O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə36/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
ПТЭ узб

(188 band ikkinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Dispetcherlik markazlashtirish mavjud uchastkalarda joylashgan stansiyalarda signallarni boshqarish va o’tkazish uchun poezd dispetcheri mas’ul.
189. Strelka posti navbatchilarining ishini nazorat qilish uchun stansiyalarda yo’llarning rivojlanganligi, manyovr ishlarining xususiyati va hajmiga bog’liq ravishda strelka postining katta navbatchilari tayinlanadi.
Ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilangan stansiyalarda strelka postining katta navbatchilari postga bevosita xizmat ko’rsatish uchun yoki bir paytning o’zida postga xizmat ko’rsatish va strelka hududida joylashgan boshqa strelka navbatchilarining ishini nazorat qilish uchun tayinlashinishi mumkin. Dispetcherlik markazlashtirishning markaziy postlariga va stansiyalardagi stansiya postlariga poezd dispetcherlari yoki stansiya navbatchilaridan tashqari markazlashtirish posti operatorlari tayinlanishi mumkin.
(189 band ikkinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
190. Poezdlarni qabul qilish va jo’natishdan oldin bevosita qabul qilish va jo’natish marshruti tarkibiga kirgan, shuningdek, muhofaza strelkalari berkitilishi lozim.
Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutini tayyorlashda markazlashtirilgan strelkalarni o’tkazish stansiya navbatchisi yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha markazlashtirish posti operatori tomonidan amalga oshiriladi. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutini tayyorlashda markazlashtirilmagan strelkalarni o’tkazish va berkitish strelka postining navbatchisi, strelka postining katta navbatchisi yoki strelkalarga xizmat ko’rsatish paytida stansiya navbatchisi tomonidan amalga oshiriladi.
191. Poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshrutlarida kalitli bog’liqlik bilan jihozlanmagan markazlashtirilmagan strelkalarning kalitlari stansiyaning navbatchisi yoki strelka postining katta navbatchisida, jihozlanganlarida esa – strelka postining ijro postida yoki stansiya navbatchisining farmoyishi apparatida saqlanishi lozim.
Peregonlarda, shuningdek, oraliq stansiyalarning qabul qilish-jo’natish yo’llari lokomotivsiz tarkiblar yoki alohida vagonlar bilan band etilgan hollarda kalitli bog’liqlik bilan jihozlanmagan berk strelkalarning kalitlari stansiyaning navbatchisida saqlanishi shart. Boshqa turdagi eng mas’ul strelkalarining (razryadli yuk ortilgan vagonlar, tiklash va o’t o’chirish poezdlari turishi uchun ajratilgan yo’llarga yo’naltiruvchi, asosiy yo’llar o’rtasidagi, tutib qoluvchi berk yo’llar strelkalari va h.z.) kalitlarini saqlash tartibi va ushbu strelkalar ro’yxati stansiyaning texnikaviy-boshqaruv aktida belgilanadi.
192. Manyovr harakatlarida strelkalarni o’tkazish manyovrlarga rahbarlik qilayotgan shaxsning farmoyishiga binoan signalchilar yoki strelka postining navbatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Elektr markazlashtirish mavjud stansiyalardagi manyovr harakatlarida strelkalar stansiya navbatchisi yoki markazlashtirish posti operatori tomonidan o’tkaziladi. Strelkalar markaziy boshqaruvdan mahalliysiga berilganda, shuningdek, strelka posti navbatchilari xizmat ko’rsatmaydigan markazlashtirilgan strelkalarda manyovrlar amalga oshirilganda tuzish yoki lokomotiv brigadalarining xodimlari, konduktorlar, park navbatchilari, stansiya navbatchilari, stansiya boshlig’i, yuk va bagajni qabul qilib-topshiruvchilar, lokomotiv, vagon depolarining xodimlari va boshqalarga strelkalarni o’tkazishga ruxsat beriladi. SHunday strelkalarning raqami ko’rsatilgan holda stansiyalarning, hamda manyovrlar paytida ushbu strelkalarni o’tkazishga ruxsat berilgan xodimlarning ro’yxati va strelkalarni o’tkazish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
(192 band ikkinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Markazlashtirilgan strelkani o’tkazishdan oldin unga xizmat ko’rsatuvchi xodim poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomada belgilangan tartibga muvofiq strelkali o’tkazgich harakat tarkibi bilan band etilmaganligiga ishonch hosil qilishi shart.
193. Strelkali o’tkazgichda ta’mir ishlarini bajarish zarur bo’lganda signalchi yoki strelka postining navbatchisi (strelka postining katta navbatchisi), yo’l distansiyasi yoki signalizatsiya va aloqa distansiyasi xodimlarini, faqat stansiya navbatchisining ruxsati bilan ta’mir ishlarini bajarishga qo’yishi mumkin.
Ta’mir ishlari tugagandan so’ng signalchi, strelka postining navbatchisi (strelka postining katta navbatchisi) strelkali o’tkazgichning holati xavfsiz harakatni ta’minlashiga ishonch xosil qilib, bu xaqda stansiya navbatchisiga xabar qilishlari lozim.
194. Stansiya yo’llaridagi strelkali o’tkazgichlar, jumladan, boshqa xo’jalik va tashkilotlar tasarrufiga berilgan yo’llarning tutashuvidagi strelkali o’tkazgichlar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi.
Boshqa xo’jalik va tashkilotlar yo’llaridagi strelkali o’tkazgichlar, tegishli temir yo’l bo’linma va tashkilotlar boshliqlarining ixtiyorida bo’ladi.
Stansiya va tegishli bo’linmalar boshliqlari ixtiyorlaridagi strelka o’tkazgichlarning toza va soz holda bo’lishini, shuningdek, strelka o’tkazgichlarning tozaligini, soz ishlashini va yaxshi yoritilishini ta’minlashlari lozim.
195. Texnikaviy holatini nazorat qilish, tozalash, moylash, mahkamlash va ayrim boltlarni almashtirish ishlari: markazlashtirilmagan strelkali o’tkazgichlarda - ularga xizmat qiladigan strelka postining navbatchilari; markazlashtirilgan strelkali o’tkazgichlarda - yo’l distansiyasi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Markazlanshtirilgan, shuningdek, strelka posti navbatchilarining tasarrufida bo’lmagan markazlashtirilmagan strelka o’tkazgichlarning texnikaviy holatini nazorat qilish, tozalash, moylash, mahkamlash va ayrim boltlarni almashtirish ishlari tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
(195 band ikkinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə