O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə33/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
ПТЭ узб

14-bob


ALOHIDA PUNKTLAR


179. Poezdlar harakati, uni alohida punktlarga ajratish bilan amalga oshiriladi.
Stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari va yo’l postlari, avtoblokirovkaning o’tish svetoforlari alohida punktlar hisoblanadi. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasida blok-uchastkalarning chegaralari ham alohida punktdir.
180. Quyidagilar stansiya chegaralari hisoblanadi:
bir yo’lli uchastkalarda – kirish svetoforlari;
ikki yo’lli uchastkalarda har bir asosiy yo’lga alohida bir tarafdan -kirish svetofori, ikinchi tarafdan-so’nggi chiqish strelka o’tkazgichdan keyin kamida 50 m masofada o’rnatilgan «Stansiya chegarasi» yozuvli signal belgisi.
Ikki taraflama avtoblokirovkalar bilan jihozlangan, shuningdek, noto’g’ri yo’ldan poezdlarni qabul qilish uchun kirish svetoforlari o’rnatilgan ikki yo’lli uchastkalarda har bir alohida asosiy yo’l uchun kirish svetoforlari stansiya chegarasi hisoblanadi.
181. Har bir alohida punkt, yordamchi post va yo’lovchi to’xtash punkti nomi va raqamiga ega bo’lishi kerak. Nom tashqi tomondan yo’lovchilar binosida, poezdlar keladigan ikki tarafdan, kerak bo’lsa yo’lovchilar platformasining oxirlarida joylashtirilishi kerak.
SHahar atrofida qatnaydigan poezdlarning jadal qatnovchi uchastkalarida joylashgan yo’lovchilar to’xtash punktida punkt nomi, bundan tashqari, yo’lovchi platforma bo’ylab bir necha joylarda ko’rsatilishi kerak.
182. Temir yo’llar: peregonlardagi asosiy yo’llar, stansiya yo’llari (chunonchi, stansiyalardagi asosiy yo’llar) va maxsus yo’llarga bo’linadi.
DATK boshqa korxona va tashkilotlari tasarrufida bo’lganlaridan tashqari, stansiya xududidagi barcha yo’llar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi.
183. Stansiyadagi har bir yo’l, srelkali o’tkazgich, stansiya markazlashtirish posti va strelkali post, peregonlarda esa har bir asosiy yo’l nomerga ega bo’lishi kerak.
Bir stansiya hududida yo’llar, strelkali o’tkazgichlar va postlarga bir xil nomer berish taqiqlanadi. Alohida parkka ega stansiyalarda bir parkning hududida yo’llarni bir xil nomerlash taqiqlanadi.
Yo’llar va strelkali o’tkazgichlarni nomerlash tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə