O„zbekiston respublikasi


Manfaatlar va xarajatlarni o‗lchash uslublari va muammolari



Yüklə 286,9 Kb.
səhifə57/61
tarix31.12.2021
ölçüsü286,9 Kb.
#81442
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
O„zbekiston respublikasi

Manfaatlar va xarajatlarni o‗lchash uslublari va muammolari

Loyihadan olinadigan manfaat (foyda)ni doim ham to‗liq miqdoriy baholash mumkin emas. Masalan, loyiha natijasida yo‗l harakati xavfsizligi yoki tibbiyot xizmati yaxshilanishitufayli aholi sog‗lig‗i yaxshilanishini baholash juda qiyii. Lgar loyiha umumiy foydalanish uchun qulaylik yaratsa (toza-lash inshootlari, jamoat markazlari), olinadigan manfaatni alohida iste‘molchining tulashga tayyorligi to‗g‗risidagi ma‘-lumotga asoslanib baholab bo‗lmaydi. Resurslar hududiy taq- simlanishining yaxshilanishi, mamlakat ichidagi (milliy) in-tegratsiyaning kuchayishi kabi loyihadan olinadigan bir qancha o‗lchab bo‗lmaydigan manfaatlar mamlakat ichida resurslarni joylashtirishda muhim rol o‗ynaydi.

Olinadigan foydani mikdoriy o‗lchash mumkin bo‗lmagan yoki ularni sifat jihatdan qismangina baholash mumkin bo‗l-gan hollarda boshqacha yondashuvlar qo‗llaniladi. Bunday yonda-shuvlardan biriga loyiha natijasida uning yaroqliligini ta‘-minlaydigan foyda-manfaatlar minimumini olish ehtimoli-ni tahlil qilish kerak. Ikkinchi yondashuv u yoki bu xizmatni ko‗rsatish uchun bajarilishi shart deb hisoblangan, ilgaridan o‗rnatilgan fizik yoki kiymat me‘yorlariga asoslanish hisob-lanadi (masalan, yo‗lga asfalt yotqizish xarajatlari 1 km.ga X so‗mdan ortmasligi kerak, birinchi yordam ko‗rsatuvchi punktgacha bo‗lgan masofa U km. dan oshmasligi zarur).

O‗lchash muammolari tarmoqlar bo‗yicha farq qiladi. Ma-salan, ta‘lim, sog‗liqni saqlash va umumiy ovqatlanish sohala-rida daromadga asoslangan manfaat mezonlari yaroqsiz bo‗lib qoladi, ya‘ni ulardan foydalanib bo‗lmaydi.

Bu hollarda yoki eng kam xarajatlar uslubidan yoki tex-nik ko‗rinishdagi muammolar uchun (masalan, maktab qurish uchun qulay me‘yorlarni anikdashda) xarajatlar samaradorligi us-lubidan foydalanish mumkin.

Xarajatlar samaradorligi tahlili bir necha muqobil variantlardan qo‗yilgan vazifa bajarilishini ta‘minlaydi-gan eng arzon loyihani tanlab olish uchun qo‗llaniladi.

Ba‘zi hollarda manfaatlar faqat fizik kurinishda bo‗ladi va shu sababli ularni moliyaviy xarajatlar bilan taq-qoslab bo‗lmaydi. Bunday hollarda yuqoridagi uslublarni qo‗l-lashdan boshqa imkon ham bo‗lmaydi.

Xarajatlar samaradorligi tahlili qo‗yilgan vazifani hal etishning eng samarali yo‗lini tanlash uchun qo‗llaniladi. Bu tahlilga loyihaga qilinadigan barcha xarajatlarni tegish-li yashirin baholar asosida kalkulyasiya qilish va ularning keltirilgan qiymatini topish uchun olingan xarajatlar oqimi-ni diskontlash kiradi.

Bu tadbir loyihani amalga oshirishning barcha variant-lari bo‗yicha o‗tkaziladi. Ko‗zda tutilgan natijalarga eng kichik diskontlangan xarajatlar bilan yoki mahsulot birligiga eng kam xarajatlar bilan erishishni ta‘minlaydigan loyiha eng yaxshi hisoblanadi. Bu mezon barcha loyihalar loyiha maq- sadini sifat jihatlaridan bir xilda krndiradi, degan shar-tga asoslanadi. Agar loyiha bo‗yicha ko‗rsatiladigan xizmatlar sifatida farq bo‗lsa, eng ma‘qul variantni aniqlashda bu hol ko‗zda tutilmosh lozim.

Iste‘mol tejami


Ko‗pgina investitsiya loyihalari natijasida iste‘mol tovarlari va xizmatlarining baholari pasayadi. CHunki bunday loyihalar ta‘minotni yaxshilaydi va tovarlar takchilligiga barham beradi (masalan, yo‗llarning yaxshilanishi yo‗l xarajat-larini pasaytiradi). Baholar pasayishidan iste‘molchilar manfaat ko‗radilar, chunki loyihani amalga oshirishi natija-sida tejalgan resurslardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.

Iste‘mol tejami — iste‘molchi tovar va xizmat uchun to‗lashga tayyor bo‗lgan summa - haqiqatdan sarflangan summa. Iste‘mol tejami qo‗shimcha mahsulot faqat uning bahosi pa-saytirilgan sharoitda sotilgandagina paydo bo‗ladi. Bunday vaziyat ko‗proq tartibga solinadigan bozorlar uchun xos. Masa-lan, kommunal xizmat, elektr ta‘minoti va hokazo. Ayrim hol-larda paydo bo‗lgan iste‘mol

tejamini aniqlash oson bo‗lsada, ko‗pincha buni (masalan, umumiy elektr tarmog‗iga ulangan zavod uchun o‗z elektrostansiyasidan olingan qimmat elektr energiya-sidan voz kechishi hisobiga olgan tejamni) hisoolash ancha qiyin bo‗ladi.

Amaliyotda olingan iste‘mol tejami e‘tiborga olinmay-di va loyihadan olingan manfaat (hisoblash oson bo‗lgan) iste‘molchilardan olinadigan to‗lovlarga teyglashtiriladi. Ammo iste‘mol tejami iqtisodiy manfaatning muhim qismi bo‗lganligi tufayli, uni hisobga olmaslik loyihadan olinadi-gan samarani ancha kam qilib ko‗rsatishga olib keladi.

Agar iste‘mol tejamining taqribiy miqdorini olishga ham imkon bo‗lmasa, loyiha variantlarini taqqoslayotganda bu hol e‘tiborda tutilishi kerak. Ayrim loyihalarni amalga oshirish natijasida

«loyihasiz» holatga nisbatan mahsulot hajmi shunchalik ko‗payadiki, u baholarning pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda pasaygan baholardan foydalanish qo‗shimcha mahsulotdan keladigan iqtisodiy manfaat etarlicha baholanmasligiga sabab bo‗ladi (chunki iste‘molchilar u uchun ko‗proq tulashga tayyor edilar). «Loyihasiz» holatga nisbatan loyiha natijasida baholar pasayipsh iete‘mol tejamini oshi-radi va bu hol iktisodiy tahlilda e‘tiborga olinishi lozim. Odatda, bu fikrlar tovarlar va xizmatlar umumiy taklifini keskin o‗zgartirishga qodir bo‗lgan juda yirik loyihalarga nisbatan tegishli bo‗lgandagina ahamiyatga ega bo‗ladi.




    1. Yüklə 286,9 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə