O‘zbekiston Respublikasi


O‘zbek olimlarining moliyaviy qarashlari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə44/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

O‘zbek olimlarining moliyaviy qarashlari

Moliya fanining paydo bo’lishi va taraqqiyotiga ajdod-larimiz buyuk hissa qo’shishganligi haqida mazkur darslik-ning 1.5- paragrafida qisqacha bayon berib o’tdik. Lekin XVI asrdan boshlab, ya’ni yurtimizda “musulmon uyg’onish” davri tugashiga bog’liq ravishda iqtisodiy ta’limotlar, jumla-dan, moliya sohasida ham e’tiborga molik ilmiy asarlar soni kamayib, sifati ham pasaya boshladi.

Bu salbiy tendentsiya Markaziy Osiyoni chor Rossiyasi bosib olgan davrda yanada kuchaydi. O‘zbekiston Rossiya imperiyasi tarkibida bo’lgan paytda bu yerda iqtisod va moliyaga oid asarlar yozish deyarli to’xtab qolishi ob’yektiv sabablarga bog’liq edi. Negaki, mazkur masalalar to’laligicha Rossiya imperiyasining O‘zbekistonni boshqarish uchun tashkil etgan maxsus general- gubernatorlik mahkamasi tomonidan amalga oshirilar va mustamlaka yurtning fuqarolariga moliya fani masalalari bilan shug’ullanishga ruxsat beril-mas edi. Chunki bu holatda yurtimizdan olib chiqib keti-layotgan moddiy va moliyaviy boyliklarning miqdorini erli xalqning vakillari bilib qolishlari mumkin edi.

O‘zbekiston sovet davrida ham mohiyat jihatidan tom ma’nodagi mustamlaka davlat bo’lib qolaverdi. Bu davrda ham O‘zbekistonning iqtisodiyoti bir tomonlama, ya’ni faqat Markazning

manfaatlariga xizmat qilishga moslashtirib rivojlantirildi, SSSRning asosiy xomashyo bazalaridan biriga aylantirildi.

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi hududida yaratilayotgan yalpi ichki daromad va milliy daromadning haqiqiy miqdorini Moskvadagi markaziy iqtisodiy idora-larning rahbarlarigina bilishar va bu davlat siri edi. Chunki yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik ishlab chiqarish korxonalari Ittifoq mulki bo’lib, shu sababdan ularning daromadlari ham SSSRning daromadlari hisob-lanardi. Ittifoq markaziga bo’ysunuvchi mazkur korxona-larning soliq va to’lovlari ham Ittifoq byudjetining daromadlari tarkibiga kiritilgan va uning daromad manbalari hisoblanar edi. Ana shu sabablarga ko’ra, ya’ni xuddi Rossiya imperiyasi davridagiga o’xshab, O‘zbekiston hududida uning korxonalari va xalqi tomonidan yarati-layotgan daromadlar miqdorini bu ittifoqdosh respublika fuqarolari bilib qolmasliklari uchun sobiq Ittifoq rahbariyati barcha vositalarni ishga solgan.

1931 yili Toshkentda maxsus moliya instituti tashkil etildi. Mazkur oliy o’quv yurti O‘rta Osiyo va Qozog’iston (Sovet davrida Markaziy Osiyo shunday nom bilan atalgan) ittifoqdosh respublikalari moliya vazirliklari, boshqa barcha vazirlik va idoralari tizimlarining moliya bo’lin-malari uchun oliy ma’lumotli moliya mutaxassis-larini tayyorlar edi.

O‘zbekistonda moliya sohasida maxsus oliy o’quv yurti tashkil etilgani bilan uning professor-o’qituvchilari batamom Ittifoq markazlaridan yuborilgan mutaxassis-lardan iborat edi. Ya’ni o’sha davrlarda Toshkent Moliya instituti va boshqa oliy o’quv yurtlari iqtisodiyot fakul-tetlarining talabalariga ham moliya fanini Rossiyadan yuborilgan asosan xristian millatlariga mansub olimlar o’qitishgan.

Lekin 1940-yillarga kelib, O‘zbekistonning o’zbek millatiga mansub oliy ma’lumotli ilk moliyachi mutaxas-sislari paydo bo’lishdi. Bu holat ular ichidan Ittifoq va O‘zbekiston davlat byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni tushuna oladigan va bu borada fikrlar ayta oladigan o’zbek mutaxassislari va olimlarining ham paydo bo’lishiga zamin yarata boshladi. Lekin, qator ob’yektiv sabablarga ko’ra, eng avvalo, sobiq Ittifoqning bu masalaga aynan o’gay ko’z bilan qaraganligi, Markaziy Osiyodan moliya faniga kimdir kirib qolishini xohlamasligi sababli o’zbek moliyachi mutaxassis-lari bu sohada ilmiy daraja olishlari uchun yana uzoq yillar kutishlariga to’g’ri keldi.

Demak, Toshkent Moliya institutining ilk o’zbek o’qituv-chilari 1940-yillarda paydo bo’lishgan. Ana shulardan biri keyinchalik iqtisod fanlari doktori, professor darajasiga etishib, Sho’rolar davrida O‘zbekistonda yagona bo’lgan “moliya” kafedrasini 30 yil boshqargan, o’zbek moliya fani-ning otasi Hikmat Rahimovich Sobirov edi.

Sobiq Sho’rolar davrida O‘zbekistonda moliya fanining taraqqiyotida va uning nazariy masalalarini tadqiq etishda o’zbekistonlik moliyachi olimlardan dots.Q.A.Yah’yoev, dots. A.F.Krasnikov, dots. F.Sh.Shamsiddinov, dots.X.M.Muratov, dots.H.H.Muhamednazarov, fanning rivojiga muayyan hissa qo’shishgan.

O‘zbekistonda moliya fanining bugungi taraqqiyotida prof.T.S.Malikov, prof.O.O.Olimjonov, prof. J.Zaynalov, prof.N.H.Haydarov, prof.O.K. Iminov, prof.N.Karimov, prof. M.I.Almardonov, prof.M.B.Hamidulin, prof. B.E.Toshmu-rodova, prof. N.X.Jumaev, prof. I. Butikov, prof.N.R.Qo’zieva, prof.Sh.A.Toshmatov, prof. A.A.Omonov va boshqalar samarali faoliyat ko’rsatishyapti.



O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi moliya fani oldiga umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan ulkan vazifalar qo’ydi. Ularning eng muhimi mustaqil davlatning mustaqil moliyaviy tizimni tashkil etishning nazariy va amaliy masalalarining echimini ishlab berish edi. O‘zbek moliyachi olimlari bu borada tadqiqotlar olib bora boshlashdi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə