Oʻzbekiston respublikasi



Yüklə 5,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/257
tarix15.01.2022
ölçüsü5,76 Mb.
#82884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
MOLIYA BOZORI (2) - Sirojiddin Abrorov

1.2. Moliya bozori modellari 
 
Moliya  bozori  modeli  –  iqtisodiyotni  moliyalashtirishning  turli 
usullari  va  turli  moliyaviy  vositachilar  rolining  ahamiyatiga  bogʻliq 
holda bozorni tashkil etish tipidir. 
Iqtisodiyotni  moliyalashtirishning  ikkita  asosiy  usuli  mavjud 
boʻlib,  ular  bank  kreditlari  yordamida  moliyalashtirish  hamda 
qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirishdir.  
Bank kreditlari yordamida moliyalashtirish kontinental Yevropada 
moliyalashtirishning asosiy usuli hisoblanadi. Bunda moliyaviy resurs 
jalb  qilish  maqsadida  bankka  murojaat  qilinadi.  Bank  kompaniya 
moliyaviy  holatini  tekshiradi,  taqdim  etgan  loyihasi  va  uning 
samaradorligini  ijobiy  baholaganda  boshqa  shartlarning  ham 
bajarilishini  inobatga  olgan  holda  kredit  ajratadi.  Tegishli  talablar 
bajarilmagan  yoki  taqdim  etilgan  loyihalar  ijobiy  baholanmagan 
holatlarda,  shuningdek  loyihalar  yuqori  riskli  deb  topilganda  banklar 
moliyalashtirish  boʻyicha  arizaga  rad  javobini  berishi  mumkin. 
Bundan  tashqari  faoliyatni  moliyalashtirish  boʻyicha  bir  necha 
kreditlarni  moliyalashtirish  murakkab  jarayon  ekanligini  ham  shu 
oʻrinda qayd etib oʻtish lozim. Bank stavkalari yuqoriligi, alohida bank 


 
10 
tomonidan  mustaqil  ravishda  yirik  summada  kredit  berish  imkoniyati 
pastligi  bunday  amaliyotning  kamchiliklari  hisoblanadi.  Banklar 
tomonidan  kreditlashning  kamchiliklari  oʻz  navbatida  kompaniyalar 
tomonidan  qimmatli  qogʻozlar  bozori  orqali  mablagʻlar  jalb  qilishni 
rivojlantirishga zaruratni yuzaga keltiradi. 
Qimmatli  qogʻozlar  bozori  orqali  moliyalashtirish  Amerika 
qoʻshma  shtatlarida  va  Buyuk  Britaniya  kabi  mamlakatlarda 
iqtisodiyotni  moliyalashtirishning  asosiy  usuli  hisoblanadi.  Bunda 
kompaniyalar qimmatli qogʻozlar muomalaga chiqaradi va kapital jalb 
qilish  uchun  ularni  bozorda  sotadi.  Qimmatli  qogʻozlar  bozoridan 
mablagʻlar  jalb  qilish  kapital  jalb  qiluvchi  uchun  qulay  boʻlsada, 
loyihalarni  moliyalashtirish uchun qimmatli qogʻozlardan foydalanish 
har doim ham qulay hisoblanmaydi. Chunki bank kreditini jalb qilish 
uchun  faqatgina  bank  ishonchini  qozonish  yetarli  boʻlsa,  qimmatli 
qogʻozlar  orqali  kapital  jalb  qilish  koʻplab  investorlar  ishonchini 
qozonishni  talab  qiladi.  Bunda  investorlarni  loyihaning  samaradorligi 
va  eng  asosiysi  emitentning  investorni  muntazam  ravishda  daromad 
bilan taʼminlashiga ishontira olishi lozim boʻladi. Qimmatli qogʻozlar 
bozoridan mablagʻlar jalb qilish quyidagilar bilan bevosita bogʻliq: 
- emitent investorlar uchun ochiq va nufuzli boʻlishi lozim, uning 
loyihalari,  moliyaviy  hisobotlari  va  koʻrsatkichlari  tanishish  uchun 
qulay boʻlishi lozim; 
- jalb qilinadigan kapital kreditga nisbatan arzonga tushishi lozim. 
Buning  uchun  odatda  qimmatli  qogʻozlar  chiqarish  orqali  katta 
miqdorda kapital jalb qilishga alohida eʼtibor qaratiladi. 
Yuqoridagilardan  ham  koʻrinib  turibdiki,  turli  mamlakatlarda 
iqtisodiyot va moliya sohasi rivojiga koʻra jahonda moliya bozorining 
bank va qimmatli qogʻozlar bozoriga asoslangan ikkita asosiy modeli 
shakllanganligi  tilga  olinadi.  Bu  modellar  odatda  insayderlik  va 
autsayderlik  modellari,  nemis  va  ingliz  modellari  sifatida  ham  tilga 
olinadi.  Moliyaviy  sxemalar  va  munosabatlardagi  yaqqol  farqlarning 
yuzaga  kelganligidan  kelib  chiqqan  holda  moliya  bozorining  islom 
modeli ham keyingi paytlarda alohida qayd etilmoqda. 
Bank  modeli  –  bank  tomonidan  moliyalashtirishga  asoslangan 
tizim  boʻlib,  Germaniya,  Fransiya,  Yaponiya  va  boshqa  dunyoning 
koʻplab mamlakatlarida keng qoʻllaniladi. Oʻzbekistonda ham moliya 


 
11 
bozori  banklar  tomonidan  moliyalashtirishga  ustuvor  ahamiyat 
berilgan  boʻlsada,  maʼlum  bir  farqli  jihatlar  mavjudligini  qayd  etish 
lozim. Mazkur modelning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
- tijorat banklari moliyaviy vositachilar (broker, diler, anderrayter) 
funksiyalarini bajaradi
-  kreditlash  mexanizmlari  orqali  kompaniyalarni  uzoq  muddatli 
moliyalashtirish ustunlik qiladi; 
- mulkchilikning yuqori ulushi guruhlar qoʻlida jamlanadi. Bunda 
davlat va yirik korporativ tuzilmalar ulushi yuqori hisoblanadi
- qimmatli qogʻozlarni  qoʻshimcha joylashtirish yopiq  xarakterga 
ega; 
-  aksiyadorlik  kapitali  tarkibi  nazorat  paketi  va  vertikal  ishtirok 
etishga asoslanadi
-  bir  foizgacha  kapitalga  egalik  qiluvchi  mayda  aksiyadorlar 
kamchilikni  tashkil  qiladi,  shuningdek  kollektiv  investitsiyalash 
institutlari faoliyati mayda investorlar faoliyatida ahamiyat kasb etadi. 
Autsayderlik,  anglo-amerika  modeli  kabi  nomlar  bilan  ham 
ataluvchi nobank modeli – qimmatli qogʻozlar bozoriga yoʻnaltirilgan 
va  institutsional  investorlar  (sugʻurta  kompaniyalari,  investitsiya  va 
pay  fondlari)  tizimidir.  Mazkur  modelning  asosiy  xususiyatlari  quyi-
dagilar: 
-  qimmatli  qogʻozlar  bozorida  moliyaviy  vositachilar  funksiya-
larini  nobank  moliyaviy  institutlar,  qimmatli  qogʻozlar  boʻyicha 
tashkilotlar (birjalar, vositachilik tashkilotlari va hokazolar) bajaradi; 
-  banklar  va  ularning  filiallari  yoki  vakolatxonalariga  qimmatli 
qogʻozlar bozorida mijozlar uchun operatsiyalarni amalga oshirishlari 
taʼqiqlangan; 
-  qimmatli  qogʻozlar  asosan  koʻplab  mayda  mulkdorlar  oʻrtasida 
birja mexanizmlari orqali joylashtiriladi
-  aksiyadorlik  kapitali  tarqoq  boʻlib,  mayda  xususiy  investorlar 
ulushi aksiyadorlik kapitalining 50 foizidan yuqorini tashkil etadi
-  xususiy  investorlar  oʻrtasida  moliyaviy  aktivlar  savdosi  uchun 
bozor sifatida fond birjalarning rivojlanganligi; 
-  kompaniyalarni  moliyalashtirishda  qarz  majburiyatlariga 
nisbatan aksiyalar bozorining ustunlikka egaligi. 


 
12 
XX  asr  oxiri  –  XXI  asr  boshiga  kelib  koʻplab  Yevropa  mamla-
katlari moliya bozorlari anglo-amerika modeli xususiyatlarini oʻzlash-
tira  boshladilar.  Natijada  moliya  bozorining  anglo-amerika  va 
kontinental modellari oʻzaro yaqinlashuvi yuz berdi. 
Moliya bozorining islom modeli asosan moddiy manfaat, iqtisodiy 
foydadan oldin axloq qadriyatlari ustunligiga asoslanadi. Bu tizim XX 
asr  oxirlarida  arab  davlatlarida  neft  eksportidan  yuqori  daromadga 
bogʻliq  holda  shakllangan.  Aynan  neft  eksporti  boʻyicha  yuqori 
daromad  tufayli  kelib  tushgan  pul  mablagʻlarini  qanday  saqlash 
masalasi yuzaga kelgan. Bungacha tushumlar miqdori past boʻlganligi 
sababli,  mablagʻlar  anʼanaviy  banklarda  saqlanar  edi.  Islom  modeli-
ning asosiy xususiyatlari quyidagilar: 
-  foiz  undirishga  taʼqiq  mavjudligi.  Lekin  bunday  taʼqiq  faqat 
banklar uchun daromadlar kafolatgan holda amal qiladi
-  ulush  asosida  ishtirok  etishdan  yoki  ijaradan  daromad  olish 
imkoniyatlari; 
- obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi. Lekin obligatsiyaning 
maxsus turi loyihani moliyalashtirishdagi ulushi asosida daromad olish 
imkonini berish orqali amal qiladi
-  azart  oʻyinlari,  alkogol  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  bilan 
bogʻliq biznesga investitsiyalar kiritishga taʼqiq qoʻyilganligi; 
-  hosilaviy  moliyaviy  instrumentlarning  mavjud  emasligi.  Masa-
lan,  pishib  yetilmagan  bugʻdoy  uchun  ham  hosilaviy  instrumentlar 
qoʻllanilishi mumkin emas; 
- nochorlarga yordam tamoyillari amal qilishi. Bunda har bir islom 
banki va  uning  mijozlari zaxira kapitali va foydasi  hisobidan kamba-
gʻal musulmonlar foydasiga islom soligʻi ajratish asosida maxsus fond 
tashkil etadi. 
Umumiy  holda  taʼkidlash  mumkinki,  moliya  bozori  modellari 
maʼlum darajada korporativ madaniyatga ham bevosita bogʻliq.  


 
13 
 

Yüklə 5,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə