O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


Strelka o’tkazgichlardan foydalanish



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə35/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
ПТЭ узб

Strelka o’tkazgichlardan foydalanish


186. Asosiy va qabul qilish-jo’natish, shuningdek, qo’riqlash strelkalari normal holatda turishi lozim.
Strelkalar uchun quyidagi holatlar normal hisoblanadi:
bir yo’lli yo’nalishdagi stansiyalarning asosiy yo’lidagi kirish strelkalari uchun - stansiyaning qarama-qarshi tomonidan turli yo’llarga yo’nalganlik;
ikki yo’llik yo’nalishdagi stansiyalarning asosiy yo’llardagi kirish strelkalarda - asosiy yo’llar muvofiq yo’nalganlik;
muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelakalardan mustasno, peregon va stansiyalarning asosiy yo’llaridagi barcha strelkalar uchun - asosiy yo’llarga mos yo’nalganlik;
muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boradigan strelkalar uchun - shu berk yo’llarga yo’nalganlik.
Ikkita strelkali o’tkazgichga strelkali postning bir navbatchisi xizmat ko’rsatadigan faoliyati kam, shuningdek, xodimlar ro’yxatida tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi xodimi o’rni ko’zda tutilmagan stansiyalarda, bir yo’llik yo’nalishdagi kirish strelkalarning normal holati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
(186 band uchinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
Strelkalarning holati bilan svetoforlarning marshrutlardagi signal ko’rsatmalari orasidagi bog’liqlik jadvallarida strelkalarning normal holati "plyus" belgisi bilan ko’rsatiladi. Strelkalari markazlashtirilmagan stansiyalar uchun normal holat, bundan tashqari, stansiyaning texnikaviy-boshqaruv akti va undan olingan ko’chirmalarda ko’rsatiladi. Zarur hollarda signal va marshrutlar bilan bog’lanmagan, stansiyaning tiklash va yong’in o’chirish poezdlar, xavfli yuki mavjud vagonlar va shunga o’xshashlar uchun ajratilgan yo’llarga eltuvchi markazlashtirilmagan strelkalarning normal holati stansiya boshlig’i tomonidan belgilanadi.
Belgilangan normal holat, strelkalar staninalari va elektr markazlashtirish strelkalari privodlarining qoplamalarida belgilanadi.
Quyidagi holatlarda strelkalar boshqa holatta o’tkazilishi mumkin:
poezdlarni qabul qilish va jo’natish marshruti tayyorlanganda;
manevr ishlarida;
yo’llarni harakat tarkibi egallab turganda;
to’siq joylarini to’sish va stansiya yo’llarida ishlar olib borish zaruratida;
strelkalarni tozalash, tekshirish va ta’mirlash jarayonida.
Elektr markazlashtirish mavjud stansiyalarda strelkalarni normal holatga o’rnatish shart emas, quyidagilar bundan mustasno:
- muhofaza va tutib qoluvchi berk yo’llarga olib boruvchi strelkalar;
- avtomatik qaytarish qurilmalari, bunday qurilmalar bo’lmagan taqdirda esa stansiya navbatchisi tomonidan normal holatga qaytariladigan tutib qoluvchi strelkalar.
187. Peregondagi strelka o’tkazgich yondosh stansiyalarning biriga xatlanadi yoki ayrilish joyida post tashkil etiladi.
Ushbu strelka o’tkazgichlarga texnikaviy xizmat ko’rsatish, yoritish, qo’riqlash, shuningdek, strelkalarni kalitini saqlash tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
(187 band ikkinchi abzatsiga "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga asosan o'zgartirish kiritilgan).
188. Har bir strelka va signallarni boshqarish posti, boshqaruvidagi strelka va signallarning o’tkazilishi va harakat xavfsizligi uchun mas’ul faqat bir xodimning, ya’ni: stansiyaning markazlashtirish posti - stansiya navbatchisining, ijro posti - markazlashtirish posti operatori, strelkali post - strelkali post navbatchisi, mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan saralash tepaligi markazlashtirish posti - tepalik navbatchisi yoki operator tassarrufida bo’lishi lozim.
Stansiyalarda ikki postga strelka postining bir navbatchisi, alohida strelka va postlarga esa bevosita stansiya navbatchisining xizmat ko’rsatishi ruxsat etiladi. Bunday stansiyalarning ro’yxati DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə