O‘zbekiston Respublikasi


Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə42/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Sotsial-demokratik oqimda moliya masalalari. Shu davrning o’zida iqtisodiyot fanida sotsial-demokratik oqim rivojlanib, u K. Marks va F. Engelsning rossiyalik izdoshlari tomonidan amalga oshirildi. Barcha sotsial-demokratlar uchun umumiy holat, bu moliyaviy hayot voqeliklarini tadqiq etishda yuzaki yondoshish bo’lib, nazariy ishlanmalarning hokimiyat uchun siyosiy kurashning bir daqiqalik ehtiyojlariga bo’ysundirilganligi bilan xarakterlanadi. Bu oqimning yaqqol namoyandasi V.I.Lenin (1870-1924 yillar) edi.

Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar yozilgan V.I.Lenin ishlarining asosiy mazmuni Rossiya moliyaviy siyosatni tanqid qilishdan iborat bo’lgan. Maqolalari va chiqishlarida u byudjetning daromadlar va xarajatlar tizimini tanqidiy ko’rib chiqqan, egri (bilvosita) soliqlarning ijtimoiy tavsifini ochib bergan va Oktyabr davlat to’ntarilishi arafasida davlat moliyaviy ahvolining ayanchli ekanligini ko’rsatgan.

1917 yilda V.I.Lenin tomonidan bolsheviklar partiyasining iqtisodiy platformasi ishlab chiqiladi va u RSDRP (b)ning UI s’ezdida qabul qilinadi. Unda pul, moliya va kredit masalalariga ko’p e’tibor qaratilgan edi. Xususan, bu iqtisodiy platformaga muvofiq bank ishining milliylashtirilishi va markazlashtirilishi, sug’urta ishining milliylashtirilishi, qog’oz pullarni chiqarishning to’xtatilishi, ichki va tashqi qarzlarni to’lashdan voz kechish, mulkka va mulkning o’sishiga solinadigan yuqori stavkali soliqni joriy etish, daromad solig’ini isloh etish va kapitalistlarning daromadlari ustidan haqiqiy nazoratni o’rnatish, zebi-ziynat buyumlariga yuqori egri (bilvosita)

soliqlarni joriy etish orqali soliq tizimini o’zgartirish ko’zda tutilgan edi. Amalda ana shu tadbirlarning barchasi, pul muomalasini barqarorlashtirish va soliq tizimini isloh qilishdan tashqari, Oktyabr davlat to’ntarilishini amalga oshirish jarayonida va undan keyingi dastlabki yillarda sodir etildi.

Keyingi yillarda V.I.Lenin tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy muammolarning tadqiqi, asosan, davlat oldida vujudga kelgan taktik vazifalar bilan bog’liq edi. Moliyaviy nazorat, yangi moliyaviy apparatni yaratish, davlatning moliyaviy ahvolini mustahkamlash, pul islohotini o’tkazish va keyingi bosqichlarda davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirish masalalari u tomonidan nisbatan faolroq ravishda ishlab chiqilgan.

V.I.Lenin va XX asrning boshlaridagi boshqa markschi- olimlarning ishlarini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, ular tomonidan moliya hamda asosiy moliyaviy kategoriyalarning (soliqlar, byudjet, davlat krediti va boshqalar) roli va mazmuni yaxlit tarzda tadqiq etilmagan. Bu o’rinda faqat davlatning moliyaviy xo’jaligini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan bir necha xususiy masalalarning o’rganilganligini qayd etib o’tish kerak, xolos.

Bularning barchasi Oktyabr davlat to’ntarilishining dastlabki davrlarida moliyaviy masalalarni o’rganish undan oldingi davrning iqtisodchilari (I. Yanjul, I. Ozerov, L. Xodskiy) va ularning izdoshlari (Ya. Torgulov, I. Kulisher, F. Menkov) asarlariga asoslanishiga olib keldi. Moliya fanining bunday ahvoli 1920-yillarning o’rtalarigacha davom etdi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə