O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə32/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
ПТЭ узб

DATK boshgaruvi raisi belgilagan kafolat uchastkasi chegarasida vagonlarni poezddan uzmasdan ketib borishi va harakat xavfsizligi uchun, qayd etilgan punkt xodimlari javob beradi.


4 BO'LIM


POEZDLAR HARAKATINI TASHKIL ETISH


13-bob


POEZDLAR HARAKATI GRAFIGI


173. Harakat grafigi poezdlar harakatini tashkil etish asosi bo’lib, u barcha bo’linmalarning faoliyatini birlashtiradi va DATK foydalanish ish rejasini ifodalaydi. Poezdlar harakati grafigi temir yo’l transporti xodimlari uchun shubhasiz qonun bo’lib, uni bajarish temir yo’llar ishining eng muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Poezdlar harakat grafigi DATK boshgaruvi raisi yoki uning o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Poezdlar harakati grafigiga rioya qilish va uning buzilishini oldini olish poezdlar harakatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim uchun asosiy vazifa bo’lishi kerak.
Poezdlarning grafik bo’yicha harakatlanishi stansiya, depo, tortish qo’shimcha stansyalari, texnik xizmat ko’rsatish punktlari va kompaniyaning poezdlar harakati bilan bog’liq boshqa bo’linmalari ishining to’g’ri tashkil etilishi va texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan ta’minlanadi.
Poezdlar harakati grafigining buzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Favqulotda hollarda texnik vositalar to’xtab qolishi yoki tabiiy ofatlar natijasida poezdlar harakati grafigi buzilsa, DATK xodimlari kechikib kelayotgan yo’lovchi va yuk poezdlarini grafikka kiritish va ularning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun tezkor chora-tadbirlar ko’rishi kerak.
174. Poezdlar harakat grafigi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
yo’lovchi va yuklarning tashishlardagi talablarini qondirish;
poezdlar harakati xavfsizligi;
uchastkalarning o’tkazish va tashish, stansiyalarning ishlov berish qobiliyatidan samarali foydalanish;
harakat tarkibidan oqilona foydalanish;
lokomotiv brigadalarining to’xtovsiz ishlashining belgilangan davomiyligiga rioya qilish;
yo’l, inshoot, SSB, aloqa va elektr ta’minot qurilmalarini joriy asrash va ta’mirlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish imkoniyati.
175. Poezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) ikki va undan ortiq temir yo’llardan o’tuvchi uzoq yo’nalishdagi, mahalliy va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchi poezdlar, pochta-bagaj va yuk-yo’lovchi poezdlar–shu temir yo’llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda DATK boshgaruvi raisi tomonidan.
DATK chegarasida shahar atrofida qatnaydigan poezdlarni tayinlash va bekor qilish DATK boshgaruvi raisi o’rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi;
b) ikki va undan ortiq temir yo’llar chegarasida qatnaydigan harbiy, odam tashiydigan, tezlashtirilgan yuk va yuk poezdlarini–MDH davlatlari temir yo’l transporti bo’yicha Kengashi belgilagan tartibda, DATK chegarasida–DATK boshgaruvi raisi tomonidan;
v) harakat grafigida ko’zda tutilmagan tiklash va o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar va olib qo’yilmaydigan drezinalar, xo’jalik va boshqa poezdlar – YaDM yo’nalish bo’yicha navbatchisi tomonidan.
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdni tayinlash, poezdning harakatlanish tartibini ko’rsatgan holda poezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi.
176. Har bir poezdga harakat grafigi tomonidan belgilanadigan raqam beriladi. Bir yo’nalishdagi poezdlarga juft raqamlar, bu yo’nalishga qarshi yo’nalishdagi poezdlarga toq raqamlar beriladi.
Raqamdan tashqari, har bir yuk poezdiga uni tuzish stansiyasida, tarqatish stansiyasigacha o’zgarmaydigan indeks beriladi.
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdlarga raqamlar ular tayinlanganda beriladi.
177. Poezdlar quyidagilarga bo’linadi:
A. Navbatdan tashqari poezdlar – normal harakatni tiklash va yong’inni o’chirish uchun tayinlanadigan tiklash, o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar, olib qo’yilmaydigan drezinalar.
B. Navbatdagi – ustivorlik tartibi bo’yicha:
o’ta tezyurar yo’lovchi poezdlar;
tezyurar yo’lovchi poezdlar;
boshqa nomdagi yo’lovchi poezdlar;
pochta-bagaj, harbiy, yuk-yo’lovchi, odam tashish tezlashtirilgan yuk poezdlari;
yuk (o’tib ketuvchi, uchastka, terma, olib chiqib ketuvchi, uzatuvchi), xo’jalik poezdlar va vagonsiz lokomotivlar.
V. Alohida talablar asosida tayinlanadigan poezdlar, ularning tartibi tayinlash vaqtida belgilanadi.
178. Poezdlar harakati mahalliy vaqt mintaqasi bo’yicha 24 soatli hisobdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Soatlardagi vaqt ko’rsatkichi DATK barcha xududida bir xil bo’lishi kerak.
Xizmat xonalarida, stansiya yo’l parklarida, yo’lovchi platformalarida va yo’lovchilar uchun xonalarda soatlar o’rnatilgan bo’lishi kerak. Poezdlar harakati va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan shaxslar ish joylarida o’rnatilgan devor va tashqaridagi elektron soatlarni o’rnatish, ta’mirlash va asrash signalizatsiya va aloqa Markazi xodimlariga yuklatiladi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə