O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə37/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

J + S = I + Dx,


Bu yerda: J – jamg’armalar;

S – soliqlar;

I – investitsiyalar;

Dx – davlat xarajatlari.

Shunday qilib, J.M.Keyns ishlab chiqarishning monopollashuvi sharoitida iqtisodiyotni tartibga solishga yo’naltirilgan va printsial jihatdan yangi bo’lgan moliya nazariyasini ishlab chiqqan. 1970- yillarga qadar sanoati taraqqiy etgan ko’pgina mamlakatlar moliyaviy siyosatining asosini tartibga solish keynscha nazariyaning boshlang’ich holatlari (nuqtalari) tashkil etdi.

Neokeynschilar nazariyalari. J.M.Keynsning izdoshlari o’tgan asrning 50-60-yillarida uning nazariyasiga dinamik elementni joriy etdilarki, bu narsa ularga iqtisodiy o’sish nazariyasini yaratishga imkon berdi. Bu nazariyada ko’pgina mamlakatlarning iqtisodchilari (AQShdan – A.Xansen, S.Xarris; Buyuk Britaniyadan – R.Xarrod, A.Ilersik, A.Pikok; Fransiyadan – F.Perru; Germaniyadan – F.Neymark va boshqalar) tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy kontseptsiya muhim o’rinni egallaydi. Ular fiskal antitsiklik nazariyaning yaratilishini nihoyasiga etkazdilar. Bu nazariyaning mohiyati balanslashtirilgan iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun davlat daromadlari va xarajatlaridagi o’zgarishlarga borib taqaladi.

Neokeynschilar samarali talabga erishishning usuli sifatida “defitsitli moliyalashtirish” g’oyasini olg’a surdilar. Ular davlat qarzlarining o’sishini inobatga olmagan (davlat qarzlarini o’sishi

bilan hisoblashmagan) holda davlat katta xarajatlarining zarurligini isbotlab berdilar. Biroq xronik xarakter kasb etgan katta miqdordagi byudjet defitsitlari iqtisodchi olimlarning ma’lum bir guruhini, shu jumladan Stokgolm maktabi vakillarini (E.Lindal, G.Myurdal va boshqalar), byudjetga oid muammoni yangicha hal etishga majbur etdi. Bu maktab vakillari “byudjetni tsiklik balanslashtirish”, ya’ni byudjet daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy tsiklga moslashtirish nazariyasini taklif etdilar. Bu nazariyaga muvofiq iqtisodiy inqiroz paytida vujudga kelgan byudjet defitsitini davlat iqtisodiy o’sish davrida paydo bo’ladigan ortiqcha imkoniyatlar hisobidan qoplashi kerak. Ana shu tavsiyanomalarga rioya etgan holda bir necha kapitalistik mamlakatlarning hukumatlari tsiklik tartibga solishning maxsus pul fondlarini yaratdilar. Bu pul fondlarining mablag’lari iqtisodiyotning o’sishi (ko’tarilishi) davrida to’ldirilgan va ishlab chiqarishning iqtisodiy qisqarishi davrlarida esa ulardan foydalanilgan.

Xo’jalikni rag’batlantirish va uni tartibga solish uchun davlat byudjetidan faolroq foydalanish borasidagi neokeynschilarning talablari “tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasida o’z aksini yanada yaqqolroq topdi. Bu nazariyaning asosida “soliq stabilizatorlari” to’g’risidagi keynscha qarashlar yotar edi. J.M.Keynsning fikricha, “soliq stabilizatorlari” tsiklik tebranishlarni tartibga solib, ularni biroz yumshatib va ularda ma’lum bir o’zgaruvchanlikni ta’minlab, avtomatik tarzda amal qilishi kerak edi. Neokeynschilar uni “boshqariluvchan stabilizatorlar” bilan, ya’ni yangi iqtisodiy sharoitlarga muvofiq ravishda davlatning doimo o’zgarib turadigan soliq tadbirlari bilan to’ldiradilar.




Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə