O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Poezdlarga tormozlarni qo’shish tartibi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə40/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
ПТЭ узб

Poezdlarga tormozlarni qo’shish tartibi


221. Harakat tarkibini, shu jumladan maxsus harakat tarkibini tormozlash vositalari bilan texnikaviy jihozlanganligiga bog’liq ravishda DATK quyidagilarni o‘rnatiladi:
yuk va yo’lovchi poezdlarining har 100 tonna og’irligi uchun yagona eng kam tormoz bosish kuchini va poezdlarning belgilangan eng katta tezlik bilan harakatlanishi ruxsat etiladigan eng katta yo’naltiruvchi pasayishni;
harakat tezligi, qiyalikning o’lchami, tormoz bosish kuchi va tormozlash yo’li oralaridagi bog’liqlik;
tormoz kolodkalarining harakat tarkibi o’qlariga bosimining hisoblangan me’yorlari, poezdlarni qo’l tormozlari bilan ta’minlash me’yorlari va tormozlash hisob-kitoblarini bajarish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlar.
Ko’rsatilgan me’yorlar va ma’lumotlar poezdlar harakati jadvali kitobchalarida beriladi.
222. Grafikda belgilangan poezdlarning uchastkalarda harakatlanish tezliklari yo’l xo’jaligi boshqarmasi, tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi, aloqa va signalizatsiya Markazi, elektr ta’minoti Markazi va lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi bilan kelishilib, DATK boshgaruvi raisining buyrug’i bilan tasdiglanadi.
223. Yo’lovchi poezdlarida avtotormozlash tizimiga yo’lovchi turidagi avtotormozli barcha vagonlar, yuk poezdlarida esa yuk turidagi avtotormozli barcha vagonlar va maxsus harakat takibi qo’shilishi lozim.
Yo’lovchi poezdlarda elektropnevmatik tormozlashdan foydalanish lozim. Yo’lovchi poezdlarga RIS gabaritli vagonlar qo’shilsa, ushbu poezdlarning pnevmatik tormozlashda harakatlanishi DATK belgilagan tartibda ruxsat etiladi.
Barcha poezdlarda hamma lokomotivlar va parovoz tenderlarining avtotormozlari (ishlamasdan ketayotgan, tormozlashning bo’sh rejimiga ega bo’lmagan tenderlar bundan mustasno) avtotormoz tizimiga qo’shilishi shart.
Barcha poezdlarda yuk va yo’lovchi turidagi avtotormozli vagonlarni birgalikda avtotormoz tizimiga qo’shish tartibi, shuningdek, vagon va lokomotivlarning havo taqsimlagichlarini tegishli rejimga qo’shish tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi.
Yuk poezdlariga oraliq magistralli harakat tarkibi qo’yilishi mumkin, ammo bir guruhda ko’pi bilan 8 ta o’q, poezdning ortidagi so’nggi ikki vagon oldidan esa ko’pi bilan 4 ta o’qdan ortmasligi lozim.
So’nggi ikki vagon ishga tushirilgan soz tormozlarga ega bo’lishi lozim.
224. Poezdlarda avtotormozlarni tekshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə