O`zbekiston respublikasi


Grammatika — so‘z shakllari, so‘z birikmalari va gap haqidagi bo‘Um (grammatika — morfologiya va sintaksis bosqichlaridan iborat). Morfologiya



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə104/109
tarix09.01.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#98388
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
787f0300a3ca773ccee0d772b3e712e1 NOSHIRLIK ISHINING IJTIMOIY MOHIYATI (1)

Grammatika — so‘z shakllari, so‘z birikmalari va gap haqidagi bo‘Um (grammatika — morfologiya va sintaksis bosqichlaridan iborat).
Morfologiya — grammatikaning so‘z tarkibi va so‘z o‘zgartirish yo‘llarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Sintaksis — grammatikaning so‘z birikmalari va gap tuzilishini o‘rganuvchi bo‘limi.
Onomastika (onomatologiya) — shaxsiy nomlarni o‘rganuvchi bo‘lim.
Antroponimika — odam nomlarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Etimologiya — so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘rganuvchi bo‘lim.
Frazeologiya — tildagi turg‘un so‘z birikmalarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Semasiologiya (semantika) — tildagi birliklarning ma’nolarini o‘rganuvchi bo‘lim.
Stilistika — tilshunoslikning tildagi funksional uslublar va tilda­gi birliklarning ekspressiv his-hayajon uyg‘otish bilan bog‘liq tomon­larini o‘rganuvchi bo‘limi. Ba’zan uni adabiyoshunoslik stilistikasi (adabiy uslublarni tekshirganda) va lingvostilistika — lingvistik stilis­tika (tilshunoslik bilan bog‘liq bo‘lganda) deb ikkiga ajratadilar.
Artikulyasiya — nutq a’zolarining tovush talaffuzidagi xizmati.
Rekursiya (talaffuzning oxiri) — nutq a’zolarining talaffuzdan keyingi bevosita holatga qaytishi.
Ochiq unli — og‘izning katta ochilishi va tilning ancha pastga tushishi natijasida hosil bo‘luvchi unli. Masalan: a, o.
Yopiq unli — og‘izning kichik ochilishi va tilning ancha yuqoriga ko‘tarilishi natijasida hosil bo‘luvchi unli tovush. Masalan: i, u.


Kombinator o‘zgarishlar — akkomodatsiya, assimilatsiya, dissi-milatsiya, diereza, epenteza, gaplologiya hodisalarining majmui.
Pozitsion o‘zgarishlar reduksiya, proteza hodisalari pozision o‘zgarishga kiradi.
Reduksiya — urg‘usiz bo‘g‘inlarning kuchsizlashuvi va talaffuzi-ning o‘zgarishi.
Miqdor reduksiyasi — urg‘usiz bo‘g‘inlarda unlilar cho‘ziqligining o‘zgarishi.
Sifat reduksiyasi — urg‘usiz bo‘g‘inlarda unlilar sifatining o‘zga­rishi.
Akkomadatsiya — yondosh tovushlar artikulatsiyasining mos-lashuvi. U uch turli bo‘ladi: progressiv — oldingi tovush artikulatsiyasining keyingi tovush talafftiziga moslashuvi; regressiv — keyingi tovush artikulatsiyasining oldingi tovush artikulatsiyasiga moslashuvi. O‘zaro har ikki tovush artikulatsiyalarining moslashuvi. Masalan: traktor so‘zida t va r undoshlari o‘zaro moslashib, t ta’sirida rjarang-sizroq, r ta’sirida t biroz shovqinliroq (sonorlik) belgilariga ega bo‘ladi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə