O‘zbekiston Respublikasi


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə45/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar





    • Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari kontseptsiyalarining asosiy mazmuni nimalardan iborat?

    • Siyosiy iqtisod mumtoz olimlari qatoriga kimlar kiradi?

    • A.Smit soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning qanday to’rt asosiy tamoyillarini ifodalagan?

    • A.Smit mashhur asarining nomini bilasizmi? U qanday nomlangan?

    • A.Smitning soliq kontseptsiyasi qanday maqsadga qaratilgan edi?

    • J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ning asosiy g’oyasini tushuntirib bering.

    • Yangi tarixiy maktab kontseptsiyalarining vakillari kimlar?

    • A.Vagner tomonilan ishlab chiqilgan soliqqa tortishning to’qqiz tamoyillari qanday guruhlarga birlashtirilgan?

    • Moliyaviy muammolar markschilar asarlarida qanday talqin qilingan?

    • Foydalilikning cheklanganligi nazariyasining moliyaviy jihatlari nimalardan iborat?

    • J.M.Keyns moliyaviy kontseptsiyasining asosida qanday g’oya yotadi va uning asosiy jihatlariga nimalar kiradi?

    • “Samarali talab”ga erishishning muhim omillarini aytib bering.

    • 1936 yilda nashr etilgan J.M.Keynsning mashhur asari qanday nomlangan?

    • J.M.Keynsning etmayotgan talabni to’ldirish formulasi nimalardan iborat va u qanday ko’rinishga ega?

    • Neokeynschilarning qanday nazariyalari mavjud?

    • Iqtisodiy o’sish nazariyasining asosiy mazmuni nimalardan iborat va uning ijodkorlari kimlar?

    • Fiskal antitsiklik nazariyaning asosiy g’oyasini aytib bering.

    • “Defitsitli moliyalashtirish” va “byudjetni tsiklik balanslashtirish” nazariyalarining asosiy xarakterli belgilari.

    • “Tizilgan byudjet stabilizatorlari” nazariyasining negizini ayting.

    • Yangi mumtoz nazariyalarning vakillari va ularning asosiy qarashlari mazmunini aytib bering.

    • “Taklif iqtisodiyoti” nazariyasidagi yangi konservativ yo’nalishning asosiy mazmuni nimalardan iborat?

    • A.Leffer soliq kontseptsiyasining mashhur bo’lish sababini ayting.

    • Postkeynschilar nazariyalarining mualliflari kimlar va ular qanday g’oyalarni ilgari surishgan?

    • Xorijiy mualliflar moliyaviy kontseptsiyalarining tahlili qanday yakuniy xulosalarni chiqarishga imkon beradi?

    • Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar qaysi rus olimlarining ishlarida moliya masalalari tadqiq etilgan?

    • “Jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasining moliyaviy jihatlari nimalardan iborat edi?

    • Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari qanday talqin qilingan?

    • 1917 yilda V.I.Lenin tomonidan ishlab chiqilgan va RSDRP (b)ning UI s’ezdida qabul qilingan bolsheviklar partiyasining iqtisodiy

platformasida pul, moliya va kredit sohasidagi qanday masalalariga ko’p e’tibor qara-tilgan edi va ular qanday oqibatlarga olib keldi?

    • Sovet moliya fanining rivojlanishiga o’ziga xos tarzda hissa qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz?

    • Sovet moliya fani taraqqiyotining davrlarini shartli ravishda qanday davrlarga bo’lish mumkin va ularning namoyandalari kimlar? Bu davrlarda ularning qanday asarlari vujudga keldi?

    • 1950-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida sovet moliya fani qanday natijalarga erishdi?

    • Moliya nazariyasi masalalari bo’yicha munozaralarning mohiyati qaysi masalani aniqlashga qaratilgan va turli kontseptsiyalarning mualliflari qanday guruhlarga bo’lin-gan? Ularning bir-biridan farqli jihatlarini aytib bering.

    • Sovet davrida moliya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlardan kimlarni bilasiz? Ular ayrimlari asarlarining nomlarini aytib bera olasizmi?

  1. Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə