O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Tormozlash magistrali holatini va barcha vagonlardagi tormozlarning ishini sinovdan o’tkazib to’liq tekshirish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə41/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
ПТЭ узб

Tormozlash magistrali holatini va barcha vagonlardagi tormozlarning ishini sinovdan o’tkazib to’liq tekshirish:
poezdlarni jo’natishdan oldin tuzish stansiyalarida;
lokomotiv almashgandan so’ng. Bundan tashqari, lokomotivlarning harakatlanish uchastkasi 600 km dan ortiq bo’lsa, vagonlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish punktiga ega stansiyalarning birida yuk poezdining avtotormozlari to’liq sinovdan o’tkazilishi shart. Bunday stansiyalarning ro’yxati DATK tomonidan o‘rnatiladi;
motorvagonli poezdni depodan chiqarishdan oldin yoki uni stansiyada brigadasiz turganidan so’ng;
poezdning to’xtashi harakat grafigida ko’zda tutilgan uzoqqa cho’zilib borgan pasayishga ega peregonlardan oldingi stansiyalarda;
0,018 va undan qiyaroq uzoqqa cho’zilib borgan pasayishlardan avval to’liq sinovdan o’tkazish tormozlangan holda o’n minut ushlab turilgandan so’ng amalga oshiriladi. Bunday stansiyalarning ro’yxati DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
Elektrpnevmatik tormozlarining to’liq sinovi yo’lovchi poezdlarni tuzish va harakatlanish stansiyalarida ko’chmas qurilmalardan yoki poezd lokomotividan amalga oshiriladi.
Tormoz magistrali holatini so’nggi ikki vagonining tormozlari ishini sinab qisqa tekshirish:
poezd lokomotivini tarkibga ulangandan so’ng, agar bundan ilgari stansiyada avtotormozlar kompressor qurilmasi yoki lokomotivdan to’liq sinovdan o’tkazilgan bo’lsa;
motorvagon poezdi boshqaruv kabinasi va lokomotiv poezddan uzilmagan hollarda lokomotiv brigadasi almashganidan so’ng;
poezd tarkibida rukavlarni har qanday uzilishlaridan so’ng, tarkibidagi so’nggi kran berkitilgandan so’ng, harakat tarkibi ulanishi natijasida rukavlar ulangandan so’ng (so’nggi holatda har bir ulangan vagonning tormozlari ishi tekshiriladi);
yo’lovchi poezdlarda poezd 20 minutdan ortiq turgandan so’ng, asosiy rezervuarlardagi bosim 5,5 kgs/sm2 dan tushib ketsa, boshqaruv kabinasi o’zgarsa yoki peregonda asosiy kabinadan poezd harakatini boshqarish imkoniyati yo’qligi sababli poezd to’xgagandan so’ng boshqaruvni ikkinchi lokomotiv mashinistiga topshirilganidan so’ng;
yuk poezdlarida to’xtash paytida avtotormozlarning o’z-o’zidan ishlab ketishi yoki zichlikning VU-45 shaklli ma’lumotnomada ko’rsatilgandan 20 foizdan katta miqdorda o’zgargan bo’lsa;
yuk poezdlarida 30 minutdan ortiq to’xtashdan so’ng.
Elektrpnevmatik tormozlarning qisqacha sinovi lokomotivlar va lokomotiv brigadalari almashadigan punktlarda, vagonlar ulanganda (har bir ulangan vagon tormozlarining ishi sinovdan o’tkazilib) amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, tormozlarning to’liq yoki qisqa sinovidan so’ng, DATKning tegishli yo’riqnomasida belgilangan tartibda yo’l davomida tormozlarning ishi sinovdan o’tkaziladi.
225. Poezdda avtotormozlar to’liq sinalgandan so’ng vagonlar ko’ruvchisi etakchi lokomotivning mashinistiga poezdning tormozlar bilan ta’minlanganligi va soz ishlashi xaqidagi DATK belgilagan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Poezdga berilgan ma’lumotnomada so’nggi vagonning raqami ham ko’rsatiladi.
Motorvagon poezdlarda avtotormozlarning har bir to’liq sinovi to’g’risida qayd maxsus kitobga yoziladi.
Avtotormozlarning har bir qisqa sinovida vagonlar ko’ruvchisi, bu lavozim ko’zda tutilmagan joylarda esa, stansiya navbatchisi, bosh konduktor yoki poezdlar tuzuvchisi, mashinistda mavjud tormozlar xaqidagi ma’lumotnomaga avtotormozlarning qisqa sinovi (shu jumladan tarkibdagi o’zgarish) to’g’risida qayd kiritadi.
Avtotormozlarning qisqa sinovida so’nggi ikki vagonning tormozlari ishlamagan holatda, zimmasiga avtotormozlarning sinovi yuklatilgan xodim poezd jo’natilmasligi uchun choralar ko’rishi shart.
Vagonlar ko’ruvchisi lavozimi ko’zda tutilmagan stansiyalarda, yo’lovchi poezdlarda avtotormozlar ishining sinoviga vagonlar yo’l kuzatuvchilari, yuk poezdlarida esa - avtotormozlarni sinash operasiyalarini bajarishga o’rgatilgan xodimlar (bunday lavozimlar ro’yxati DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi) jalb etiladi.
Og’irligi va uzunligi oshirilgan, birlashtirilgan poezdlarda vagonlarni avtotormoz tizimiga qo’shish tartibi, shuningdek, bunday poezdlarda avtotormozlarni sinash tartibi DATK ning tegishli yo’riqnomasiga muvofiq o‘rnatiladi.
226. Poezdlarda tormozlarni boshqaruv rejimini (tezlikni o’lchash lentalarini rasshifrovkasi bilan) sinash uchun tormozlarni sinovchi vagonlardan foydalanilish lozim. Yuk va mahalliy yo’lovchi poezdlar hamda uzoq masofaga qatnovchi yo’lovchi poezdlari uchun uchun tekshirish tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə