O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


-bob TORMOZ USKUNALARI VA AVTOTIRKAMA QURILMALARI



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə28/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
ПТЭ узб

11-bob


TORMOZ USKUNALARI VA AVTOTIRKAMA QURILMALARI


155. Harakat tarkibi avtomatik tormozlar bilan, yo’lovchi vagonlar va lokomotivlar, bundan tashqari, elektr pnevmatik tormozlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Harakat tarkibining avtomatik tormozlari DATK belgilagan me’yorlarda saqlanishi, foydalanishning turli xil sharoitlarida boshqarilishi va ishonchli ishlashi, silliq to’xtashni ta’minlashi, shuningdek, havo uzatish magistralining yorilishi yoki uzilishida va stop-kranning ochilishida poezd to’xtashini ta’minlashi kerak.
Harakat tarkibining avtomatik va elektr pnevmatik tormozlari, DATK tasdiqlagan hisob ma’lumotlariga ko’ra aniqlangan tormoz yo’lidan katta bo’lmagan masofada shoshilinch to’xtashda poezd to’xtashiga kafolat bera oladigan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak.
156. Avtomatik tormozlar vagonning yuklanganligi, tarkib uzunligi va yo’l profiliga ko’ra tormozlashning turli usullarini qo’llashni ta’minlashi kerak.
Yo’lovchi vagonlarida va motorvagon harakat tarkiblarida stop-kranlar vagonlarning ichida, tamburlarda o’rnatiladi va plombalanadi.
157. Lokomotivlar, yo’lovchi vagonlar va motorvagon harakat tarkibi qo’l tormozlari bilan jihozlanadi. Vagonlarning bir qismi DATK me’yorlariga ko’ra qo’l tormozi va stop-kranli o’tish maydonchasiga ega bo’lishi kerak.
1970 yil 1 yanvarigacha qo’l tormozlarisiz qurilgan pochta va bagaj vagonlaridan foydalanishga yo’l qo’yiladi.
Harakat tarkibining qo’l tormozlari belgilangan me’yorlar bo’yicha saqlanishi va DATK belgilagan hisoblangan tormoz bosish kuchini ta’minlashi kerak.
158. Ajralishi yoki buzilishi gabaritdan chiqib ketish yoki yo’lga qulashga olib keladigan tormoz richag uzatmasi barcha qismlari muhofaza qurilmalariga ega bo’lishi kerak.
159. Harakat tarkibi avtotirkama bilan jihozlangan bo’lishi kerak.
Avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa sathidan balandligi quyidagicha bo’ladi:
Lokomotivlarda, bo’sh yuk va
yo’lovchi vagonlarda ko’pi bilan………………… 1080 mm

Lokomotivlarda va ichida odamlari


bo’lgan yo’lovchi vagonlarda kamida …………….. 980 mm

Yuk vagonlarida (yuklanganida) kamida ………… 950 mm


Ta’mirdan chiqayotgan harakat tarkibi uchun avtotirkama o’qining rels kallaklari tepa sathidan balandligi DATK yo’riqnomasi bilan o‘rnatiladi va foydalanishda (eng ko’p emirilish va yuklanishlarda) me’yorlarga rioya qilishni ta’minlashi kerak.


Avtotirkama bo’ylama o’qlari orasidagi balandlik bo’yicha farq:
Yuk poezdida 100 mm

Yuk poezdining lokomotivi va


birinchi yuklangan vagon orasida 110 mm

120 km/soat gacha tezlik bilan


harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 70 mm

120-140 km/soat tezlik bilan


harakatlanayotgan yo’lovchi poezdida 50 mm

Yo’lovchi poezdining lokomotivi va


birinchi vagoni orasida 100 mm dan oshmasligi kerak.
Yo’lovchi vagonlarning avtotirkamasi vertikal ko’chish cheklagichlariga ega bo’lishi kerak.
160. Jo’natish oldidan tarkibga texnik xizmat ko’rsatgan vagon qarovchisi avtotirkama qurilmalarining texnik holati va poezd tarkibida vagonlarning to’g’ri ulanganiga mas’ul hisoblanadi.
Vagon qarovchilari bo’lmagan stansiyalarda vagonlarni poezdga ulashda, shuningdek, manyovr ishlarida, to’g’ri ulanishga manyovr rahbari javobgar hisoblanadi.
Lokomotiv mashinisti lokomotivning poezd birinchi vagoni bilan to’g’ri ulanishiga javobgar hisoblanadi. Poezd lokomotivini tarkibdan ajratish va tarkibga ulash (chunochi, tormoz rukavalarini ajratish, birlashtirish va osib qo’yish, so’nggi kranlarni ochish va yopish) ishlari lokomotiv brigada xodimlari tomonidan bajarilishi kerak.
Elektr isitish bilan jihozlangan yo’lovchi tarkibidan poezd lokomotivini ajratish poezd elektrmexanigi tomonidan yuqori voltli vagonlararo elektr ulagichlar ajratilganidan so’ng lokomotiv brigada tomonidan bajariladi. Isitish elektr zanjirlarini ajratish pantograf pastga tushirilganidan keyin amalga oshiriladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə