O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


-bob HARAKAT TARKIBIGA TEXNIK XIZMAT



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə29/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80
ПТЭ узб

12-bob


HARAKAT TARKIBIGA TEXNIK XIZMAT
KO’RSATISH VA TA’MIRLASH


161. Harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi nosozliklari bo’lgan harakat tarkibini foydalanishga chiqarish va poezdlarda harakatlanishga yo’l qo’yish, shunigdek, tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlay olmaydigan yuk vagonlarini poezdlarga qo’shish man etiladi.
Elektr pnevmatik tormoz, isitish, elektr uskunalar, ventilyasiyada nosozliklari bo’lgan va yo’lovchilar tashishning me’yordagi sharoitini buzuvchi boshqa nosozliklari bo’lgan yo’lovchi vagonlarni, shuningdek, yo’lovchi poezd boshlig’i (mexanik-brigadir) ning mashinist bilan UQT-diapozonli radioaloqasi nosoz bo’lgan radiokupeli (shtab) yo’lovchi vagonlarni poezdga qo’shish taqiqlanadi.
Harakat tarkibining texnik ahvoliga bo’lgan talablar, shuningdek, unga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
162. Harakat tarkibining texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimi, ikki ta’mir orasidagi bosib o’tiladigan masofasi me’yori va ta’mirlashga qo’yish tartibi DATK tomonidan «O’zdavtemiryo’lnazorat» bilan kelishilgan holda o‘rnatiladi.
Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bo’yicha texnik ko’rsatmalar va namunaviy texnolgik jarayonlar DATK boshgaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(162 band ikkinch abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2012 yil 30 mart 70- son buyrug'iga asosan o'zgartirish kiritilgan).
163. Harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash sifatiga hamda harakat tarkibi va maxsus harakat tarkibi harakat xavfsizligiga, bevosita texnik xizmat va ta’mirlashni bajargan ishchilar, tegishli zavod, depo, ustaxona va texnik xizmat ko’rsatish punktlarining ustalari va rahbarlari javobgardirlar.


Lokomotivlar va motorvagon harakat tarkibiga
texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash


164. Lokomotivlar va motorvagon harakat tarkiblarining texnik holati sistematik ravishda lokomotiv brigadalari yordamida texnik xizmat ko’rsatish punktlarida va zamonaviy tashhis vositalari bilan jihozlangan asosiy depolarda kompleks va maxsus brigadalar tomonidan tekshirilishi, shuningdek, depo, mintaqaviy temir yo’l uzeli, DATK lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi rahbariyatlari tomonidan davriy nazorat qilinishi kerak.
(164 bandga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Texnik xizmat ko’rsatishda quyidagilar tekshiriladi:
qurilma, uzel va detallarning holati va edirilishi hamda ularning belgilangan o’lchamlarga mos kelishi;
xavfsizlik qurilmalari, tormoz uskunalari va avtotirkama qurilmalari, nazorat, o’lchash va signal asboblari, elektr zanjirlarining texnik soz holati.
Quyidagi nosozliklardan bittasi bo’lganida ham, lokomotiv va motorvagon harakat tarkibini foydalanishga chiqarish man etiladi:
ovoz signalini uzatuvchi moslamaning nosozligi;
pnevmatik, elektrpnevmatik, qo’l tormozlari yoki kompressorlarning nosozligi;
tortish elektr dvigatelining bittasi o’chganida yoki nosozligida;
harakatlanish keltirmasining nosozligi;
dizel sovutgichi ventilyatori, tortish elektr dvigateli, to’g’rilash moslamasining nosozligi;
avtostop, avtomatik lokomotiv signalizatsiya yoki mashinist hushyorligini tekshirish qurilmasining nosozligi;
tezlik o’lchagich va qayd qilish qurilmasining nosozligi;
poezd va manevr radio aloqa qurilmalarining nosozligi;
avtotirkama qurilmalarining nosozligi;
qum berish tizimining nosozligi;
projektor, bufer chirog’i, yoritish, nazorat qilish yoki o’lchash moslamasining nosozligi;
xomut, ressor osma yoki ressora o’zak listidagi darz ketish, ressor listining sinishi;
buksa korpusidagi darz;
buksa yoki motor-o’qli podshipnik nosozligi;
konstruksiyada ko’zda tutilgan yo’llarga detal tushishidan himoyalovchi qurilmaning yo’qligi yoki nosozligi;
tortuvchi tishli uzatmaning bitta tishining darz ketishi yoki sinishi;
moyninng sizib chiqishiga olib keluvchi tishli uzatma kojuxining nosozligi;
yuqori voltli kameraning himoya blokirovkasi nosozligi;
pantografning nosozligi;
o’t o’chirish vositalarining nosozligi;
qisqa tutashuv toklari va kuchlanishning ortib ketishidan himoyalovchi qurilmalar, dizelning avariya to’xtashi qurilmalarining nosozligi;
dizelda taqillash va begona shovqinning paydo bo’lishi;
ta’minlash moslamasi, muhofazalovchi klapan, suv ko’rsatish moslamasidagi nosozliklar;
elektr uskunalarida muhofazalovchi kojuxlarning yo’qligi, akkumulyator batareyalari nosozliklari.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə