O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


-bob STANSIYANING TEXNIKAVIY



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə34/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
ПТЭ узб

15-bob


STANSIYANING TEXNIKAVIY
ISHINI TASHKILLASHTIRISH


Umumiy talablar


184. Stansiyaning texnikaviy vositalaridan foydalanish tartibi texnikaviy-boshqaruv akti bilan belgilanib, ushbu hujjat poezdlarning stansiyaga beto’siq qabul qilinishi, jo’natilishi va o’tishini, stansiya hududidagi manevr ishlarining xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasiga rioya qilinishini aniqlaydi.
Texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibga, DATK barcha bo’linmalarining xodimlari rioya etishga majbur.
185. Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv akti stansiya boshlig’i tomonidan DATK yo’riqnomasi asosida hamda ushbu Qoidalar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallash bo’yicha yo’riqnoma va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga to’liq muvofiq ravishda tuziladi.
Texnikaviy-boshqaruv akti harakat bo’yicha taftishchi tomonidan tekshiriladi va quyidagi mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi:
saralash va yo’lovchi stansiyalari, DATK boshgaruvi raisi belgilagan ro’yxatga kiritilgan yuk va uchastka stansiyalari uchun – DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan, bundan tashqari, ko’rsatib o’tilgan stansiyalar uchun lokomotiv va vagon depolari, yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyalari rahbarlari bilan, yo’lovchi stansiyalari uchun - «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ rahbariyati bilan kelishiladi;
boshqa barcha stansiyalar uchun – DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o’rnatilgan tartib bilan.
(185 band ikkinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Texnikaviy-boshqaruv aktiga stansiyaning sxematik rejasi hamda mahalliy sharoitlardan kelib chiqib zarur yo’riqnomalar ilova qilinadi.
Texnikaviy-boshqaruv aktidan ko’chirmalar, stansiya navbatchisi uchun esa, aktning stansiya boshlig’i tomonidan tasdiqlangan nusxalari stansiya navbatchisi, manevrlar dispetcheri, park va saralash tepaliklari bo’yicha navbatchi, markazlashtirish ijro postlari, strelka postlari, lokomotiv depo navbatchisi va vagonlar ko’ruvchilari xonalarida mavjud bo’lishi shart. Ko’chirmalarda tegishli xodimlar uchun zarur ma’lumotlar bo’lishi lozim.
Texnikaviy-boshqaruv aktining shakli va uni tuzish bo’yicha yo’riqnoma DATK tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə