi poezdlar uchun belgilangan me’yor talablariga javob berishi kerak.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə