O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Poezdlarni jihozlash va ularga xizmat ko’rsatish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə42/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80
ПТЭ узб

Poezdlarni jihozlash va ularga xizmat ko’rsatish


227. Yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk, harbiy va odam tashish poezdlari yong’inni o’chirish vositalari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish vositalari bilan ta’minlanadi.
Yo’lovchi poezdlarning tarkiblari poezd mashinisti bilan aloqa qilish uchun UQT-diapazondagi radiostansiyalar bilan jihozlanadi.
Poezdlarni sanab o’tilgan vositalar bilan ta’minlash me’yorlari DATK tomonidan tasdiqlanadi.
228. Lokomotivlar DATK tasdiqlagan me’yorlar bo’yicha radiostansiya, yong’inni o’chirish va harakat tarkibini yo’lga ko’tarish vositalari, zarur signal asboblari, uskunalari va boshqa anjomlar bilan ta’minlanishi lozim.
Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi DATK belgilagan ro’yxat va me’yorlar bo’yicha uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishi kerak.
Bundan tashqari, tarkibni peregonda mahkamlash zaruratini ko’zda tutib, lokomotvlar va motorvagon poezdlar to’rtta tormozlash boshmog’i bilan ta’minlanishi lozim.
Avtotormozlar ishdan chiqqan hollarda yuk va yo’lovchi yuk poezdi tarkibini nishab qiyaligi 0,012 dan ortiq uchastkalarda mahkamlash tartibi DATK boshgaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi.
229. Poezdga lokomotiv brigadasi tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Bundan tashqari, yo’lovchi poezdlarga vagon yo’l kuzatuvchilari hamda DATK ko’rsatmalariga muvofiq boshqa xodimlar tomonidan xizmat ko’rsatiladi.
Oraliq stansiyalarda manyovr ishlari olib borayotgan poezdlarga, bu ishga rahbarlik qilish uchun, DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ko’rsatmasi bo’yicha bosh konduktor (poezd tuzuvchi) yoki konduktorlar (tuzuvchilar) brigadasi tayinlanishi mumkin. Peregonda xo’jalik poezdlarning harakatiga ishlar rahbari yoki uning vakolatiga ega shaxs rahbarlik qiladi. Bu xodimlarning vazifalari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada belgilanadi.
(229 band uchinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Aylantirish punktlarida lokomotiv brigadalari va konduktorlarning dam olishi uchun maxsus xonalar bo’lishi lozim.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə