O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə5/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Moliyaning funksiyalari

Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:



  1. Taqsimlash;

  2. Nazorat.

Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har qanday moliyaviy operatsiya YaIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.

Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga ega va shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlash funk-tsiyasidir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo’lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko’p qirrali jarayondir. Moliya YaIMni taqsimlashning turli bosqich- lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.

Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko’rinishlarini (xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug’diruvchi ko’p bosqichlilik xosdir.

Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy yoki birlamchi daromadlar” deb nom olgan daromad va jamg’armalarni(fondlarni) tashkil etish sodir bo’lganda namoyon bo’ladi. Ularning yig’indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo’linadi:



  • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo’lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daro-madlari;

  • moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.

Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo’jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog’langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:

  • xo’jalik yurituvchi sub’yektlar daromadlari va jamg’armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;

  • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining (maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;

  • aholining turli ijtimoiy qatlamlari o’rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan.

Yuqorida bayon etilgan qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib chiquvchi” daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish sohasi tarmoq-larida olingan daromadlar, soliqlar (jismoniy shaxs-lardan olinadigan daromad solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.

MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga aylanishiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va, eng avvalo, bir tomondan pul fondlarining miqdori va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmet-larining hajmi va tuzilmasi o’rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak.

Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo’jaligi, transport, energetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg’iz va ko’p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.

Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo’ja-likning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning alohida mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida sodir bo’ladi.

Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yuqori turmush darajasini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya-xo’jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo’jalik yurituvchi sub’yektlar har bir xodimi va jamoa-sining moddiy

manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga yo’naltirilgan.

Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, iste’mol sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rolni o’ynaydi.

Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:



  • xo’jalik sub’yektlari, aholi, davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga;

  • xo’jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlar-aro, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;

  • xo’jalik sub’yekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg’arishni amalga oshi-rishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.

Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning vositasi sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’yektiv ravishda o’zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo’ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.

Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag’larini taqsimlashda qanday nisbatlarning vujudga kelayotganligi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o’z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlana- yotganligi xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yo’qki, bu holat amaliyotda har ikkala funksiya harakati o’zaro muvofiqlashtirilishining zarurligidan dalolat beryapti.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo’jalik-ning barcha bo’g’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashni moliyaviy ta’minlashga

yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to’liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotmalarni qisqartirish, xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.

Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo’yicha qonunchilikning belgi-langan muddatlarda, aniq va to’la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisob- kitoblar va to’lovlar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning o’zaro majburiyat-lari bajarilishining ham o’z vaqtida va to’la amalga oshirilishini tekshirish hisoblanadi.

Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya, bank, sug’urta, bojxona va soliq organlari muhim rol o’ynaydi. Mazkur xizmatlarning xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivoj-lanishi sharoitida nazorat ishlarining yo’nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari tubdan o’zgaradi.

Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amal-ga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xo’jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markaz-lashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliyaviy tizimni boshqarish shakllarini, moliyaviy qonun- chilikni o’z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo’lgan moliya mexanizmi qo’llaniladi. Bu, eng avvalo, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholining byudjet tizimi, nobyudjet fondlari, mulkiy va shaxsiy sug’urta organlari va boshqalar bilan bo’lgan o’zaro munosabatlariga tegishlidir.


    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə