O`zbekiston respublikasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə103/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

GLOSSARIY-LUG‘AT


Tasviriy (deskriptiv) tilshunoslik oqimi — tilni formal usullar yordamida o‘rganish oqimi. Bu oqimning turli ko‘rinishlari mavjud. Ulardan biri Amerika deskriptiv tilshunosligi bo‘lib, uning ko‘zga ko‘-ringan namoyandlari: L.Blumfild, Z.Xarris, G.Glisson va boshqalar.
Kopengagen maktabi (Glossematika struktural oqimi — datcha "glossema" — "til" ma’nosidan) — Daniya tilshunosligidagi struktural oqim. Bu maktab tilning ichki qurilishidagi umumiy xususiyatlarni tekshiruvchi metodlarni taklif etgan.
Lingvistik usul — tilni ilmiy tadqiq etish usullarining yig‘indisi.
Eksperimental-fonetik usul nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiyani alohida apparatlar yordamida (kimograf, spektograf, ossillograf, rentgen va h.k.) o‘rganuvchi usul.
Qiyosiy-tarixiy usul (Komparativistika) — qarindosh tillardagi eski manbalar va ularning hozirgi xususiyatlarini qiyoslash natijasida tillarning qadimiy alomatlarini aniqlash usuli.
Qiyosiy-tipologik usul (ba’zan kontrastiv yoki konfrantativ usul deyiladi) — tillarning qarindoshligidan qat’i nazar, ulardagi o‘xshash va farqli alomatlarni aniqlash metodi. Ba’zan qiyosiy usul nomi bilan ikki yoki undan ortiq tillarning fonetik, grammatik, leksik va uslubiy (stilistik) xususiyatlarini chog‘ishtirib o‘rganish tushuniladi. Masalan: rus va o‘zbek tillarining qiyosiy grammatikasi.
Distributiv usul — tildagi birliklarning (fonema, morfema kabi) turli o‘rinlarda ishlatilishini o‘rganuvchi usul.
Fonetika — tilning tovush tomoni bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiya-ning artikulyasion, akustik va eshitib his qilish tomonlarini o‘rganuv­chi bo‘lim.
Fonologiya — tilning tovush (fonema), bo‘g‘in, urg‘u va intonasiyasidagi funksional, farqlanish va farqlanmaslik alomatlarni o‘rganuvchi bo‘lim.
Orfoepiya — fonetikaning to‘g‘ri talafiuz (og‘zaki nutq) normalari haqidagi bo‘limi.
Punktuatsiya — tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bo‘Um.
Morfonologiya — fonologiya va morfologiya oralig‘idagi til bos-qichi bo‘lib grammatik (morfologik) jihatdan bog‘liq bo‘lgan fonemalar almashinuvlarini o‘rganadi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə